← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Mamanazirov Javlonbek Ismoiljon oʻgʻlining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Vodorod ajralish samaradorligini oshirish uchun MXene materiallari sirtini funksionallashtirish va ularning katalitik xossalarini yaxshilash”, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2026.1.PhD/K1127.
Ilmiy rahbar
Mamatqulov Shavkat Isroilovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/06.11.2025.K/FM.10.09.
Rasmiy opponentlar
Alisher Ishankulov Farmonovich, kimyo fanlari doktori; Azimov Lazizbek Azamatovich, kimyo fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

ishqoriy suv elektrolizi sharoitida vodorod ajralish reaksiyasining samaradorligini oshirish maqsadida Ti3C2Tx MXene asosidagi elektrokatalizatorlarning sirtini funksionallashtirish, shuningdek o’tish metallari bilan modifikatsiyalangan hamda gibrid kompozit arxitekturalarni sintez qilish orqali katalitik faollikni oshirish, ortiqcha kuchlanishni kamaytirish, zaryad uzatish qarshiligini pasaytirish va uzoq muddatli elektrokimyoviy barqarorligini ta’minlash.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

ilk bor MXene asosidagi nanotola tuzilmalarini hosil qilish va ularni tranzit metallari bilan modifikatsiyalash orqali metall-MXene interfeysida kuchli o’zaro ta’sirlar hosil bo’lishi natijasida faol markazlar sonini oshirish hamda zaryad uzatish jarayonlarini tezlashtirishi aniqlandi;

MXene asosidagi elektrokatalizatorlarning katalitik xossalarini va stabilligini oshirishda sirt funksionallashuvi va tranzit metallari bilan modifikatsiya orqali gibrid kompozit arxitekturalarni birgalikda qo’llashga asoslangan kompleks yondashuv ishlab chiqildi;

MXene gibrid kompozitlarining hosil bo’lishi natijasida MXene asosli katalizatorlarning elektrofaol sirt maydonini oshishi va elektrokimyoviy faolligi yaxshilanishi aniqlandi.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Vodorod ajralish samaradorligini oshirish uchun MXene materiallari sirtini funksionallashtirish va ularning katalitik xossalarini yaxshilash bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

uglerod asosli Ti3C2Tx MXene materiallari sirtini funksionallashtirish natijasida 2D strukturadan 1D strukturali nanotola olish va materialning aktiv sirt yuzasini oshirish kabi ilmiy-tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutida amaliyotga joriy etilgan. (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining 28.08.2026-yildagi № 1-10/8-897-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan foydalanish sintez qilingan uglerod tolalari va uglerod nanonaylarining sirt yuzasini oshirish hamda ularning elektr toki o’tkazuvchanligi xossalarini yaxshilash imkonini bergan;

MXene materialining strukturasini 2d arxitekturadan 1d nanotolaga o’tkazish va undan yuqori aktivlikdagi elektrokatalizatorlar sintez qilish usullari “Research on Self-Powered Solid-State Refrigiration Devices based on Electrocaloric and Triboelectric Effects” (Elektrokalor va triboelektrik effektlarga asoslangan o’z-o’zidan ishlaydigan qattiq holatdagi sovutish moslamalari bo’yicha tadqiqotlar) mavzusidagi “№ 52402212” Youth Scince Found project of National Natural science Foundation of China (Xitoy Milliy tabiiy fanlar jamg’armasining yoshlar ilmiy) loyihasida MXene nanotola asosli materiallarni elektro-himik tizimlarda qo’llashda foydalanilgan. (Xitoy xalq Respublikasi Anhui universitetining 2026 yil 26-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada yuqori aktivlikga ega MXene nanotola asosli materiallar olish imkonini bergan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001075. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.