mazkur maqolada Buxoro shahri va uning atrofidagi qishloq xo‘jalik yerlaridan oqilona va samarali foydalanish muammolari hamda ularni hal etish yo‘llari keng yoritilgan. Urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi natijasida qishloq xo‘jalik yerlarining qisqarishi, meliorativ holatning yomonlashuvi, suv resurslaridan foydalanishdagi muammolar, ekologik muvozanatning buzilishi kabi omillar tahlil etiladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, innovatsion boshqaruv usullari va zamonaviy agroekologik modellar asosida yer resurslaridan samarali foydalanishning istiqbollari ishlab chiqiladi. Buxoro shahri misolida o‘tkazilgan tahlillar asosida yerlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, suvni tejash texnologiyalarini joriy etish va ekologik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.
в статье рассматриваются актуальные проблемы рационального и эффективного использования сельскохозяйственных земель в городе Бухара и окружающих районах. Ускоренная урбанизация приводит к сокращению сельхозугодий, ухудшению мелиоративного состояния, дефициту водных ресурсов, снижению плодородия почв и нарушению экологического баланса. Внедрение современных технологий управления рассматривается как ключевое направление решения данных проблем.