Abdumanopov Muxamadsodiq Muxamadyusub o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i)
- “Motivatsion yondashuv asosida boʻlajak oʻqituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2025.2.PhD/Ped10040.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Farg‘ona davlat universiteti.
- Ilmiy rahbar
- Djalalov Baxromjan Begmurzayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami
- Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.10.03
- Rasmiy opponentlar
- pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Soliyev Ilhomjon Sobirovich; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Otepbergenov Jetkerbay Sakbergenovich.
- Yetakchi tashkilot
- Chirchiq davlat pedagogika universiteti
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
bo‘lajak o‘qituvchilar kognitiv kompetentligining motivatsion-qadriyatli, bilishga doir, jarayonli-faoliyatli va refleksiv-baholovchi komponentlari mazmuni motivatsion yondashuv nuqtai nazaridan qayta talqin qilinib, har bir komponentda ichki bilish va kasbiy motivlarning yetakchi vazifasini ochib berish hamda kasbiy qiziqish, tahliliy fikrlash, pedagogik vaziyatda asosli qaror qabul qilish va o‘z bilish faoliyatini refleksiv baholash ko‘rsatkichlarini boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun motivatsion, kognitiv, jarayonli va refleksiv mezonlarga moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari talabaga o‘quv mazmunining kasbiy ahamiyatini anglatish, uning avtonomiyasi va ichki bilish motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, muammoli-izlanishli va hamkorlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish, raqamli ta’lim resurslari va rivojlantiruvchi qayta aloqani yagona didaktik jarayonga birlashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar kognitiv kompetentligini rivojlantirish modeli motivatsion-maqsadli, metodologik-nazariy, mazmunli-amaliy, protsessual-faoliyatli, tashkiliy-pedagogik, metodik vositalar va diagnostik-natijaviy bloklarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, motivatsion-diagnostik, maqsadli-faollashtiruvchi, faoliyatli-tahliliy va refleksiv-baholovchi bosqichlarni izchil tashkil etish hamda diagnostik qayta aloqani ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish metodikasi pedagogik keyslar, muammoli-izlanishli topshiriqlar, mikrodarslar, loyihaviy faoliyat, “Trigger” va “kognitiv konflikt” metodlari, refleksiv kundalik, portfolio va rivojlantiruvchi qayta aloqani birgalikda qo‘llash orqali talabalarda bilishga qiziqish, metakognitiv nazorat, mustaqil tahlil va amaliy-metodik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilar kognitiv kompetentligining motivatsion-qadriyatli, bilishga doir, jarayonli-faoliyatli va refleksiv-baholovchi komponentlari mazmuni motivatsion yondashuv nuqtai nazaridan qayta talqin qilinib, har bir komponentda ichki bilish va kasbiy motivlarning yetakchi vazifasini ochib berish hamda kasbiy qiziqish, tahliliy fikrlash, pedagogik vaziyatda asosli qaror qabul qilish va o‘z bilish faoliyatini refleksiv baholash ko‘rsatkichlarini boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun motivatsion, kognitiv, jarayonli va refleksiv mezonlarga moslashtirish asosida aniqlashtirishga oid ilmiy xulosalar “Boshlang‘ich sinf darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i bilan berilgan
№218809-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari talabaga o‘quv mazmunining kasbiy ahamiyatini anglatish, uning avtonomiyasi va ichki bilish motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, muammoli-izlanishli va hamkorlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish, raqamli ta’lim resurslari va rivojlantiruvchi qayta aloqani yagona didaktik jarayonga birlashtirish orqali takomillashtirilgan hamda bo‘lajak o‘qituvchilar kognitiv kompetentligini rivojlantirish modeli motivatsion-maqsadli, metodologik-nazariy, mazmunli-amaliy, protsessual-faoliyatli, tashkiliy-pedagogik, metodik vositalar va diagnostik-natijaviy bloklarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, motivatsion-diagnostik, maqsadli-faollashtiruvchi, faoliyatli-tahliliy va refleksiv-baholovchi bosqichlarni izchil tashkil etish hamda diagnostik qayta aloqani ta’minlash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Boshlang‘ich sinf darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 9-iyuldagi
258-sonli buyrug‘i bilan berilgan №218809-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish jarayonining maqsad, mazmun, metod, vosita va natija o‘rtasidagi didaktik izchilligi ta’minlangan;
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish metodikasi pedagogik keyslar, muammoli-izlanishli topshiriqlar, mikrodarslar, loyihaviy faoliyat, “Trigger” va “kognitiv konflikt” metodlari, refleksiv kundalik, portfolio va rivojlantiruvchi qayta aloqani birgalikda qo‘llash orqali talabalarda bilishga qiziqish, metakognitiv nazorat, mustaqil tahlil va amaliy-metodik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga doir ilmiy takliflardan “Boshlang‘ich sinf darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil
9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i bilan berilgan №218809-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning amaliy-metodik jihatini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001447. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.