bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davlat ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’lim davri shaxsning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, qadriyatli ongi va ijtimoiy xulq-atvori shakllanadigan muhim bosqich bo‘lib, bu jarayonda qadriyatlar tarbiyasini samarali tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq amaliyot tahlili boshlang‘ich sinflarda qadriyatlar tarbiyasini tashkil etishda metodik ta’minotning yetarli emasligi, qadriyatlarni fanlar mazmuniga integratsiya qilishdagi qiyinchiliklar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish darajasining pastligi kabi muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli qadriyatlar tarbiyasining amaldagi holatini ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilish va mavjud muammolarni aniqlash dolzarb ilmiy masala hisoblanadi.
в условиях модернизации системы образования воспитание учащихся начальных классов в духе национальных и общечеловеческих ценностей является одним из приоритетных направлений государственной образовательной политики. Начальное образование представляет собой важнейший этап формирования духовно-нравственных качеств личности, ценностного сознания и социально ответственного поведения обучающихся. В этой связи эффективная организация ценностного воспитания на данной ступени образования приобретает особую значимость. Вместе с тем анализ современной образовательной практики свидетельствует о наличии ряда проблем, связанных с недостаточным методическим обеспечением, трудностями интеграции ценностного воспитания в содержание учебных дисциплин, а также ограниченным использованием современных педагогических подходов.
Jovliyev Jo ‘rabek Alisher o‘g‘li. (2026). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA QADRIYATLAR TARBIYASINING AMALDAGI HOLATI VA MUAMMOLARI.. Inter Education & Global Study, 4(7), 52-59. https://researcher.uz/uz/article/boshlangich-sinflarda-qadriyatlar-tarbiyasining-amaldagi-holati-va-muammolari-528680 https://doi.org/10.5281/zenodo.22308276
Ochiq kirish — materiallar CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi shartlarida tarqatiladi.
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi pastligi va nutqining leksik kambag‘alligi o‘zaro bog‘liq pedagogik muammo sifatida tahlil qilingan. O‘zini o‘zi belgilash nazariyasi va o‘qish motivatsiyasi tadqiqotlari asosida “sinonimik tanlov” tushunchasi didaktik birlik sifatida asoslangan… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
sinonimsinonimik qatorsinonimik tanlovo‘qish motivatsiyasiichki motivatsiyabadiiy ifoda qobiliyati
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va baholash muhim pedagogik vazifalardan biridir. Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
Maqolada O‘zbekistonda mahobatli rangtasvir asarlarining tarixiy va zamonaviy ahvoli, milliylik va umuminsoniy qadriyatlarni yuksak darajada targ‘ib etish masalalari yoritilgan. Mahobatli san’at asarlari rivojining asosiy mezonlari sirasiga ijodiy erkinlik, mavzu va uslublarning erkin tanlanishi hamda badiiy merosning … Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
Maqolada 4K modeli asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodik ta’minoti yoritiladi. Bo‘lajak o‘qituvchining turli til va madaniy tajribaga ega ishtirokchilar bilan umumiy vazifani bajarishdagi hamkorligi, fikrlarni tinglash, talqinlarni an… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
4K modelibo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarimadaniyatlararo hamkorlikmetodik ta’minottanqidiy fikrlashkreativlik
Turistik tadbirdan keyingi so‘rovlar talabalarning ijobiy taassurotini ko‘rsatsa- da, bu tarbiyaviy sifatlar barqaror rivojlandi degan xulosaga yetarli asos bermaydi. Sayohatdan keyingi hissiy ko‘tarinkilik vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, o‘rganilgan qoida esa boshqa vaziyatda qo‘llanmasligi mumkin. Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →