Shadmanov Istam Uktamovichning fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida eʼlon
Umumiy maʼlumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi)
- Bir jinsli boʻlmagan gʻovak jismlarni tabiiy omillar taʼsirida saqlash va quritishda issiqlik va namlik oʻtkazish jarayonlarining matematik modellari, 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam
- B2024.2.DSc/Т789.
- Ilmiy maslahatchi
- Normaxmad Ravshanov, texnika fanlari doktori, professor.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Buxoro davlat universiteti.
- Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami
- Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
- Rasmiy opponentlar
- Xujayev Ismatulla Kushayevich, texnika fanlari doktori, professor; Eshmatov Baxtiyor Xasanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Djumayozov Umidjon Zafarjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
- Yetakchi tashkilot
- Termiz davlat universiteti.
- Dissertatsiya yoʻnalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqot maqsadi bir jinsli boʻlmagan gʻovak jismlarni (paxta xomashyosi misolida) saqlash va quritishda issiqlik-fizik xususiyatlarning nochiziqliligini hisobga oluvchi oʻzaro bogʻliq issiqlik va namlik koʻchishi jarayonlarini hisoblash uchun matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy vositalarni ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
ichki issiqlik va namlik ajralib chiqishi, tashqi muhit bilan issiqlik-namlik almashinuvi va quyosh radiatsiyasi taʼsirini hisobga olgan holda bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda issiqlik, namlik va gazning birgalikda ko‘chishi uch komponentli matematik modeli ishlab chiqilgan;
o‘z-o‘zidan qizish jarayonida musbat teskari aloqa effektlarini tavsiflash imkonini beruvchi harorat va namlikka bog‘liq ko‘chish koeffitsiyentlariga ega nochiziqli uch komponentli matematik model ishlab chiqilgan;
tartibi α bo‘lgan vaqt bo‘yicha Gerasimov-Kaputo hosilasiga ega, bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitlarda xotira effektlari va ko‘chishning subdiffuzion xususiyatini hisobga oluvchi kasr-differensial uch komponentli modeli ishlab chiqilgan;
real paxta xomashyosi g‘aramining fazoviy-vaqt bo‘yicha bir jinsli emasligini hisobga olish imkonini beruvchi substansiyalar ko‘chishi kinetik koeffitsiyentlari lokal zichlik hamda g‘ovaklik funksionallari ko‘rinishida aniqlangan;
paxta xomashyosi g‘aramlarini saqlashda issiqlik, namlik va gazning birgalikda ko‘chishi masalalarini yechish uchun vaqt va fazoviy o‘zgaruvchilar bo‘yicha ikkinchi tartibli aniqlikka hamda shartsiz turg‘unlikka ega tejamkor sonli algoritmlar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturlar majmualarini bir jinsli boʻlmagan gʻovak jismlarda birgalikdagi issiqlik va namlik koʻchishi jarayonlariga qoʻllash asosida:
paxta xomashyosining fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda issiqlik va namlik oʻtkazish hisob-kitoblarini avtomatlashtirish boʻyicha matematik va dasturiy taʼminot “Gʻijduvon paxta tozalash” va “Kogon paxta tozalash” AJ larida joriy qilingan (Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 6-fevraldagi 33-8/1076-son maʼlumotnomasi). Natijada paxta gʻaramlarining harorati va namligini bashoratlash aniqligini 8-10% oshirishga, ularni saqlash rejimlarini optimallashtirish va oʻz-oʻzidan yonib ketishini oldini olish hisobiga yoʻqotishlarni kamaytirishga erishilgan;
paxta xomashyosi gʻaramlarida issiqlik va namlik holatini bashoratlash uchun moʻljallangan uch komponentli matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalar paxta tozalash sanoati korxonalari “Peshkoʻ paxta tozalash” MChJ, “Silverleaf” qoʻshma korxonasi obyektlariga joriy qilingan (Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 6-fevraldagi 33-8/1076-son maʼlumotnomasi). Natijada paxta xomashyosini saqlash jarayonida harorat va namlik holatining mumkin boʻlgan salbiy taʼsirini baholashga erishilgan;
paxta xomashyosining harorat va namlik oʻzgarishini monitoring va bashoratlash uchun ishlab chiqilgan matematik va dasturiy taʼminot “Qorovulbozor paxta tozalash” AJ da joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 6-fevraldagi 33-8/1076-son maʼlumotnomasi). Natijada paxta xomashyosi gʻaramlarining chirishi va oʻz-oʻzidan yonishi oqibatlarini bashorat qilishning aniqligini oshirishga, shuningdek, saqlash va quritish bilan bogʻliq moliyaviy va mehnat xarajatlarini 5-7% ga kamaytirishga erishilgan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001193. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.