← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Modullayev Jahongir Sobir o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Favqulodda vaziyatlarda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan olingan tasvirlarga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqish”, 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2026.3.PhD/Т6983
Ilmiy rahbar
Azimov Bunyod Raximjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M.
Rasmiy opponentlar
Kabulov Anvar Vasilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Atoyev Suhrob G‘afurovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot
Fargʻona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

Favqulodda vaziyatlarda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan olingan tasvirlarga raqamli ishlov berish orqali inson obyektlarini aniqlash aniqligini oshirishga qaratilgan algoritmlar va dasturiy majmuani ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

uchuvchisiz uchish qurilmalaridan olingan tasvirlarga raqamli ishlov berishda shovqinlarni tozalash va tasvirning muhim strukturaviy xususiyatlarini saqlash uchun veyvlet koeffitsiyentlarining chegaraviy qiymatlarini adaptiv tanlash orqali takomillashtirilgan veyvlet-filtrlash modeli ishlab chiqilgan;

uchuvchisiz uchish qurilmalaridan olingan videotasvirlarda inson obyektlarini aniqlash aniqligini oshirish uchun adaptiv veyvlet-filtrlash modelini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan konvolyutsion neyron tarmoq arxitekturasi ishlab chiqilgan;

uchuvchisiz uchish qurilmasi va yer usti boshqaruv tizimi o‘rtasida videotasvirlarni real vaqt rejimida uzatish hamda boshqaruv buyruqlari almashinuvini muvofiqlashtirishga asoslangan ma’lumotlar almashinuvi algoritmi ishlab chiqilgan;

favqulodda vaziyatlarda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan olingan videotasvirlarga raqamli ishlov berish, inson obyektlarini aniqlash va ma’lumotlar almashinuvi jarayonlarini integratsiyalashga asoslangan algoritm hamda dasturiy majmua ishlab chiqilgan..

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 25-iyundagi 3/4/30-1774-son ma’lumotnomasi). Natijada favqulodda yong‘inlarda qidiruv-qutqaruv ishlariga ketadigan vaqt 10 barobar qisqargan, tutun ichida olingan tasvirlardagi xatolik 6–10% ga kamaygan, dasturdan olingan natijalar kuch va vositalarni boshqarishga yordam bergani hisobiga mehnat unumdorligi 25% ga oshgan. Shuningdek, Xaar Dobeshi va Koyflet veyveletlari yordamida takomillashtirilgan neyron tarmoq algoritmi ishlab chiqilgan. Buning natijasida favqulodda vaziyatlarda uchuvchisiz qurilmalar yordamida yaqindan olingan tasvirlardan odamlarni tanib olishda, Xaar veyveletida 2.5% dan 5.7% gacha, Dobeshi veyveletida 3.4% dan 4.3% gacha va Koyflet veyveletida 7.4% dan 12.8% gacha aniqligini oshirishga erishilgan hamda uchuvchisiz qurilmalar yordamida uzoqdan olingan tasvirlardan odamlarni tanib olishda Xaar veyveletida 6.5% dan 13.7% gacha, Dobeshi veyveletida 5.4% dan 7.5% gacha va Koyflet veyveletida 2.4% dan 4.8% gacha aniqligini oshirishga erishilgan. Dasturiy majmuaning joriy etilishi natijasida favqulodda vaziyatlarda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan turli ob-havo sharoitlarida olingan tasvirlarga raqamli ishlov berish orqali ularning sifatini yaxshilash, videotasvirlarda inson obyektlarini aniqlash aniqligini oshirish hamda qidiruv-qutqaruv ishlarida insonlarni masofadan aniqlash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001185. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.