Sadullayev Sadulla Otabek o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Kremniy va tellurid kadmiy asosida olingan geteroo‘tishlarda elektron jarayonlar va ularning matematik modeli”, 01.04.02 – Nazariy fizika
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- № B2026.1.PhD/FM1478
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash.
- Ilmiy rahbar
- f.-m.f.d., dots. I.B. Sapayev
- Rasmiy opponentlar
- f.-m.f.d., k.i.x. E.X. Karimbayev f.-m.f.d., prof. B.T. Abdulazizov
- Yetakchi tashkilot
- Farg‘ona davlat universiteti
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
p-CdTe/n-Si geteroo‘tishida ideallik koeffitsientining 2 dan katta qiymatlarini va haroratga bog‘liqligini tushuntiruvchi matematik modelni qurish hamda termik faollashgan ketma-ket qarshilikning fizik manbaini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
• inversiyalangan p-CdTe/n-Si geteroo‘tishi uchun birinchi marta kovaklar oqimi va Si dagi rekombinatsiya muvozanatidan p-n o‘tishning ideallik koeffitsienti uchun analitik ifoda olingan, uning Sa–Noys–Shokli va Anderson natijalarini chegaraviy hol sifatida o‘z ichiga olishi hamda bu koeffitsientning 3,5 dan oshmasligi ko‘rsatilgan;
• potensial to‘siq notekisligining kengligi va Verner–Gyuttler koeffitsienti Puasson tenglamasi va interfeysdagi elektr neytrallik shartidan aniqlangan hamda inversiya qatlami notekislikni ekranlagani uchun u ideallik koeffitsientini 8 % ga o‘zgartirishi ko‘rsatilgan;
• birinchi marta o‘lchanadigan ideallik koeffitsientining p-n o‘tish, ikki tomonlama to‘siq, tuzoqlar bilan cheklangan CdTe qatlami va omik qarshilik hadlaridan iborat analitik ifodasi olingan;
• eksperimentda kuzatilgan ideallik koeffitsientining harorat ortishi bilan kamayishi, ko‘rinma potensial to‘siqning ortishi va ketma-ket qarshilikning termik faollashuvi to‘siq notekisligidan emas, CdTe qatlamidagi ikki tomonlama to‘siq va tuzoqlar bilan cheklangan tokning termik faollashuvidan kelib chiqishi nazariy asoslangan;
• inversiyalangan geteroo‘tishda interfeys holatlari tok, ideallik koeffitsienti va sig‘imga faqat to‘liq interfeys zaryadi (lokal zaryad va interfeys holatlari zaryadining yig‘indisi) orqali ta’sir qilishi aniqlangan hamda teskari tok va sig‘im model asosida qo‘shimcha parametrsiz hisoblangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Kremniy va tellurid kadmiy asosida olingan geteroo‘tishlarda elektron jarayonlar va ularning matematik modeli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
- CdTe/Si geteroo‘tishlarining sig‘im–kuchlanish xarakteristikalari va elektrostatik maydon taqsimotini nazariy modellashtirish bo‘yicha e’lon qilingan maqolaga (Materials Research Express, 2025) xorijiy jurnallarda chop etilgan to‘rtta mustaqil ishda havola qilingan (Astrophysics and Space Science, 2026, 371(9), 103, IF: 2.1; ACS Applied Electronic Materials, 2026, 8(2), 906–914, IF: 4.7, Q1; Nano Select, 2026, 7(3), e70091, IF: 4.9; Results in Surfaces and Interfaces, 2026, 101037, IF: 6.2);
- dissertatsiyada olingan nazariy natijalar va hisoblash usullari «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida CdTe/Si geteroo‘tish asosidagi tajriba namunalarining potensial to‘siq balandligi, ideallik koeffitsienti, ketma-ket qarshilik va qorong‘i tok kabi elektrofizik parametrlarini baholashda foydalanilgan («FOTON» AJ ning 2026-yil 19-yanvardagi 13-son ma’lumotnomasi va 2025-yil 21-oktabrdagi akti);
- dissertatsiyada Sentaurus TCAD yordamida olingan modellashtirish natijalari, nazariy natijalar va ilmiy xulosalar Jizzax davlat pedagogika universitetida 60110700 – Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishidagi mutaxassislik fanlari o‘quv dasturlarini shakllantirishda va bitiruv malakaviy ishlarida, pSi/n-CdTe strukturalarining C–V xarakteristikalarini o‘lchash dasturi esa “Fizika”, “Nazariy fizika”, “Nanofizika”, “Elektrodinamika” va “Elektronika va signallarni qayta ishlash” fanlarini o‘qitishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2026-yildagi dalolatnomasi).
Manba: oak.uz — eʼlon №1001180. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.