← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Alladustov Ulugmurat Baxriyevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Ixcham suv tozalash qurilmasining texnologik va konstruktiv yechimlarini ishlab chiqish”, 05.09.04-“Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhafazalovchi qurilish tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2025.2.PhD/Т5775
Ilmiy rahbar
Buriyev Eshmurod Sattarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash nomi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/26.01.2023.T.109.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar
Abdullayev Botir Dadajonovich, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi g.m.f.d., professor. Mirzayev Abdiolim, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Atrof-muhit muhandisligi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot
Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

Suvni tozalashning yuqori samarali usullari va jarayonlarini qo’llagan holda zavodda tayyorlanadigan ixcham suv tozalash qurilmasining texnologik va konstruktiv yechimlarini ishlab chiqish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

Loyqa suvlarni ixcham suv tozalash qurilmalarida tozalash uchun yuqori samaradorlikka ega texnologik sxema ishlab chiqildi;

Loyqa suvlarni elektrokoagulyatsiya orqali tozalash texnologik sxemasi uchun koagulyatsiyalangan zarrachalarni aralashtirish va momiq hosil qilish kamerasi original konstruksiyasi ishlab chiqildi;

Ixcham suv tozalash qurilmasi ishlab chiqildi (№ 1646995 raqamli Установка для очистки мутных вод МКИ С02Г1/00 mualliflik guvohnomasi va O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligining № FAP 3163 raqamli patenti);

«ZILOL» turidagi suv tozalash qurilmalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha texnik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.

Suv tozalash qurilmasining asosiy elementlarini hisoblash uslubiyatlari ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Tadqiqot natijalari Samarqand suv ta’minoti aktsionerlik jamiyati tasarrufidagi kichik qishloq aholi punktlari va avtonom sanoat ob’ektlari, lokal suv tozalash stansiyalari texnologik tizimlarida qo’llanilgan va loyiha instituti kompleksiga kiritilgan. Jumladan;

Siyob Shavkat Orzu fermer xo’jaligiga qarashli korxonalarida suvni tayyorlash va ishlab chiqarish oqova suvlarini lokal tozalash stansiyasi texnologik sxemasi tarkibida qo’llanildi (O’zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining 2026–yil 11–martdagi № 34-06/3012-sonli ma’lumotnomasi) Natijada korxona uchun ishlab chiqarish suvlarini tozalab qayta foydalanish imkoniyati tug’ildi va 30 % gacha suvni tejash imkoniyatiga ega bo’ldi.

Samarqandmarmar aksionerlik jamiyati korxonalarida suvni tozalash lokal stansiyasi texnologik sxemasida suvdan samarali foydalanish va tizimni yuqori texnologiyaga asoslangan texnologik suv tozalash jarayonlari bilan takomillashtirishda amaliyotda qo‘llanildi (O’zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining 2026–yil 11–martdagi № 34-06/3012-sonli ma’lumotnomasi) Natijada tog’ jinslarini qayta ishlash sexlarida suv tozalanib ikkinchi bir maqsadlar uchun ishlab chiqarishda foydalanildi. Ishlab chiqarish maqsadlari uchun kerakli suv miqdorining 40 % gacha miqdorini qopladi.

Undan tashqari zamonaviy ilg’or suv tozalash texnologiyalarga asoslangan dissertasiya ishi natijalari Kommunal loyiha ilmiy tadqiqot ishlari mintaqalararo „JANUBIY” filiali tomonidan kichik aholi punktlari, alohida joylashgan avtonom obyektlar, dam olish maskanlari suvni tozalash lokal stansiyalarini qayta qurilishida kompleks loyiha tarkibiga kiritildi va amaliyotga tadbiq etildi (O’zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining 2026–yil 11–martdagi № 34-06/3012-sonli ma’lumotnomasi).

Manba: oak.uz — eʼlon №1001195. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.