Ushbu “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” nomli o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida 60610400 - Dasturiy injiniring, 60610500 -Sun'iy intellect. 60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, unda ta’lim sifatini oshirish, talabalarni algoritmik fikrlashga o‘rgatish hamda dasturiy vositalarni samarali ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, fanga oid ma’lumotlar tuzilmalari, algoritmlarni loyihalash va tahlil qilish usullari, ularning murakkabligini baholash hamda amaliy misollar asosida qo‘llash masalalari tizimli ravishda bayon etilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositasida masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish va pedagogik jarayonlarni tashkil etishning o‘ziga xos ilmiy va amaliy jihatlari yoritilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining pedagogika, axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim, ta’lim menejmenti va boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun “Sun’iy intellekt asoslari”, “Raqamli pedagogika”, “Masofaviy ta’lim texnologiyalari”, “Ta’limda sun’iy intellekt” kabi fanlarni o‘qitishda foydalanish maqsadida tavsiya etiladi. Bundan tashqari, qo‘llanmadan masofaviy ta’lim platformalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiquvchilar hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar o‘quv-uslubiy manba sifatida foydalanishlari mumkin.