Isayeva Gulnora Abdukadirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i)
- “Ikkinchi jahon urushi mavzusining oʻzbek va rus adabiyotida badiiy talqini (Yu.Bondarev va Shuhrat romanlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan
- B2022.3.PhD/Fil2760.
- Ilmiy rahbar
- Axmedova Shoira Ne’matovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Buxoro davlat universiteti
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami
- Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
- Rasmiy opponentlar
- Jo‘rayeva Malohat Muxammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
- Yetakchi tashkilot
- Jizzax davlat universiteti.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
Yu.V.Bondarevning “Qaynoq qor” va Shuhratning “Shinelli yillar” romanlarini qiyosiy tahlil qilish asosida o‘zbek va rus nasrida Ikkinchi jahon urushi badiiy talqinining tipologik mushtarakliklari va milliy o‘ziga xosligini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
ikki milliy an’ana o‘rtasidagi mushtaraklikning tipologik tabiatini belgilash uchun, eng avvalo, hujjatlashtirilgan manbalar, vositachi mavjudligi, xronologik ustunlik va o‘zlashtirishning matndagi izlarini o‘z ichiga oluvchi to‘rt qismli model asosida aloqadorlikni tasdiqlashni talab etishi, bunda tashqi va ichki dalillarning yo‘qligi kuzatilgan o‘xshashlikni tarixiy-tipologik o‘xshashliklar darajasiga o‘tkazishi, qabul qilinuvchi adabiyotda avvaldan mavjud bo‘lmagan janr shakllarining yuzaga kelishi o‘zlashtirish uchun zarur muhitning yo‘qligi sababli ushbu jarayonni o‘zlashtirishni istisno qilishi asoslangan;
urush mavzusidagi romanda shaxsning badiiy talqini boshlang‘ich holati, qo‘rquv orqali sinovdan o‘tkazish (initsiatsiya), mas’uliyat va yo‘qotish sinovlari hamda yangi sifatning mustahkamlanishini qamrab oluvchi izomorf bosqichli invariant asosida amalga oshirilishi, milliy o‘ziga xoslikning bosqichlar tarkibi bilan emas, balki harbiy unvonlar va geografik chiziqlar yordamida yuzaga keladigan tashqi chegaralanish bosh qahramonning o‘limga hamda o‘zgalar aybiga bo‘lgan munosabatining o‘zgarishi sabab amalga oshadigan ichki chegaralanishga qarama-qarshi qo‘yilishi bilan aniqlanishi isbotlangan;
ichki hukmning axloqiy instansiyasi (bosqichi) autoreferent, delegatsiyalangan va eliminatsiyalangan tiplardan iborat uch tarkibli tuzilishga ega ekanligi, shuningdek, ayol personajning front jamoasiga qo‘shilishi erkak personajlarda uchramaydigan tashabbuskorlik mexanizmi orqali boshqarilishi, ushbu mexanizm o‘zaro qarama-qarshi faoliyatga asoslangan va retseptiv variantlarda ro‘yobga chiqishi aniqlanib, mazkur belgilar bayon uslublarini qarama-qarshi qo‘yishga nisbatan aniqroq differentsiatsiyalash (farqlash) tizimini tashkil etishi dalillangan;
fabula vaqti ko‘lami urush romanining muayyan tizim hosil qiluvchi determinanti bo‘lib, sinovlar qatori tuzilishini, personajlar tizimining struktur harakatchanligini, dushman obrazining individuallashtirilish darajasini namoyon etishi, badiiyatning leksik, kompozitsion va nutqiy sathlari ko‘rsatkichlarini belgilashi tanatologik leksik uyalar nisbati va personaj replikasining o‘rtacha uzunligiga oid miqdoriy ma’lumotlar bilan tasdiqlanishi, ushbu ko‘rsatkichlar dushmanni individuallashtirishning muallif g‘oyaviy yo‘nalishiga teskari, tasvirlanayotgan vaqt davomiyligiga esa bevosita bog‘liqligini ko‘rsatishi aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbek va rus adabiyotida Ikkinchi jahon urushi mavzusining badiiy talqinini tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Shuhratning “Shinelli yillar” va Yu. Bondarevning “Issiq qor” romanlari poetikasi, narratologiyasi va obrazlar tizimiga oid nazariy xulosalar, har ikki adabiy an’anada urush mavzusini badiiy o‘zlashtirish usullarini belgilovchi urush romani diskursining to‘rtta asosiy axloqiy-psixologik, realistik-hujjatli, g‘oyaviy-mifopoetik va polifonik-eksperimental yozuvchilik strategiyalari haqidagi qarashlardan 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli elektron platformasini yaratish (o‘zbek, rus va ingliz tillarida)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-dekabrdagi 04/1-6368-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matn tahlilining metodik modeli hamda qisqa tushuntirishlar, qiyosiy izohlar va bibliografik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ilmiy-axborot bloklari platformani yanada kengaytirish va muntazam yangilab borish uchun mazmuniy asosi bo‘lib xizmat qilgan;
urush nasrida xotirani murakkab psixologik kompensator tizim sifatida talqin etish, bunda proyeksiya, o‘rnini bosish va siqib chiqarish ruhiy jarohat tajribasini qayta ishlash usullari, ota va o‘g‘il o‘rnini bosish munosabatlari esa urush davrining g‘ayriinsoniy sharoitida hissiy aloqalarni saqlashning universal modeli sifatida qaralishi, shuningdek, dushman obrazini tahlil qilishning nomlashlar xaritasi, nutq rejimlarining pragmasemantikasi va masofaning xronotopik belgilarini qamrab oluvchi uch tarkibli metodikasi qo‘llanilishi, ushbu metodika orqali dushman tasvirining demonizatsiyadan cheklangan insoniylashtirishgacha bo‘lgan evolyutsiyasi kuzatilishiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan 2022–2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish dasturiy vositasi, o‘zbek tili morfoleksikoni va morfologik analizatorini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 8-yanvardagi 04/1-117-son ma’lumotnomasi). Natijada urush romanlarining badiiy zamon va makon, ichki monolog va kechinmalar dinamikasi kabi psixologik tasvir usullari, obrazlar tizimi va ularning nutqiy xususiyatlari, «xotira – yo‘qotish – jasorat» ma’noviy zanjirining poetik vazifasi, matndagi emotsional-ekspressiv vositalarning o‘rni hamda milliy qadriyatlar va mentalitetning badiiy ifodasiga oid xulosalar boyitilgan;
tadqiqotning ilmiy natijalaridan “Buxoro” telekanalining 2024-yil 3-yanvar va 16-fevral kunlari efirga uzatilgan “Menga so‘z bering”, “Assalom Buxoro” va “Sakkizinchi mo‘jiza” teleko‘rsatuvlarida, 2024-yil 1- va 2-aprel kunlari efirga uzatilgan “Asrlarning asraganlari” teleko‘rsatuvlarida, “Buxoro” radiokanalining “Muloqot va munozara” hamda “Qadriyatlar Qadim beshigi” radioeshittirishlarida foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 9-apreldagi 01-09/220-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001467. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.