← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Yoqubov Murodjon G‘opirjonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Sud ekspertiza sohasida odam DNKsi yordamida qarindoshlikni aniqlash algoritmlari va axborot tizimini ishlab chiqish”, 05.01.10 - “Axborot olish tizimlari va jarayonlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2026.4.PhD/Т7110
Ilmiy rahbar
Yusupov Ibroximbek, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M.
Rasmiy opponentlar
1. Saidov Abdusobirjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; 2. Seytov Aybek Jumanbayevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot
Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

Sud ekspertiza sohasida odam DNKsi yordamida qarindoshlikni aniqlashda axborot almashish jarayonlarini takomillashtirish, biologik qarindoshlikni aniqlash algoritmlarini ishlab chiqish va axborot tizimini yaratishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

odam DNKsi boshqaruv tizimida biologik ma’lumotlarga ishlov berish konseptual modeli hamda ko‘p pog‘onali ma’lumotlar almashinuvi jarayonlarining axborot modeli ishlab chiqilgan;

biologik axborotlarga ishlov berish orqali birinchi darajali qarindoshlikni aniqlashning modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;

ikkinchi darajali qarindoshlikni aniqlashda biologik axborotlarga ishlov berishning algoritmik va dasturiy ta’minoti takomillashtirilgan;

sud ekspertiza sohasida odam DNKsi yordamida qarindoshlikni aniqlash uchun “DNA Helper” dasturiy majmuasining funksional modullari va interfeysi ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Sud ekspertiza sohasida odam DNKsi yordamida qarindoshlikni aniqlash axborot tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmlar hamda olingan natijalar asosida:

Tadqiqot ishi davomida biologik qarindoshlikni aniqlash, shaxsni identifikatsiya qilish, DNK ekspertizasi kabi sohalarda aniq va ishonchli hisob-kitoblar olib borish imkonini yaratadigan “DNA Helper” dasturi ishlab chiqilgan hamda Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning Xorazm, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyati bo‘limlaridagi Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyalarida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sud biologiya boʻlimida, “Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Sud-tibbiy ekspertiza markazi” davlat korxonasida, Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor sud ekspertiza departamentida joriy etilgan (tegishli tashkilotlarning 2026-yildagi dalolatnomalari, Adliya vazirligining 2026-yil 14-avgustdagi 12/5-14755/8-son va Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 16-iyuldagi 33-8/6445-son ma’lumotnomalari). Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan “DNA Helper” dasturi ekspertiza jarayonini sezilarli tezlashtirgan holda qarindoshlikni aniqlashda qo‘llaniladigan lokuslar soni 16 dan 30 taga yetkazib, birinchi darajali qarindoshlik faktini aniqlash bo‘yicha aniqlik 7,2 barobarga, ikkinchi darajali qarindoshlikni aniqlash bo‘yicha aniqlik esa 10,3 barobarga oshirgan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001186. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.