Mengturayev Farxod Ziyatovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi)
- “Endokrin kasalliklarni profilaktikasi va erta tashxislash algoritmi va dasturiy majmuasini ishlab chiqish”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2023.4.PhD/Т4173
- Ilmiy rahbar
- Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bajarilgan.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12. T.01.01.M.
- Rasmiy opponentlar
- Berdanov Ulug‘bek Abdumurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Raximov Nodir Odilovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
- Yetakchi tashkilot
- Farg‘ona davlat texnika universiteti.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Tadqiqotning maqsadi
Endokrin kasalliklarni qandli diabetning 1- va 2-turlarini profilaktika qilish va erta tashxislash uchun tibbiy ma’lumotlar sifatini yaxshilash, sinflar nomutanosibligini kamaytirish hamda sinflashtirish ishonchliligini oshirishga qaratilgan algoritmlar va dasturiy majmuani ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
o‘qitish to‘plamidagi to‘g‘ri qiymatlar medianasini ma’lumotlar sohasi cheklovlarini inobatga olgan holda hisoblash asosida bo‘sh va anomal qiymatlarni aniqlash va qayta tiklashga mo‘ljallangan takomillashtirilgan dastlabki ishlov berish algoritmi ishlab chiqildi;
sinflar disbalansining klassifikatsiya natijalariga salbiy ta’sirini kamaytirishda sintetik namunalarni kvartillararo oraliq chegaralarini nazorat qilish asosida takomillashtirilgan sun’iy to‘ldirish algoritmi ishlab chiqildi;
tibbiy obyektlarning muhimlilik darajalari, ular o‘rtasidagi yashirin qonuniyatlar va diagnostik belgilar ahamiyatini inobatga olgan holda takomillashtirilgan tashxislash algoritmi ishlab chiqildi;
endokrin kasalliklarni profilaktika qilish va erta tashxislash uchun ma’lumotlar bazasi hamda inson-apparat dasturiy ta’minotga asoslangan tizim ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Tadqiqotda ishlab chiqilgan endokrin kasalliklarni profilaktika qilish va erta tashxislashga qaratilgan takomillashtirilgan algoritmlar hamda “Ertadiabet” dasturiy majmuasidan foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
endokrin kasalliklarni profilaktika qilish va erta tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan hamda uning asosida yaratilgan “Ertadiabet” dasturiy majmuasi Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filialida endokrin kasalliklarni erta aniqlash va tashxislash jarayonlarini takomillashtirish maqsadida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 12-martdagi 02-28/6433-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 1-tur endokrin kasalliklarini tavsiflovchi 10 ta simptomga tegishli 23 ta belgi hamda 2-tur endokrin kasalliklarini tavsiflovchi 19 ta simptomga tegishli 50 ta belgilar majmuasidan tashxis qo‘yishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan informativ belgilardan foydalanish imkoniyati yaratilib, ma’lumotlarni tahlil qilish jarayoniga sarflanadigan vaqt 23 foizga qisqartirilgan va tashxislash samaradorligi 26 foizga oshirilgan.
endokrin kasalliklarni profilaktika qilish va erta tashxislashga mo‘ljallangan takomillashtirilgan algoritmlar asosida ishlab chiqilgan “Ertadiabet” dasturiy majmuasi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasida tashxislash jarayonlarini avtomatlashtirish va shifokorlarning qaror qabul qilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 12-martdagi 02-28/6433-sonli ma’lumotnomasi). Natijada endokrin kasalliklariga tashxis qo‘yishda informativ belgilar asosida ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratilib, tashxislashga sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish va diagnostika samaradorligini oshirishga erishilgan.
endokrin kasalliklarni erta aniqlash va tashxislash jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan “Ertadiabet” dasturiy majmuasi Surxondaryo viloyati Denov tuman sog‘liqni saqlash tizimida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 12-martdagi 02-28/6433-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan algoritmlar asosida endokrin kasalliklariga tashxis qo‘yish jarayonlari avtomatlashtirilib, kasallikka tashxis qo‘yishga ketadigan vaqtini 2,4 barobarga qisqartirish imkonini berdi.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001405. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.