ФизиологияMazkur monografiyada oliy ta’lim muassasalarida botanika fanini o‘qitishda mobil ilovalardan foydalanishning nazariy, metodik va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqot doirasida ta’lim jarayonida mobil ilovalardan foydalanish bo‘yicha mahalliy va xorijiy ilmiy izlanishlar tahlil qilingan, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirishda mobil texnologiyalarning o‘rni asoslab berilgan hamda mobil ilovalarning didaktik imkoniyatlari aniqlangan. Monografiyada “Botanika BuxDU” nomli mobil ilovaning tuzilishi, komponentlari va undan ta’lim jarayonida foydalanish algoritmi tavsiflangan. Shuningdek, mobil ilovalar asosida talabalarning botanika faniga oid kompetentligini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan hamda dars mashg‘ulotlarida qo‘llashga mo‘ljallangan innovatsion metodik ishlanmalar keltirilgan. Monografiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar, biologiya yo‘nalishi talabalari hamda botanika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
Tuproqning sho‘rlanishi zamonaviy qishloq xo'jaligining asosiy muammolaridan biri bo‘lib, ekinlar hosildorligi va sifatini cheklaydi. Biroq, zamonaviy texnologiyalar ushbu muammoni hal qilishning samarali usullarini, shu jumladan sho‘rlangan tuproqlarning biostimulyatsiyasini taklif etadi. Maqolada Trichodermin va Micr…
Mazkur maqolada quturish virusi (Rabies virus)ning biologik, morfologik, epidemiologik va klinik xususiyatlari, kasallikning tarixiy rivojlanishi, tashxislash usullari hamda profilaktika choralari keng yoritilgan. Quturish inson va hayvonlar orasida uchraydigan o‘ta xavfli zoonoz kasallik bo‘lib, asosan markaziy asab t…
Maqolada ishlatilgan ishlov berilgan katalizatorlardan hosil bo‘lgan kolloid eritmalardan qimmatbaho metall ionlari (Pd, Pt, Rh)ni ajratishda koagulyatsiya va flokulyatsiya jarayonlari natijalari keltirilgan. Ko‘rsatildi, polivalent kationlar (Fe³⁺, Al³⁺) va yuqori molekulyar flokuantlar (poliakrilamid)ni birgalikda qo…
Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlari, xususan urug‘ va donlarning po‘stini yumshatish va tozalash jarayonini mexanizatsiyalashga qaratilgan yangi konstruksiyadagi kombinatsiyalashgan ish organi ishlab chiqildi. Qurilmaning rotorli va konkavli kombinatsiyalashgan tizimi asosida samaradorlik, energiya sarfi, po‘s…
Ushbu maqolada parazitik zamburug‘larning biologik tuzilishi, yashash muhiti, rivojlanish sikli, patogenlik darajasi hamda inson, hayvon va o‘simlik organizmlariga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot davomida turli parazitik zamburug‘larning morfologik va fiziologik xususiyatlari o‘rganilib, ularning kasalli…