← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Saidov Ixtiyor Shonazarovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalari doirasida astrofizik qora o‘ralar atrofida fundamental chastotalar va orbitalarning tebranish xususiyatlari”, 01.04.02 – Nazariy fizika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
№ B2026.3.PhD/FM1563.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar
f.-m.f.d., prof. A.A. Abdujabbarov
Rasmiy opponentlar
f.-m.f.d., k.i.x. E.X. Karimbayev (“TIQXMMI” MTU huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari), f.-m.f.b. (PhD) A.A. Alimova (Urganch davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi)
Yetakchi tashkilot
Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

Tadqiqotning maqsadi – modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalaridagi statik, sferik simmetrik qora o‘ralar (Lorens simmetriyasi spontan buzilgan, kvant Oppengeymer–Snayder–de Sitter, nokommutativ geometriyali va kvant Li–Vik qora o‘ralari) atrofida sinov zarralari aylana orbitalarining barqarorligi, fundamental (orbital, radial va vertikal epitsiklik) chastotalari, periastr pretsessiyasi va tebranish xususiyatlarini tadqiq qilish hamda Li–Vik qora o‘rasi atrofidagi akkretsiya oqimi va kvazidavriy tebranishlarni umumrelyativistik gidrodinamik modellashtirish orqali ularning kuzatiladigan astrofizik belgilarini baholash.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

• Lorens simmetriyasi spontan buzilgan qora o‘ra fazo-vaqtida sinov zarralarining aylana orbitalari va epitsiklik tebranishlari tadqiq qilindi: buzilish parametri α ortishi bilan hodisalar gorizonti radiusi rh=2M(1−α), eng ichki barqaror aylana orbita radiusi rISCO = 6M(1 − α) qonuniyat bo‘yicha ichkariga siljishi, aylana orbitalar impuls momenti kamayib, solishtirma energiyasi ortishi va periastr pretsessiyasi chastotasi susayishi ko‘rsatildi; fazo-vaqt faqat α < 1 sohada fizik ma’noga ega ekanligi asoslandi;

• Kvant Oppengeymer–Snayder–de Sitter qora o‘rasi atrofida aylana orbitalar energiyasi, impuls momenti, eng ichki barqaror aylana orbita sharti hamda lokal va uzoqdagi kuzatuvchi o‘lchaydigan epitsiklik chastotalarning analitik ifodalari olindi; kvant parametri β ortishi aylana orbitalar energiyasi va impuls momentini kamaytirishi, eng ichki barqaror aylana orbita va fundamental chastotalar profillarini qora o‘raga yaqinlashtirishi hamda periastr pretsessiyasini susaytirishi, kosmologik doimiy Λ esa asosan katta masofalardagi harakatga ta’sir etishi aniqlandi (β = Λ = 0 da Schwarzschild holatidagi rISCO = 6M tiklanadi);

• Nokommutativ geometriyali qora o‘ra uchun eng ichki barqaror aylana orbita radiusini aniqlovchi tenglama va uzoqdagi kuzatuvchi o‘lchaydigan radial, vertikal va orbital chastotalar ifodalari olindi; nokommutativ parametr α ortishi bilan eng ichki barqaror aylana orbita radiusi, aylana orbitalar energiyasi, impuls momenti va periastr pretsessiyasi chastotasi kamayishi, chastota profillari esa gorizont tomon siljishi ko‘rsatildi;

• Nokommutativ qora o‘ra gorizonti yaqinida to‘qnashayotgan ikki neytral zarraning massa markazi energiyasi nokommutativ parametr ortishi bilan oshishi va radial masofa ortishi bilan kamayishi aniqlandi, bu nokommutativ tuzatmalar gorizont yaqinidagi yuqori energiyali zarralar to‘qnashuvini kuchaytirishini ko‘rsatadi;

• Kvant Li–Vik qora o‘rasi atrofida sinov zarralari dinamikasi tadqiq qilinib, eksponensial so‘nish (S1) va tebranuvchi (S2) parametrlari ortishi bilan aylana orbitalar energiyasi kamayishi, eng ichki barqaror aylana orbita radiusi avval kamayib, so‘ngra o‘zgarmas (to‘yinish) qiymatga intilishi, periastr pretsessiyasi chastotasi esa S1 ortishi bilan oshishi ko‘rsatildi;

• Ilk bor kvant Li–Vik qora o‘rasi atrofida Bondi–Xoyl–Littlton akkretsiyasi umumrelyativistik gidrodinamika tenglamalarini sonli yechish orqali modellashtirildi: kuchsiz tuzatmalar rejimida (S1 ≥ 2, S2 ≤ 1,5) Schwarzschild holatiga yaqin simmetrik zarba konusi va bir necha o‘n Hz li past chastotali kvazidavriy tebranishlar (3:2, 2:1, 4:3 nisbatli) hosil bo‘lishi, S1 ortishi bilan konusning ochilish burchagi Schwarzschild qiymatiga yaqinlashishi, gorizontsiz (S1=S2=1) konfiguratsiyada esa konus kengayib, undagi zichlik va siqilish kamayishi aniqlandi;

• Kuchli Li–Vik tuzatmalari rejimida (kichik S1, katta S2) qora o‘rani to‘liq o‘rab oluvchi kamonsimon zarba to‘lqini (bow shock) shakllanishi, S2 ortishi bilan kvazidavriy tebranishlar past chastotali rejimdan yuqori chastotali rejimga o‘tishi va akkretsiya tezligining quvvat spektral zichligida 10–800 Hz oralig‘ida 3:2, 2:1, 3:1 va 5:2 nisbatli kvazidavriy tebranishlar paydo bo‘lishi ko‘rsatildi; xususan, S1 = 1, S2 = 2 modelida olingan 86, 136, 223, 285 va 324 Hz cho‘qqilar (136/86 ≈ 3:2) GRO J1655–40 (300/450 Hz), XTE J1550–564 (184/276 Hz) va GRS 1915+105 manbalarida kuzatilgan yuqori chastotali kvazidavriy tebranishlar bilan muvofiq kelishi asoslandi.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Ushbu dissertatsiyada taqdim etilgan natijalar – ayniqsa, modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalaridagi qora o‘ralar atrofida eng ichki barqaror aylana orbita xarakteristikalari, epitsiklik va periastr pretsessiyasi chastotalari hamda Li–Vik qora o‘rasi atrofidagi akkretsiya va kvaziperiodik tebranishlar bilan bog‘liq topilmalar – xalqaro, ilmiy ekspertizadan o‘tgan nufuzli jurnallarda iqtibos keltirilgan:

Physics of the Dark Universe, 2026, 54, 102472, Web-Sc, IF: 5., Physics of the Dark Universe, 2026, 52, 102271, Web-Sc, IF: 5.0, Physics of the Dark Universe, 2026, 52, 102274, Web-Sc, IF: 5.0, European Physical Journal Plus, 2026, 141, 768, Web-Sc, IF: 2.8, Annals of Physics, 2026, 494, 170648, Web-Sc, IF: 3.0, Physics Letters B, 2026, 882, 141072, Web-Sc, IF: 4.3, Physics of the Dark Universe, 2026, 54, 102472, Web-Sc, IF: 5.0, Physics Letters B, 2026, 882, 141072, Web-Sc, IF: 4.3, New Astronomy, 2026, 128, 102618, Web-Sc, IF: 1.9

Manba: oak.uz — eʼlon №1001194. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.