O‘rinbayev Sharofiddin Maksudbay o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Muqobil gravitatsiyadagi qora o‘ralarning kuzatuv belgilari: Kalb–Ramond gravitatsiyasi misolida”, 01.03.01 – Astronomiya
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- №
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy Kengash.
- Ilmiy rahbar
- f.-m.f.d. E.X. Karimbayev
- Rasmiy opponentlar
- f.-m.f.d., I.U. Tadjibayev (Chirchiq davlat pedagogika universiteti), f.-m.f.f.d. (PhD) A.A. Alimova (“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti)
- Yetakchi tashkilot
- Samarqand davlat universiteti.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
Kalb–Ramond gravitatsiyasida neytral va elektr zaryadlangan sinov zarralari dinamikasini, shuningdek, PFDM bilan o‘ralgan qora o‘ralarning xossalarini o‘rganish hamda QPO chastotalari va MCMC tahlili asosida kuzatuv belgilarini aniqlash.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
• Ilk bor Kalb–Ramond (KR) maydoni parametrining neytral zarralar aylana orbitalari, ISCO, radial va vertikal epitsiklik tebranishlar hamda RP, WD va ER2–ER4 QPO modellaridagi rezonans orbitalariga ta’siri yagona orbital-chastotaviy tahlil doirasida ko‘rsatib berildi;
• Ilk bor elektr zaryadlangan KR qora tuynugi atrofida zaryadlangan sinov zarrasining Lorens kuchi ta’siridagi nogeodezik harakati, epitsiklik chastotalari va RP modelidagi QPO munosabatlari tahlil qilinib, qora o‘ra zaryadining geometriyaga Q² orqali, elektromagnit o‘zaro ta’sirning esa zaryadlar ko‘paytmasi orqali ta’siri farqlandi;
• Ilk bor PFDM bilan o‘ralgan KR qora tuynugining gorizont, egrilik va termodinamik xossalari, barqaror orbitalari, yupqa akkretsion diskning modelga asoslangan nurlanish oqimi va temperatura profillari hamda QPO chastotalarining KR va PFDM parametrlariga bog‘liqligi birgalikda o‘rganildi;
• Ilk bor XTE J1550–564, GRO J1655–40, M82 X–1 va Sgr A* manbalariga oid ko‘rib chiqilgan QPO chastotalari uchun RP modelini moslashtirish orqali parametrlarning aprior tanloviga bog‘liq MCMC posterior sohalari baholandi; zaryadlangan modelda parametrlar orasidagi degeneratsiya va ularni to‘liq identifikatsiya qilishdagi cheklovlar ko‘rsatildi;
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Ushbu dissertatsiyada taqdim etilgan natijalar – ayniqsa, Kalb–Ramond gravitatsiyasida aylanma orbitalar, epitsiklik chastotalar, kvazidavriy tebranishlar va mukammal suyuqlik ko‘rinishidagi qorong‘u materiya ta’siri bo‘yicha talabgor hammuallifligidagi natijalar xalqaro tadqiqotchilar e’tiborini qozongan va yuqori impakt faktorga ega, ilmiy ekspertizadan o‘tgan jurnallarda iqtibos keltirilgan:
Chinese Journal of Physics, 2026, 103, 612–635, Web-Sc, IF: 5.3; Physics Letters B, 2026, 879, 140602, Web-Sc, IF: 5.0; The European Physical Journal Plus, 2026, 141 (8), 981, Web-Sc, IF: 2.9; Indian Journal of Physics, 2026, 100 (8), 3479–3497, Web-Sc, IF: 1.7; Modern Physics Letters A, 2026, 41 (19), 2650089, Web-Sc, IF: 1.5; The European Physical Journal Plus, 2026, 141 (6), 622, Web-Sc, IF: 2.9; Physics of the Dark Universe, 2026, 52, 102311, Web-Sc, IF: 7.4; Physics of the Dark Universe, 2026, 52, 102315, Web-Sc, IF: 7.4; Physics of the Dark Universe, 2026, 52, 102339, Web-Sc, IF: 7.4; The European Physical Journal C, 2026, 86 (5), 490, Web-Sc, IF: 4.9; Nuclear Physics B, 2026, 1026, 117434, Web-Sc, IF: 2.9; Chinese Physics C, 2026, 50 (4), 045101, Web-Sc, IF: 3.0.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001308. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.