← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Sabitova Nazokat Qobuljon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Endoskopik tasvirlarni intellektual tahlil qilishning algoritmlari va dasturiy vositasini ishlab chiqish”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2024.2.PhD/T4634.
Ilmiy rahbar
Kuchkorov Temurbek Ataxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M.
Rasmiy opponentlar
1. O‘zbekiston Milliy universiteti, “Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar” fakulteti professori, t.f.d., professor A.V.Kabulov. 2.“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kafedrasi professori, t.f.d., professor D.T.Muxamediyeva.
Yetakchi tashkilot
Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

videotasvirlarga intellektual ishlov berish orqali endoskopiya jarayonidagi patologik o‘zgarishlarni aniqlash modeli, algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

video-endoskopik ma’lumotlarning tasvirlash xususiyatlarini hisobga olgan holda tasvirlarni shovqinlardan tozalashning gibrid algoritmi ishlab chiqilgan;

tasvir sifatini baholashga asoslangan endoskopik tasvirlar o‘quv tanlanmasini shakllantirish algoritmi hamda bemorlar ma’lumotlarini saqlash va tahlil qilish jarayonlarining modellari ishlab chiqilgan;

chuqur neyron tarmoq arxitekturasiga asoslangan endoskopik videotasvirlardagi patologik o‘zgarishlarni aniqlash va tasniflashning takomillashtirilgan modeli va algoritmlari ishlab chiqilgan;

endoskopik tasvirlarni intellektual tahlil qilish asosida tibbiy qarorlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashuvchi, endoskop qurilmasi bilan integratsiyalashgan dasturiy majmuaning funksional tuzilmasi ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Endoskopik tasvirlarning sifatini baholash, ularga raqamli ishlov berish, patologik o‘zgarishlarni aniqlash va tasniflash uchun ishlab chiqilgan model hamda algoritmlar asosida “Smart Endoscopy” dasturiy majmuasi yaratilib, amaliyotga joriy etilgan:

“Smart Endoscopy” dasturiy majmuasi Toshkent shahridagi “Shox Med Center”, “NEO MED Hospital” va Shayxontohur tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 1-iyuldagi 33-8/5905-son ma’lumotnomasi). Dasturiy majmua endoskopik tasvirlarni sifat bo‘yicha baholash, shovqin va yoritilishdagi buzilishlarni kamaytirish, yara va saraton kabi patologik sohalarni aniqlash va tasniflash hamda natijalarni shifokorga taqdim etish imkonini beradi. Klinik sinovlar doirasida 715 nafar bemorning endoskopik tekshiruv natijalari tahlil qilingan. Amaliy qo‘llash natijalariga ko‘ra, tekshiruv va tashxislash jarayoniga sarflanadigan vaqt o‘rtacha 5–7 daqiqaga qisqargan, hamda endoskopik tashxislash samaradorligi 20 foizga oshgan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001184. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.