Yasakov Zikrilla Xayrullayevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
Umumiy maʼlumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi)
- “Noananaviy manbalar hisobiga Oʼzbekistonning togʼ oldi hududlarida suv tanqisligini bartaraf qilish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.09.04 – “Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari” (texnika fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2023.2.PhD/Т3772.
- Ilmiy rahbar
- Gadayev Abror Niyazovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Samarqand davlat texnika universitetida.
- Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash nomi
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/26.01.2023.T.109.03. raqamli Ilmiy Kengash.
- Rasmiy opponentlar
- Meyli Avlakulov - Qarshi davlat texnika universiteti “Melioratsiya va yer kadastri” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, Abdualim Mirzayev – Samarqand davlat texnika universiteti “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.
- Yetakchi tashkilot
- Jizzax politexnika instituti.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
O‘zbekistonning adir va tog‘oldi hududlari sharoitida yomg‘ir suvlaridan muqobil suv manbasi sifatida foydalanishning muhandislik yechimlarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Adir va tog‘oldi hududlari sharoitida suv tanqisligi muammolari yechimi sifatida noan’anaviy muqobil suv manbasini shakllantirishning texnologik sxemasi ishlab chiqildi;
O‘zbekistonning adir va tog‘oldi hududlari sharoitida yomg‘ir suvlaridan muqobil suv resursi sifatida foydalanishning muhandislik-texnik, texnologik yechimi ishlab chiqildi;
Muqobil manba sifatida yomg‘ir suvlarini yig‘ib olish va undan foydalanishning texnik reglamenti ishlab chiqildi;
O‘zbekistonning adir va tog‘oldi hududlarida suv tanqisligini bartaraf etish uchun yog‘inning mavsumiyligi va suvga bo‘lgan talabni hisobga oluvchi yomg‘ir suvini yig‘ish, saqlash va undan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Noananaviy manbalar hisobiga Oʼzbekistonning togʼ oldi hududlarida suv tanqisligini bartaraf qilish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yomg’ir suvlarini yig’ish va undan muqobil suv manbasi hosil qilish uchun yuqori geodezik sathli maydonlardan foydalanish, samarali suv yig’ish maydoninidan foydalanish, yomg’ir jadalligi, yig’ilgan suv hajmi bo’yicha natijalarni tahlil qilish, suvni gravitatsion bosim orqali foydalanishga uzatish, yig’ilgan yomg’ir suvini rezurvarda saqlashni rejalashtirish va uning o’lchamlari aniqlash texnologiyasi joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining 2026-yil 28-martdagi 04/20-1466-son ma’lumotnomasi). Natijada suv tanqisligi kuzatiladigan tog‘oldi va adir hududlaridagi qishloqlarda aholining ichimlikdan tashqari xo‘jalik ehtiyojlari uchun suvga bo‘lgan talabining 45–56 % rezervuarlarda saqlangan yomg‘ir suvi hisobiga qondirish imkoniyati yaratildi.
Hosil qilingan muqobil suv manbasidan tog’oldi va adir sharoitida joylashgan qishloqlardagi suv ite’molchilarining ishlab chiqarish, sug’orish va boshqa maqsadlari uchun foydalanish imkoniyati yaratildi. (O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining 2026-yil 28-martdagi 04/20-1466-son ma’lumotnomasi) Asosan markazlashgan suv ta’minoti tizimi mavjud bo’magan uzoq tog’oldi va adir hudularida suv tanqisligi muammosi yechiladi, hududda joylashgan «Marmar kesish korxonalarida» suvga bo’lgan talabning 80% qoplanadi va muqobil suv manbasi yaratish orqali barqaror faoliyat yuritish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Tadqiqot doirasida O‘zbekistonning adir va tog‘oldi hududlarida yog‘ingarchilikning mavsumiy taqsimlanishi hamda xo‘jalik ehtiyojlarini hisobga olgan holda yomg‘ir suvini yig‘ish, saqlash va undan muqobil suv manbasi sifatida maqsadli foydalanish texnologiyasi yaratildi. (O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining 2026-yil 28-martdagi 04/20-1466-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning suv tanqisligi kuzatiladigan tog‘ va adir hududlarida yomg‘ir suvini yig‘ish va saqlash orqali undan suv ta’minotining muqobil manbasi sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001191. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.