Sidiqov Dilmurod Xasanboy o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Auditorlik faoliyatida “due diligence” xizmatini tashkil etishni takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2026.2.PhD/Iqt7031
- Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni
- Shodiev Erkin Temirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
- Rasmiy opponentlar
- Avloqulov Anvar Ziyadullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullayev Xurshidjon Nazrullo o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
- Yetakchi tashkilot
- Toshkent davlat agrar universiteti
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Auditorlik faoliyatida “due diligence” xizmatini tashkil etishni takomillashtirish, ushbu xizmatni auditorlikka turdosh professional xizmat sifatida nazariy-konseptual asoslash, uni o‘tkazishning tashkiliy modeli, ishchi hujjatlar tizimi, hisobot ichki standarti, risklarni kompleks baholash modeli hamda investitsiyadan keyingi monitoring mexanizmini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
auditorlik faoliyatida “due diligence” xizmatining nazariy-konseptual asoslari takomillashtirilib, u an’anaviy audit, ichki audit, baholash, konsalting va forensik audit xizmatlaridan farqlanuvchi, investitsion qarorlar qabul qilishda risklarni kompleks aniqlash, baholash va tahlil qilishga yo‘naltirilgan mustaqil auditorlikka turdosh xizmat sifatida ilmiy asoslandi;
auditorlik tashkilotlarida “due diligence” xizmatini tashkil etishning bosqichma-bosqich tashkiliy-uslubiy modeli ishlab chiqildi; model mijozni dastlabki o‘rganish, xizmat shartlarini belgilash, risklarni dastlabki baholash, axborot va hujjatlarni yig‘ish, tahliliy amallarni bajarish, yakuniy xulosa hamda sifat nazoratini qamrab olib, unga mijoz profili, hujjatlar so‘rovi, risklarni aniqlash jadvali, ekspert baholash shakli, aksiyadorlik jamiyatlari uchun zarur hujjatlar tarkibi va hisobot tayyorlash tartibi integratsiya qilindi;
“due diligence” natijalarini miqdoriy baholash uchun risk omillarini ball tizimi va ahamiyatlilik vaznlari asosida baholash, umumlashtirilgan risk koeffitsiyentini hisoblash hamda tekshirilayotgan subyektni past, o‘rta, yuqori va kritik risk guruhlariga ajratish imkonini beruvchi kompleks baholash modeli ishlab chiqildi;
“due diligence” natijalariga asoslangan investitsiyadan keyingi monitoring tizimi ishlab chiqildi; mazkur tizim aniqlangan risklar dinamikasi, auditorlik tashkiloti tavsiyalarining ijrosi, Kritik risk indikatori (KRI) indikatorlari va investitsiya qarorlarining samaradorligini davriy kuzatish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Auditorlik faoliyatida “due diligence” xizmatining nazariy-konseptual asoslarini takomillashtirish, uni an’anaviy audit, ichki audit, baholash, konsalting va forensik audit xizmatlaridan farqlanuvchi, investitsion qarorlar qabul qilishda risklarni kompleks aniqlash, baholash va tahlil qilishga yo‘naltirilgan mustaqil auditorlikka turdosh xizmat sifatida tashkil etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasining 2026-yil 14-iyuldagi 95-sonli ma’lumotnomasi hamda “MY WORK” auditorlik tashkilotining 2026-yil 28-avgustdagi 17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida auditorlik tashkilotlarida “due diligence” xizmatini boshqa auditorlik va konsalting xizmatlaridan aniq chegaralash hamda uni investitsion qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilgan mustaqil auditorlikka turdosh xizmat sifatida qo‘llash imkoniyati yaratilgan.
Auditorlik tashkilotlarida “due diligence” xizmatini mijozni dastlabki o‘rganish, xizmat ko‘rsatish shartlarini belgilash, risklarni dastlabki baholash, axborot va hujjatlarni yig‘ish, tahliliy amallarni bajarish, yakuniy xulosa shakllantirish hamda sifat nazoratini amalga oshirish bosqichlarini qamrab oluvchi bosqichma-bosqich tashkiliy modelni joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasining 2026-yil 14-iyuldagi 95-sonli ma’lumotnomasi hamda “MY WORK” auditorlik tashkilotining 2026-yil 28-avgustdagi 17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida “due diligence” xizmatini yagona tizim asosida tashkil etish, auditorlarning ishlash metodologiyasini standartlashtirish hamda tekshiruv sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan.
“Due diligence” natijalarini miqdoriy baholash uchun risk omillarini ball tizimi asosida baholash, ularning ahamiyatlilik vaznini belgilash, umumlashtirilgan risk koeffitsiyentini hisoblash hamda tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektni past, o‘rta, yuqori va kritik risk darajalariga ajratish imkonini beruvchi risklarni kompleks baholash modelini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasining 2026-yil 14-iyuldagi 95-sonli ma’lumotnomasi hamda “MY WORK” auditorlik tashkilotining 2026-yil 28-avgustdagi 17-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida risk omillarini ball tizimi, vazn koeffitsiyentlari va umumlashtirilgan risk koeffitsiyenti asosida miqdoriy baholash, tekshirilayotgan subyektlarni risk darajasi bo‘yicha obyektiv guruhlash hamda investitsion qarorlarning asoslanganligini oshirish imkoniyati yaratilgan.
“Due diligence” natijalariga asoslangan, aniqlangan risklarning keyingi davrlardagi holatini kuzatish, investitsiya qarorlarining samaradorligini baholash, risklarning kamayishi yoki kuchayishini nazorat qilish hamda auditorlik tashkiloti tavsiyalarining amaliy ijrosini monitoring qilish imkonini beruvchi investitsiyadan keyingi monitoring tizimini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasining 2026-yil 14-iyuldagi 95-sonli ma’lumotnomasi hamda “MY WORK” auditorlik tashkilotining 2026-yil 28-avgustdagi 17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida aniqlangan risklarning keyingi davrlardagi dinamikasini kuzatish, auditorlik tashkiloti tavsiyalarining amaliy ijrosini nazorat qilish va investitsiya qarorlarining samaradorligini davriy baholash imkoniyati kengaytirilgan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001129. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.