Mirov Mirjavohir Faxriddinovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Anizotrop maydonlarda nokommutativ geometriyaga asoslangan qora o‘ralar atrofida zarralar dinamikasi va kvazidavriy tebranishlar”, 01.04.02 – Nazariy fizika
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- № B2026.4.PhD/FM1578
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy Kengash.
- Ilmiy rahbar
- f.-m.f.d.,prof. F.Sh.Atamurotov
- Rasmiy opponentlar
- f.-m.f.d., k.i.x. E.X. Karimbaev (“TIQXMMI” MTU huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari); f.-m.f.f.d.(PhD), dots. Q.A.Badalov (Samarqand davlat pedagogika instituti Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi dekani)
- Yetakchi tashkilot
- Farg‘ona davlat universiteti
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- Nazariy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
anizotrop maydonlar bilan o‘ralgan qora o‘ralar atrofida massali sinov zarralari dinamikasi va qo‘sh cho‘qqili kvazidavriy tebranishlarni o‘rganish hamda quyosh massali va o‘rta massali qora o‘ra manbalarida kuzatilgan chastotalar asosida ushbu fazo-vaqtlarning parametrlarini cheklashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Ilk bor nokommutativ geometriyaga asoslangan Kiselev qora o‘ra gorizont tuzilishi, aylanma orbitalardagi solishtirma energiya va burchak impulsi hamda xarakterli orbital radiuslarning nokommutativ parametriga va atrofdagi uch xil maydonning intensivligiga bog‘liqligi tizimli ravishda tadqiq etildi.
Ilk bor tadqiq etilgan konfiguratsiyalarda nokommutativlik parametrining ortishi eng ichki barqaror aylanma orbita va chegaraviy bog‘langan orbitalarni kamyishi aniqlandi. Tashqi maydon parametrining ta’siri esa atrofdagi maydonning qorong‘u materiyaga o‘xshash, chang yoki nurlanish turida ekaniga bog‘liq ekani ko‘rsatildi. Chegaraviy aylanma orbita ham modelga xos mos bog‘liqlikni namoyon etadi.
Ilk bor nokommutativlik tuzatmalari va atrofdagi maydon hissalari Kepler va radial epitsiklik chastotalarni turlicha o‘zgartirishi, natijada uch xil muhit konfiguratsiyasi uchun o‘zaro farq qiluvchi tebranish signaturalari hosil bo‘lishi ko‘rsatildi.
Ilk bor relyativistik pretsessiya modeli va tanlangan epitsiklik rezonans modellari qo‘sh cho‘qqili kvazidavriy tebranishlar orasida turlicha munosabatlar berishi, shu sababli qora o‘ra va muhit parametrlari ham farq qilishi isbotlandi. Tahlil qilingan holatlarda baholangan kvazidavriy tebranish orbitalari mos barqaror orbitadan tashqarida joylashgan bo‘lishi ko‘rsatildi.
Ilk bor yulduz massali va oraliq massali qora o‘ralarining kuzatuv tahlili asosida manbaga va modelga bog‘liq parametr cheklovlari olindi. Eynshteyn–nochiziqli Maksvell–Yukava (ENLMY) hamda Kalb–Ramond–qorong‘u materiya tadqiqotlari orbital va optik sezgirlikning turli fizik mexanizmlarga bog‘liqligini qo‘shimcha tavsiflaydi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Ushbu dissertatsiyada taqdim etilgan natijalar – ayniqsa, anizotrop maydonlar bilan o‘ralgan qora o‘ralar atrofida zarralar dinamikasi, fundamental chastotalar va qo‘sh cho‘qqili kvazidavriy tebranishlar orqali fazo-vaqt parametrlariga cheklov qo‘yish bo‘yicha olingan natijalar — xalqaro tadqiqotchilar e’tiborini qozongan va yuqori impakt faktorga ega, ilmiy ekspertizadan o‘tgan jurnallarda iqtibos keltirilgan:
Annals of Physics, 2026, 495, 170760, Web-Sc, IF: 3.0, Chinese Physics C, 2026, 50 (4), 045101, Web-Sc, IF: 3.1, Physics of the Dark Universe, 2026, 54, 102454, Web-Sc, IF: 6.4, Physics of the Dark Universe, 2026, 53, 102377, Web-Sc, IF: 6.4, The European Physical Journal C, 2026, 86 (5), 520, Web-Sc, IF: 4.9, Chinese Physics C, 2026, 50 (4), 045101, Web-Sc, IF: 3.1, General Relativity and Gravitation, 2026, 58 (3), 26, Web-Sc, IF: 3.0, Physics of the Dark Universe, 2026, 51, 102203, Web-Sc, IF: 6.4.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001183. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.