Kirish: o‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan har doim madaniy aloqalar va o‘zaro hamkorlik taraqqiy topishida barcha viloyatlar qatori Samarqand va Buxoro viloyatlarining o‘rni beqiyos albatta. Madaniy aloqalarning rivojlanishida Buxoro musiqa va san’at arboblari, viloyat muzey-qo‘riqxonalari qolaversa Samarqandda yashab, ijod etgan Mahdumi A’zam, Imom al-Moturidiy, Imom Buxoriy kabi nafaqat bizning milliy madaniyatimiz, balki butundunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning nomlari va xayrli ishlari namoyon bo‘ldi. Maqsad: Samarqand va Buxoro viloyatlarining madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi hissasini tahlil qilish va ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’sirini ko‘rsatish. Materiallar va metodlar: tarixiy-madaniy tahlil, muzey-qo‘riqxona faoliyatini qiyosiy o‘rganish va xalqaro hamkorlik loyihalarini interpretativ sintez qilish metodlari qo‘llanildi. AQSh, Belgiya, Pokiston, Xitoy va Saudiya Arabistoni bilan madaniy almashinuv misollari ko‘rib chiqildi. Natijalar va muhokama: tadqiqot natijalari Samarqand va Buxoro madaniyat arboblari va muassasalari O‘zbekiston milliy o‘zligini boyitganini va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirganini ko‘rsatdi. Mahdumi A’zam, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy nomidagi muzey-qo‘riqxonalar O‘zbekistonni dunyo bilan bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajarmoqda. xalqaro hamkorlik loyihalari o‘zbek madaniy merosining umuminsoniy ahamiyatini ta’kidlaydi. Xulosa: Samarqand va Buxoro viloyatlari madaniy aloqalarni rivojlantirishda beqiyos o‘rin tutadi. ularning hissasi o‘zbek madaniyatining jahon sivilizatsiyasidagi dolzarbligini ko‘rsatadi va O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikdagi rolini mustahkamlaydi.
Introduction: the role of Samarkand and Bukhara regions, along with all other regions, is certainly incomparable in the development of cultural relations and mutual cooperation between Uzbekistan and foreign countries. In the development of cultural relations, Bukhara music and art figures, regional museum-reserves, such as Mahdumi Azam, Imam al-Moturidi, Imam Bukhari, who lived and created in Samarkand, made a worthy contribution not only to our national culture, but also to the civilization of the whole world. the names and good deeds of our ancestors were revealed. Aim: to analyze the contribution of Samarkand and Bukhara regions to the development of cultural relations and their impact on global civilization. Materials and Methods: the study applies historical-cultural analysis, comparative review of museum-reserve activities, and interpretative synthesis of international cooperation projects. examples of cultural exchanges with the USA, Belgium, Pakistan, China, and Saudi Arabia are considered. Results and Discussion: findings show that cultural figures and institutions of Samarkand and Bukhara have enriched Uzbekistan’s national identity and promoted intercultural dialogue. museum-reserves dedicated to Mahdumi Azam, Imam al-Moturidi, and Imam Bukhari serve as bridges between Uzbekistan and the world. international cooperation projects highlight the universal significance of Uzbek cultural heritage. Conclusion: Samarkand and Bukhara regions occupy an incomparable place in the development of cultural relations. their contributions demonstrate the enduring relevance of Uzbek culture in global civilization and strengthen Uzbekistan’s role in international cooperation.
Falsafa fanlariRahima mazohidovaAskiya san’atiAyollar davrasi
Sardor Tojiboyev
Kirish: ushbu maqolada o‘zbek askiya san’atining yorqin namoyandasi Rahima Mazohidovaning hayoti va ijodiy faoliyati yoritilgan. Rahima Mazohidova ayollar davrasida askiya san’atini rivojlantirgan san’atkorlardan biridir. Maqolada uning sahnadagi o‘ziga xos uslubi, ayol obrazlarini yaratishdagi mahorati hamda ijtimoiy …
Kirish: ushbu maqolada Mahmud ibn-Valining “Bahr ul-asror” hamda B.Ahmedovning “Balx tarixi” kabi tadqiqotlarida XVII asr boshlarida Buxoro xonligi tarixiga oid masalalarning yoritilishi. Ushbu davrdagi siyosat, boshqaruv, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi ahvolining yortilish masalalari tahlil etiladi. Maqola akademik…
Falsafa fanlariMehnat qadriyatiKreativ mehnatYoshlar
Rajabov Ilxom Mustafoyevich
Kirish: mazkur maqolada zamonaviy global transformatsiya sharoitida yoshlarning mehnatga kreativ munosabatini shakllantirishda oila va fuqarolik jamiyati institutlarining roli ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda mehnat qadriyatlarining aksiologik mohiyati, ijtimoiylashuv mexanizmlari…
Kirish: mazkur maqolada XX asrning so‘nggi choragida jahon turizm sohasining jadal rivojlanishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Xususan, 1980–1990-yillarda xalqaro turizm oqimlari va daromadlarining keskin oshishi turizmning strategik tarmoqqa aylanganini ko‘rsatib berilgan. Shu bilan birga, sovet …
Kirish: maqolada rus-ingliz raqobatining vujudga kelishi va bunda xizmat qilgan josus va elchilarning faoliyati batafsil manbalar asosida yoritib berilgan va tahlil qilingan. Maqsad: rus-ingliz raqobatining tarixiy ildizlarini o‘rganish, josuslar va elchilar faoliyatini tahlil qilish hamda ularning mustamlakachilik siy…