← Himoya eʼlonlariFan doktori (DSc)

Mansurova Madina Yesimxanovnaning fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha taqdimnomasi muhokamasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Tadqiqot mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i)
Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan tavsiflanuvchi ixtisoslashgan predmet sohalarida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimlari uchun sun’iy intellekt modellari va usullari, 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (texnika fanlari).
Taqdimnoma mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2026.4.DSc/Т1178
Ilmiy maslahatchi
Xamdamov Rustam Xamdamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Tadqiqot bajarilgan muassasa nomi
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
Rasmiy opponentlar
Mirzayev Nomaz - texnika fanlari doktori, professor; Madrahimov Shavkat Fayzullayevich - texnika fanlari doktori, professor; Rodionov Aleksey Sergeyevich - texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot
L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti.
Tadqiqot yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

Tibbiyot, til texnologiyalari, avtonom robototexnika, barqaror energetika va yuqori energiyalar fizikasida katta hajmdagi geterogen va shovqinli ma’lumotlarni dinamik qayta ishlash sharoitida aniqlik, hisoblash samaradorligi, qat’iy matematik verifikatsiyalanish va kognitiv talqin qilinuvchanlikni tubdan oshirishni ta’minlaydigan qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimlari uchun fundamental nazariy-metodologik asoslar, matematik modellar va intellektual algoritmlarni ishlab chiqish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

fiziologik qarishning deterministik kognitiv modellarini (nochiziqli oddiy differensial tenglamalar tizimlarini) ishlab chiqish, ular jadval ko‘rinishidagi klinik-xulqiy ma’lumotlar asosida yurak-qon tomir xavflarini bashoratlash imkonini beradi;

tibbiy KT tasvirlarini kompyuterda tanish uchun U-Net neyron tarmog‘i arxitekturasi modifikatsiyasini ishlab chiqish, bunda silliq funksionali asosidagi yangi optimallashtirish va o‘qitish usuli sinflarning keskin nomutanosibligi sharoitida gradient falajini to‘liq bartaraf etadi;

katta til modellari uchun original Robust DPO optimallashtirish va o‘qitish algoritmini ishlab chiqish, afzalliklarni moslashtirish standart usulining matematik nuqsonini qat’iy isbotlash hamda kontrastiv jarimani Kullbak-Leybler divergensiyasi regulyarizatori bilan integratsiyalash;

til andozalarini kompyuterda tanish tizimlari (ASR) uchun yangi algoritmlar va dasturiy-apparat vositalari ishlab chiqildi, ular ilk bor lingvistik singarmonizmning statik filtrini siyrak binar matritsasi orqali konvolyutsion neyron tarmoqlar konturiga apparat darajasida kiritishni amalga oshiradi;

yangi kanal-fazoviy diqqat moduli (L-CSMA) yordamida lokal belgilarni ajratish va global modellashtirishni sinergetik birlashtiruvchi, chekka hisoblashlar uchun yengil AgriLiteNet arxitekturasini ishlab chiqish;

avtonom texnika uchun ikki kanalli aloqaga (NB-IoT/5G) ega bulutli IoT-platforma sxemasini yaratish, u Arctic Puffin Optimization (APO) algoritmi bilan optimallashtirilgan ko‘p mezonli prediktiv boshqaruv (MPC) usulini o‘z ichiga oladi;

SPD NICA tajribalari uchun o‘rtacha kvadratik xi-kvadrat metrikasidan foydalanuvchi chegaraviy klasterlash usuliga asoslangan zarralarning yolg‘on treklarini bartaraf etish parallel algoritmini ishlab chiqish;

mahalliy iqlim-geografik xususiyatlarga moslashtirilgan, aqlli texnologiyalar, IoT va PROMETHEE algoritmi integratsiyasiga asoslangan elektromobillarni boshqarish uchun kompleks qaror qabul qilish tizimini qurish.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Kognitiv modellar, usullar va algoritmlarni ishlab chiqish asosida:

klinik va xulqiy ko‘rsatkichlar asosida yurak-qon tomir qarishi xavfini avtomatlashtirilgan baholash va yuqori xavf guruhidagi bemorlarni aniqlash uchun «Kardiologiya va ichki kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti» AJda foydalanildi va joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 28.10.2026 sanada berilgan 33-8/9846-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yurak-qon tomir tizimining qarish xavfini baholash va yuqori xavf guruhidagi bemorlarni aniqlash aniqligini 98,8 % gacha oshirish imkonini bergan.

sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida elektr stimulyatsiyasi parametrlarini individuallashtirish va buyumlar interneti (IoT) vositalari orqali reabilitatsiya muolajalari parametrlarini masofaviy monitoring qilish uchun «Jamoat salomatligi ilmiy markazi-SAQTASYN» MChShda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 28.10.2026 sanada berilgan 33-8/9846-son ma’lumotnomasi). Natijada bulutli IoT-platforma va marshrutlash algoritmlari zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasining tajriba bazasiga (Xihua University o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi negizida) integratsiya qilish imkonini bergan.

bemor ayollarni yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish va shaxsiylashtirilgan axborot-ma’lumot yordamini taqdim etish uchun sun’iy intellekt asosidagi LLM moduliga ega «AnaBalaCare» raqamli platformasi shaklida «Akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazi» AJning (Olmaota shahri) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 28.10.2026 sanada berilgan 33-8/9846-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi ishlab chiqilgan treklarni filtrlash va rekonstruksiya qilish algoritmlari SPD NICA tajribasining (Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti, JINR) dasturiy majmuasi uchun geterogen HybriLIT hisoblash platformasida sinovdan o‘tkazilgan, homiladorlik, tug‘ruq va emizish davrida bemor ayollarni kuzatish jarayonlarini avtomatlashtirish, shaxsiylashtirilgan axborot-ma’lumot yordamini ko‘rsatish hamda masofaviy monitoring samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001187. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.