← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Muratova Aziza Kamilovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Alisher Navoiy ijodida Yusuf (a.s.) siymosining badiiy talqini”, 10.00.02 – O‘zbek mumtoz adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2024.4.PhD/Fil5242
Ilmiy rahbar
Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01
Rasmiy opponentlar
Shodmonov Nafas Namozovich filologiya fanlari doktori, professor; Jumayeva Dilnoza Tursunpo‘latovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot
O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik

Tadqiqotning maqsadi

Alisher Navoiy ijodida Yusuf (a.s.) obrazi ifodalagan mohiyatni ma’rifiy g‘oya va mazmun, irfoniy talqin, ramziy-majoziy ifoda va liro-epik tavsiflar orqali ilmiy asoslab berishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

Sharq mumtoz adabiyotida Yusuf (a.s.) obrazining genezisi va tadrijiy takomili muqaddas manbalar, tafsirlar, qisas ul-anbiyo rivoyatlari, irfoniy talqin va badiiy timsol bosqichlari asosida yaxlit tizim sifatida tasniflangan;

fors-tojik va turkiy adabiyotlarda Yusuf (a.s.) obrazining badiiy evolyutsiyasi qiyosiy-tarixiy jihatdan tadqiq etilib, Qur’oni karimda “ahsan ul-qisas” deb ulugʻlangan qissaning tarixiy, ishqiy va tasavvufiy talqinlar orqali bosqichma-bosqich badiiy timsolga aylangani hamda bu talqinlar oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik dalillangan;

Yusuf (a.s.) obrazining Alisher Navoiy ijodida an’anaviy obraz darajasiga koʻtarilish jarayoni va komil inson konsepsiyasi bilan bogʻliqligi dalillanib, shoirning tarixiy-nasriy asarlari, dostonlari va lirikasida obrazning badiiy ifoda xususiyatlari, ijodkor ruhiyati va estetik idealni ifodalashdagi oʻrni ochib berilgan;

“Xazoyin ul-maoniy”da Yusuf (a.s.) timsoli nafaqat ism orqali, balki choh, koʻylak, bayt ul-ahzon, zindon, tush, boʻri va kaloba ip kabi qissa detallari bilan birga yaxlit ramziy tizim hosil qilishi koʻrsatilib, devonlar tartibida ismning bevosita qoʻllanishi kamayib (14-13-8-7), ramziy ishoralarning umumiy hisobda ortib borishi (6-3-6-10) “tadrijiy ramzlanish” hodisasi sifatida asoslangan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy ijodida qo‘llangan Yusuf (a.s.) obrazining tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Sharq mumtoz adabiyotida Yusuf (a.s.) obrazining genezisi va tadrijiy takomili muqaddas manbalar, tafsirlar, qisas ul-anbiyo rivoyatlari, irfoniy talqin va badiiy timsol bosqichlari asosida yaxlit tizim sifatida tasniflangani, “ahsan ul-qisas” deb ulug‘langan qissaning fors-tojik va turkiy adabiyotda tarixiy, ishqiy va irfoniy talqinlar orqali bosqichma-bosqich badiiy timsolga aylangani hamda “Xazoyin ul-maoniy”da Yusuf (a.s.) obrazi choh, ko‘ylak, bayt ul-ahzon, zindon, tush, bo‘ri va kaloba ip kabi qissa detallari bilan birga yaxlit ramziy tizim hosil qilishi va devonlar tartibida “tadrijiy ramzlanish” hodisasi kuzatilishi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 23-oktyabrdagi 01/4-5207-son ma’lumotnomasi). Natijada platformaning mumtoz adabiyot bo‘limida an’anaviy obrazlarning kelib chiqishi, ularning fors-tojik va turkiy adabiyotdagi takomili va Alisher Navoiy lirikasidagi ramziy tizimi haqidagi ma’lumotlar boyitilgan;

Yusuf (a.s.) obrazining Alisher Navoiy ijodida an’anaviy obraz darajasiga koʻtarilish jarayoni hamda uning komil inson konsepsiyasi bilan bogʻliqligini ilmiy jihatdan asoslash, Alisher Navoiy asarlarida Yusuf (a.s.) obrazining lirik hamda epik janrlardagi badiiy ifoda xususiyatlarini tizimli ravishda tahlil qilish, uning ijodkor ruhiyati va estetik idealni ifodalashdagi oʻrniga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023 – 2024-yillarga mo‘ljallangan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida) nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2026-yil 18-iyuldagi 01/4-3383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xulosalar badiiy matnlar korpusini shakllantirishda nazariy va amaliy asos sifatida qo‘llanilgan;

fors-tojik va turkiy adabiyotda Yusuf (a.s.) obrazining badiiy evolyutsiyasi qiyosiy-tarixiy jihatdan tadqiq etilib, ushbu timsolning tarixiy, ishqiy hamda tasavvufiy talqinlari oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik asoslangani hamda mazkur obrazning Alisher Navoiy ijodida an’anaviy timsol darajasiga koʻtarilishi va komil inson konsepsiyasi bilan aloqadorligi xususidagi izlanishlar, dissertatsiya natijalaridan 2026-yil 3-fevralda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali – Toshkent tarixi muzeyida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiyni anglash – o‘zlikni anglash demakdir” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda hamda 9-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o‘tkazilgan “Navoiy va Sharq renessansi” mavzusidagi V an’anaviy xalqaro simpozium materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2026-yil 16-iyuldagi 01-03/336-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mutafakkir adabiy merosidagi an’anaviy obrazlar tizimining badiiy evolyutsiyasi, falsafiy mohiyati va ramziy-majoziy xususiyatlari nazariy va amaliy jihatlari anjuman ishtirokchilariga ochib berilgan.

Alisher Navoiy asarlarida Yusuf (a.s.) obrazining lirik va epik janrlardagi badiiy ifoda xususiyatlari hamda komil inson konsepsiyasi doirasidagi an’anaviy talqinlariga oid ilmiy xulosalar “Yoshlar” telekanalida tayyorlanib, efirga uzatilgan “Yangi kun”, “Yoshlar oqshomi” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” ijodiy birlashmasi 2026-yil 11-sentyabrdagi 14-01-193-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teledastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001506. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.