Amanqulova Muxlisa Narsafar qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Elektron savdo platformalarida moliyaviy tahlilni takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2026.3.PhD/Iqt7349
- Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni
- Shodiyev Erkin Temirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
- Rasmiy opponentlar
- Umarov Zafar Absamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanova Xusnoraxon Faxriddinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
- Yetakchi tashkilot
- Toshkent davlat agrar universiteti
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
elektron savdo platformalarida moliyaviy tahlilni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
elektron savdo platformalari faoliyatini samaradorligini baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar, tranzaksion faollik va mijozlar bazasi dinamikasini o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilish imkonini beruvchi kompleks moliyaviy tahlil modeli ishlab chiqilgan hamda uning platformalar samaradorligini baholashdagi afzalliklari ilmiy asoslangan;
elektron savdo platformalarining moliyaviy holatini baholashda daromadlar barqarorligi, tranzaksiyalar aylanuvchanligi va mijozlar faolligi ko‘rsatkichlarini integratsiya qiluvchi moliyaviy samaradorlik indeksi taklif etilgan;
elektron savdo platformalarida moliyaviy natijalar shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va baholashning omilli tahlil uslubiyoti takomillashtirilgan;
elektron savdo platformalari faoliyatida moliyaviy xavflarni aniqlash va baholashning tranzaksion faollik, debitorlik qarzdorligi va pul oqimlari ko‘rsatkichlariga asoslangan integral modeli ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Elektron savdo platformalari faoliyatini baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar, tranzaksion faollik va mijozlar bazasi dinamikasini o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilish imkonini beruvchi kompleks moliyaviy tahlil modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning 2026-yil 7-sentabrdagi №05-3811-sonli ma’lumotnomasi faoliyatida elektron savdo jarayonlarining moliyaviy holatini baholash amaliyotiga joriy etilgan. Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida elektron savdo platformalarining moliyaviy holatini kompleks baholash, moliyaviy natijalarga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash va ular asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan.
Elektron savdo platformalarining moliyaviy holatini baholashda daromadlar barqarorligi, tranzaksiyalar aylanuvchanligi va mijozlar faolligini integratsiya qiluvchi moliyaviy samaradorlik indeksi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning 2026-yil 7-sentabrdagi №05-3811-sonli ma’lumotnomasi amaliyotga joriy etilgan. Mazkur taklifni qo‘llash natijasida elektron savdo platformalarining moliyaviy samaradorligini yagona mezon asosida baholash, platformalar rivojlanish darajasini aniqlash va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati yaratilgan.
Elektron savdo platformalarida moliyaviy natijalar shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va baholashning takomillashtirilgan omilli tahlil uslubiyoti ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning 2026-yil 7-sentabrdagi №05-3811-sonli ma’lumotnomasi amaliyotga tatbiq etilgan. Ushbu uslubiyotni qo‘llash natijasida elektron savdo platformalari daromadlari, xarajatlari, tranzaksiyalar hajmi, mijozlar faolligi va raqamli xizmatlar rivojlanishining moliyaviy natijalarga ta’siri baholanib, moliyaviy samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyati kengaygan.
Elektron savdo platformalarida likvidlik, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorlikni baholashning raqamli iqtisodiyot xususiyatlariga moslashtirilgan koeffitsiyentlar tizimi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning 2026-yil 7-sentabrdagi №05-3811-sonli ma’lumotnomasi amaliyotga joriy etilgan. Mazkur tizimni tatbiq etish natijasida elektron savdo platformalarining moliyaviy holatini muntazam monitoring qilish, moliyaviy barqarorlik darajasini baholash hamda ehtimoliy moliyaviy muammolarni oldindan aniqlash imkoniyati yaratilgan. Elektron savdo platformalari faoliyatida moliyaviy xavflarni aniqlash va baholashning tranzaksion faollik, debitorlik qarzdorligi va pul oqimlari ko‘rsatkichlariga asoslangan integral modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning 2026-yil 7-sentabrdagi №05-3811-sonli ma’lumotnomasi amaliyotga tatbiq etilgan. Ushbu modeldan foydalanish natijasida elektron savdo platformalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy xavflarni erta aniqlash, ularning ta’sir darajasini baholash va xavflarni kamaytirish bo‘yicha samarali boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001128. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.