Hasanov Jonibek Norboy o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Muqobil gravitatsiya nazariyalarida qora o‘ralar atrofidagi astrofizik hodisalar”, 01.03.01 – Astronomiya
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- № B2026.4.PhD/FM1577
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy Kengash.
- Ilmiy rahbar
- f.-m.f.d. prof. S.R. Shaymatov
- Rasmiy opponentlar
- f.-m.f.d., prof. T.R. Axunov (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti professori), f.-m.f.b. (PhD) A.L. Abduvohidov (Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti dotsenti)
- Yetakchi tashkilot
- Samarqand davlat universiteti.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
muqobil gravitatsiya nazariyalarida hamda qora o‘rani o‘rab turgan muhit (anizotrop suyuqlik, qorong‘i materiya galosi, plazma) mavjudligida qora o‘ralar soyasi, kuchsiz va kuchli gravitatsion linzalanish hamda tasvir kattalashuvini tadqiq etish va EHT kuzatuv ma’lumotlari asosida model parametrlariga cheklovlar olishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
● Ilk bor anizotrop suyuqlik bilan o‘ralgan qora o‘ra uchun bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan plazma muhitida foton sferasi, soya radiusi, kuchsiz linzalanishdagi og‘ish burchagi va tasvir kattalashuvi ifodalari olinib, ularning anizotropiya parametri K ortishi bilan ortishi, qorong‘i energiyaga o‘xshash holatda (ω2 = − 1/2) og‘ish burchagining nishon parametri bilan ortishi, tasvir kattalashuvining bir jinsli plazmada plazma parametri bilan ortib, SIS plazmada kamayishi ko‘rsatilgan, skalyar to‘lqinlar sochilish kesimi Born va WKB yaqinlashishlarida hisoblanib, anizotropiya sochilgan to‘lqinlarning burchak bo‘yicha taqsimotini (oldinga yoki orqaga sochilishni), plazma esa interferensiya manzarasining keskinligi va modulyatsiyasini belgilashi aniqlangan hamda EHT ma’lumotlari asosida plazma muhitida K ning, EHT va GRAVITY ma’lumotlarining Bayes MCMC tahlili asosida esa M87* va Sgr A* uchun K va ω2 parametrlarining ruxsat etilgan sohalari aniqlangan;
● Ilk bor Dehnen tipidagi (1,4,2) qorong‘i materiya galosidagi Shvartsshild qora o‘rasi uchun og‘ish burchagining Gauss–Bonne teoremasi asosidagi analitik ifodasi olinib, galo parametrlari ortishi bilan kritik nishon parametri bc = 5.196M dan 5.584M gacha (rs = 0.6, ρs = 0.03 da) ortishi va foton hamda linza halqalarining oraliqlari kattaroq qiymatlar tomon siljishi ko‘rsatilgan;
● Ilk bor effektiv kvant gravitatsiyasidagi qora o‘ra uchun kvant tuzatma parametri ζ ortishi bilan gorizont, foton sferasi va soya radiuslarining ortishi hamda SIS plazmada foton halqasi oralig‘ining siljishi (ζ = 3 va ωc2/ω02 = 0.5 da b ∈ (5.385; 5.4)) aniqlangan; Ilk bor EHT ning ν ≈ 230 GHz chastotadagi kuzatuv ma’lumotlari asosida qora o‘ralar atrofidagi plazma elektron konsentratsiyasining yuqori chegaralari NM87* ≤ 2.138×1013 sm−3 va NSgr A* ≤ 2.694×1014 sm−3, plazma parametri uchun esa (ωp2/ω02)M87* ≤ 0.033 va (ωp2/ω02)Sgr A* ≤ 0.41 ekanligi aniqlangan;
● Ilk bor effektiv kvant gravitatsiyasidagi zaryadli (polimerlashtirilgan) qora o‘ra uchun kvant effektlari zaryadning ruxsat etilgan yuqori chegarasini o‘zgartirishi, bir jinsli plazmada og‘ish burchagi zaryad va plazma chastotasi bilan ortishi, bir jinsli bo‘lmagan plazmada esa plazma chastotasi ortishi bilan kamayishi ko‘rsatilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Ushbu dissertatsiyada taqdim etilgan natijalar – ayniqsa, muqobil gravitatsiya nazariyalarida plazma muhitidagi qora o‘ralar soyasi, kuchsiz va kuchli gravitatsion linzalanish, tasvir kattalashuvi hamda EHT va GRAVITY kuzatuv ma’lumotlari asosida model parametrlariga cheklovlar qo‘yish bilan bog‘liq topilmalar — xalqaro tadqiqotchilar e’tiborini qozongan va yuqori impakt faktorga ega, ilmiy ekspertizadan o‘tgan jurnallarda iqtibos keltirilgan: Nuclear Physics B Date: August 2026 Article: 117553 Volume: Volume 1029, Chinese Physics C, Volume 50, Number 11, Web-Sc, IF: 5.3, The European Physical Journal C, 2026, 86, 931, Web-Sc, IF: 4.9, The European Physical Journal C, 2026, 86, 854, Web-Sc, IF: 4.9, Chinese Physics C, 2026, 50 (7), Web-Sc, IF: 5.3, Chinese Physics C, 2026, 50 (10), Web-Sc, IF: 5.3.
Mazkur ilmiy natijalar Vellore Institute of Technology (Hindiston) va COMSATS University Islamabad (Pokiston) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan dasturlar doirasida qo‘llanilgan (Dr. Pankaj Sheoran va Dr. Abdul Jawad tomonidan taqdim etilgan rasmiy xatlar asosida).
Manba: oak.uz — eʼlon №1001182. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.