Ibroximov Tolibjon Mirzajon o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalaridagi qora o‘ralar atrofida spinli zarralar dinamikasi”, 01.03.01 – Astronomiya
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- № B2026.4.PhD/FM1576
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy Kengash.
- Ilmiy rahbar
- f.-m.f.d., prof. F.Sh. Atamurotov
- Rasmiy opponentlar
- f.-m.f.d., dotsent, Jumanazarov Doniyor Rustamovich f.-m.f.b., PhD, Botirov Farxod O‘ktamovich
- Yetakchi tashkilot
- Samarqand davlat universiteti
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
Tadqiqotning maqsadi – modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalaridagi (sochli Horndeski, kvartik kvadrat-ildizli Horndeski va Eynshteyn–Bronnikov) statik, sferik simmetrik qora o‘ralar atrofida spinli sinov zarralari dinamikasini tadqiq qilish hamda zarra spini va nazariya parametrlarining orbital xarakteristikalarga birgalikdagi ta’sirini aniqlash.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Ilk bor Horndeski gravitatsiyasidagi sochli qora o‘ra atrofida spinli sinov zarralarining ekvatorial harakati o‘rganildi va skalyar soch parametri q (-1,0) oraliqda oshganda zarra spinining s_max fizik jihatdan ruxsat etilgan sohasi 2.45 dan 1.66 gacha kamayishi aniqlandi;
Ilk bor sochli Horndeski qora o‘rasi uchun ichki barqaror aylanma orbita radiusi spinga deyarli chiziqli bog‘liqligi, spinli sinov zarralarining ichki barqaror aylanma orbitasidagi energiyasi soch parametri ortishi bilan 3.8% gacha kamayishi aniqlandi;
Ilk bor kvartik kvadrat-ildizli Horndeski qora o‘rasi atrofida spinli zarralar uchun spinga bog‘liq effektiv potensial, superluminal chegara va ichki barqaror aylanma orbita xarakteristikalari olindi
Ilk bor Eynshteyn–Bronnikov regulyar qora o‘rasining tashqi fazo-vaqtida spinli sinov zarralari dinamikasi tadqiq qilindi va magnit zaryad ruxsat etilgan spinni chegaralashi aniqlandi: smax qiymati qm/m = 0.2 da 1.645 dan qm/m ≈ 0.7 da 1.58 gacha (taxminan 4 %) kamayadi;
Ilk bor aylana orbitalar sohasida Eynshteyn–Bronnikov qora o‘rasining ichki barqaror aylanma orbita radiusi xarakteristikalari mos zaryadli Reissner–Nordström qora o‘rasi bilan amalda ustma-ust tushishi (qm = 0.7m da ichki barqaror aylanma orbita radiusi farqi 0.05 % dan kam) ko‘rsatildi va uning regulyarligini faqat tashqi aylana orbitalar orqali tekshirib bo‘lmasligi asoslandi;
Bog‘langan trayektoriyalarni sonli integrallash orqali zarra spini ishorasining o‘zgarishi radial burilish nuqtalarini bir necha gravitatsion radiusga siljitishi, modifikatsiyalangan nazariya parametrlari esa orbitalar ixchamligi va periastr pretsessiyasini o‘zgartirishi ko‘rsatildi; bu qora o‘ralarni Schwarzschild holatidan ajratuvchi belgilarni beradi;
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Ushbu dissertatsiyada taqdim etilgan natijalar – ayniqsa, modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalaridagi qora o‘ralar atrofida spinli zarralarning ruxsat etilgan spin chegarasi, ichki barqaror aylanma orbita radiusi xarakteristikalari va akkretsiya samaradorligi bilan bog‘liq topilmalar – xalqaro, ilmiy ekspertizadan o‘tgan nufuzli jurnallarda iqtiboslar keltirilgan:
New Astronomy, 2027, 130, 102670, Web-Sc, IF: 2.1, The European Physical Journal C, 2026, 86 (10), 1188, Web-Sc, IF: 4.9, Nuclear Physics B, 2026, 1026, 117441, Web-Sc, IF: 2.8, Annals of Physics, 2026, 488, 170366, Web-Sc, IF: 3.0, Physics of the Dark Universe, 2025, 50, 102096, Web-Sc, IF: 6.4, Physics of the Dark Universe, 2025, 49, 102064, Web-Sc, IF: 6.4, Physics of the Dark Universe, 2025, 49, 102014, Web-Sc, IF: 6.4, Physics of the Dark Universe, 2025, 49, 101988, Web-Sc, IF: 6.4, Physics of the Dark Universe, 2025, 48, 101880, Web-Sc, IF: 6.4,
Manba: oak.uz — eʼlon №1001181. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.