Raximova Nilufar Abduazizovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi)
- “Qurilishda hududiy boshqaruv tuzilmalarini takomillashtirish yo’llari” (Samarqand viloyati misolida), 08.00.13-“Menejment”.
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2026.1.PhD/Iqt6662.
- Ilmiy rahbari
- Usmanov Ilhom Achilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Samarqand davlat texnika universiteti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengash.
- Rasmiy opponentlar
- Djabriyev Akbarali Normurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Najimov Iskander Perdebayevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
- Yetakchi tashkilot
- Jizzax politexnika instituti.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
hududiy qurilish sanoatida boshqaruv tuzilmalarini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
uslubiy yondashuvga koʻra zamonaviy menejment modellarining mazmuni va ularda qoʻllaniladigan tamoyilllarga mos ravishda “qurilishda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi” atamasi aniqlashtirilgan hamda kompaniya va hududiy majmuaning tuzilmalaridagi farqlar aniqlangan;
tuzilmadagi aloqalarning hamkorlik koeffitsenti mezoni boʻyicha “qattiq boʻysunish (0<Kh≤0,29)”, “yumshoq boʻysunish (0,3≤Kh≤0,69)” va “oʻzaro boʻysunish (0,7≤Kh<1,0)” turlarini ajratish asosida hududiy qurilish majmuasi boshqaruv tuzilmasini baholash tartibi taklif qilindi;
hududiy qurilish boshqaruv tashkiliy tuzilmasining “qurilish ob'ektiga yoʻnaltirilgan” modelning takomillashgan “qurilish tashkilotiga yoʻnaltirilgan” modeli tavsiya qilindi, unda tashkiliy-muvofiqlashtirish (TM) va raqamlashtirish (R) maxsus funksiyalarni alohida ajratish natijasi sifatida nodavlat boshqaruv ulushini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi;
hududiy qurilish boshqaruv tashkiliy tuzilmasida tashkiliy-nazorat (0,2), tashkiliy-iqtisodiy (0,15), tashkiliy-ta'minlash (0,2), tashkiliy-ishlab chiqarish (015), tashkiliy muvofiqlashtirish (0,1) va raqamlashtirish (0,2) maxsus funksiyalari baholandi, shunga asosan hududiy qurilish majmuasini rivojlantirish prognozi ishlab chiqildi va olinadigan iqtisodiy samara manbalari asoslab berildi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga koʻra zamonaviy menejment modellarining mazmuni va ularda qoʻllaniladigan tamoyilllarga mos ravishda “qurilishda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi” atamasi aniqlashtirilgan hamda kompaniya va hududiy majmuaning tuzilmalaridagi farqlar aniqlashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar Samarqand Davlat texnika universitetida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26 fevraldagi 5282-8069-9fd2-f35e-41f0-6600-2974-son ma’lumotnomasi.) Mazkur ilmiy yangilikning “Menejment”, “Qurilishda menejment” fanlarini oʻqitishda va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratishda foydalanish natijasida talabalar va boʻlajak mutaxassislarda boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
tuzilmadagi aloqalarning hamkorlik koeffitsenti mezoni boʻyicha “qattiq boʻysunish (0<Kh≤0,29)”, “yumshoq boʻysunish (0,3≤Kh≤0,69)” va “oʻzaro boʻysunish (0,7≤Kh<1,0)” turlarini ajratish asosida hududiy qurilish majmuasi boshqaruv tuzilmasini baholash tartibi boʻyicha tavsiyalar Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi boʻlinmalari va tizimidagi tashkilotlarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2026 yil 10 noyabrdagi 34-06/15437-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi qurilish boshqaruv tuzilmalarini optimallashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish hisobidan ma'muriy xarajatlarini 2,5%gacha kamaytirishga olib keldi;
xududiy qurilish boshqaruv tashkiliy tuzilmasining “qurilish ob'ektiga yoʻnaltirilgan” modeli va unda tashkiliy-muvofiqlashtirish (TM) va raqamlashtirish (R) maxsus funksiyalarni alohida ajratish natijasi sifatida nodavlat boshqaruv ulushini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi boʻlinmalari va tizimidagi tashkilotlarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2026 yil 10 noyabrdagi 34-06/15437-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi xududiy qurilish majmuasi tuzilmasida nodavlat tashkiliy funksiyalari shakllarini rivojlantirish natijasida, hususan rasmiy sektorni kengaytirish hisobidan viloyatda qurilish ishlari hajmi 3,0 foizga oshirishga olib keladi;
hududiy qurilish boshqaruv tashkiliy tuzilmasida tashkiliy-nazorat (0,2), tashkiliy-iqtisodiy (0,15), tashkiliy-ta'minlash (0,2), tashkiliy-ishlab chiqarish (015), tashkiliy muvofiqlashtirish (0,1) va raqamlashtirish (0,2) maxsus funksiyalari baholash, shunga asosan hududiy qurilish majmuasini rivojlantirishning iqtisodiy samara manbalari asoslash boʻyicha taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi boʻlinmalari va tizimidagi tashkilotlarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2026 yil 10 noyabrdagi 34-06/15437-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi qurilishda xududiy boshqaruv organlari faoliyatini ob'ektiv baholash, boshqaruv tuzilmalarining tarkibini optimallashtirish orqali boshqaruv xarajatlarni 3%gacha kamaytirishga olib keldi.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001127. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.