← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

NURIYEVA UMIDA BURIBAYEVNANING PEDAGOGIKA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASI HIMOYASI HAQIDA E’LON MATNI

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Forsayt texnologiyasi orqali ta’lim muassasasi rahbar xodimlarning ma’naviy qiyofasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2025.2.PhD/Ped10588
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni
Baybayeva Muxayyo Xudoyberganovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar
Shodiyeva Matluba Jo‘rayevna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Hamdamova Mahzuna Tursunovna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot
Chirchiq davlat pedagogika universiteti.

Tadqiqotning maqsadi

forsayt texnologiyasi orqali ta’lim muassasasi rahbar xodimlarning ma’naviy qiyofasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

ta’lim menejmenti sharoitida umumta’lim muassasasi rahbari ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-pedagogik omillar rahbarning aksiologik qadriyatlari, kasbiy mas’uliyati, boshqaruv madaniyati, pedagogik jamoa bilan hamkorligi, ijtimoiy-psixologik muhit hamda strategik liderlik omillarining o‘zaro integratsiyasi hamda ularning ierarxik ustuvorligini belgilash — rahbarning shaxsiy namunasi, jamoadagi o‘zaro ishonch darajasi va uzluksiz kasbiy rivojlanishni tizim hosil qiluvchi o‘zak omillar sifatida ajratish asosida aniqlashtirilgan;

forsayt texnologiyasining horizon scanning, scenario building, backcasting va Delphi metodlarini ta’lim menejmentiga moslashtirish asosida rahbarning ma’naviy va strategik salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan konseptual model aksiologik poydevor, forsayt instrumentlari, boshqaruv yo‘nalishlari, rivojlanish sikli hamda natijadorlik komponentlarining uzviy integratsiyasini ta’minlash va “antisipativ rahbar” qiyofasini maqsadli yo‘naltiruvchi o‘zak sifatida belgilash asosida takomillashtirilgan;

forsayt texnologiyasi asosida umumta’lim muassasasi rahbarining ma’naviy qiyofasini rivojlantirish mexanizmi boshqaruv subyektlarining forsayt salohiyatini baholovchi diagnostika, rivojlanish ssenariylarini aniqlovchi prognozlashtirish, strategik “yo‘l xaritasi”ni loyihalovchi shakllantirish, natijalarni boshqaruv tizimiga uyg‘unlashtiruvchi integratsiyalashuv, samaradorlik ko‘rsatkichlarini kuzatuvchi monitoring va o‘z vaqtida tuzatishlarni kirituvchi korreksiya bosqichlarining uzviy va rekursiv bog‘liqligini ta’minlash hamda monitoring natijalarini yangi diagnostika siklining kirish parametriga aylantirish orqali mexanizmga o‘z-o‘zini tuzatuvchi ochiq tizim xususiyatini berish asosida takomillashtirilgan;

umumta’lim muassasalari rahbarlarining ma’naviy qiyofasi rivojlanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi “Forsayt asosidagi ma’naviy liderlik matritsasi” konseptual model mazmuniy o‘zaklarining har biriga mos aksiologik, psixologik-boshqaruv, strategik forsayt, ijtimoiy-hamkorlik va innovatsion boshqaruv mezonlarini belgilash, har bir mezonni to‘rttadan kuzatiladigan indikatorga (jami yigirmata) ajratish, indikatorlarni besh darajali shkala bo‘yicha baholab, integral ko‘rsatkich (20–100 ball) asosida rahbarning ma’naviy qiyofasini qoniqarsiz, past, o‘rta, yetarli va yuqori darajalarga ajratish hamda matritsani mexanizmning diagnostika va monitoring bosqichlarida qo‘llash asosida ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Forsayt texnologiyasi orqali ta’lim muassasasi rahbar xodimlarning ma’naviy qiyofasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ta’lim menejmenti sharoitida umumta’lim muassasasi rahbari ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-pedagogik omillar aniqlashtirilib, rahbarning aksiologik qadriyatlari, kasbiy mas’uliyati, boshqaruv madaniyati, pedagogik jamoa bilan hamkorligi, ijtimoiy-psixologik muhit hamda strategik liderlik omillarining o‘zaro integratsiyasiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 31-iyuldagi 03-34-3822-son ma’lumotnomasi). Natijada menejerlik o‘quv kurslari mazmuni takomillashtirilib, o‘quv-metodik ta’minoti yaxshilandi;

forsayt texnologiyasining horizon scanning, scenario building, backcasting va Delphi metodlarini ta’lim menejmentiga moslashtirish asosida rahbarning ma’naviy va strategik salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan konseptual modelni takomillashtirishga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar “Ta’lim menejmenti” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 31-iyuldagi 03-34-3822-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalari rahbarlarini tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida forsayt texnologiyasiga asoslangan boshqaruv yondashuvlarini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirildi, rahbarlarning ma’naviy yetakchiligi va strategik boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minoti takomillashtirildi;

umumta’lim muassasasi rahbarining ma’naviy qiyofasini forsayt texnologiyasi asosida rivojlantirish mexanizmini diagnostika, prognozlash, shakllantirish, integratsiya, monitoring va korreksiya bosqichlarining uzviy-rekursiv bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir ilmiy-metodik takliflardan “Smart-ED” qo‘shma loyihasi doirasida UNICEF bilan hamkorlikda “Ta’lim natijalarini baholashning Milliy modeli”ni ishlab chiqish loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 31-iyuldagi 03-34-3822-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim muassasalarida rahbarlarning ma’naviy yetakchiligi va strategik boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim sifati monitoringining samaradorligini oshirishga erishildi;

umumta’lim muassasalari rahbarlarining ma’naviy qiyofasi rivojlanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi “Forsayt asosidagi ma’naviy liderlik matritsasi” ishlab chiqilib, aksiologik, psixologik-boshqaruv, strategik forsayt, ijtimoiy-hamkorlik, innovatsion boshqaruv mezonlari va amaliy tavsiyalar “Foresayt texnologiyasi asosida ta’lim muassasasi rahbarlari ma’naviy qiyofasining rivojlanishi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 31-iyuldagi 03-34-3822-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbarlarning ma’naviy qiyofasi rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari va indikatorlari aniqlashtirilib, pedagogik tizim takomillashtirildi.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001487. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.