← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Ibadullayeva Nigora Egamberganovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida eʼlon

Umumiy maʼlumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi)
“Boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilarining badiiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Qalamtasvir fani misolida)”, 13.00.02 -Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy sanʼat).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam
B2023.4.PhD/Ped6376
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi
Ismailova Shamsiya Kurultayevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami
Urganch davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.12.01
Rasmiy opponentlar
pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD),professor Sultanov Xaytboy Eraliyevich.
Yetakchi tashkilot
Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yoʻnalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilarining badiiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

“Badiiy-ijodiy kompetensiya” tushunchasining tasviriy sanʼat taʼlimi kontekstidagi ilmiy-pedagogik mohiyati ochib berilgan; uning tarkibiy qismlari-funksional jihatlari (ijodiy kompozitsiya tuzish, tasvirlash usullari va vositalari, konstruksiyalash, loyihalash) va komponentlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv-baholash) oʻzaro uzviy bogʻliq yagona tizim sifatida aniqlashtirilgan;

boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilarining badiiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi psixologik-pedagogik shartlar majmuasi (motivatsion muhit,stressiz muhit, individual yondashuv, ijodiy muhitini yaratish, zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan mashgʻulotlar) ilmiy asoslangan holda aniqlangan hamda shu shart-sharoitlarga tayangan maqsad, asosiy blok, mazmuniy-metodik blok,funksional blok va natija-baholash bloklaridan iborat tarkibiy-funksional model ishlab chiqilgan va uning pedagogik jarayonga tatbiqi (mobil ilovalar, badiiy-ijodiy topshiriqlarni majmuaviy qoʻllash) orqali takomillashtirilgan;

boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilarining badiiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarga asoslangan bosqichma-bosqich metodika ishlab chiqilgan; amaliy faoliyatni tashkil etish va pedagogik tajribani tahlil qilish asosida ilmiy taklif, tavsiyalar hamda oʻqitishning metodik taʼminoti yaratilgan;

ishlab chiqilgan metodika tajriba-sinov ishlari jarayonida amaliyotga tatbiq etilgan; tasviriy sanʼatni oʻqitishda ijodkorlik faoliyatining oʻsishi, virtual muhitda tasviriy sanʼat vositalarini vizual va hissiy idrok etishni taʼminlovchi oʻrgatuvchi mobil ilovalar (“ArtVision 3D”,“Tasviriy sanʼatdan illyustrativ lugʻat”)ni motivatsion muhitda qoʻllash natijadorligi dinamik baholangan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilarining badiiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilari badiiy-ijodiy faoliyati tuzilmasining funksional jihatlari (ijodiy kompozitsiya tuzish, tasvirlash usullari va vositalari, konstruksiyalash, loyihalash) hamda badiiy-ijodiy kompetensiya komponentlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv-baholovchi) mazmunini takomillashtirishga, shuningdek, ushbu kompetensiyalarning rivojlanganlik darajasini nazorat qilish va baholashga oid takliflar “Qalamtasvir” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universiteti rektorining 2023-yil 26-oktabrdagi 158-sonli buyrugʻiga asosan berilgan 48-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Qalamtasvir” fanini oʻqitish orqali talabalarning badiiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;

boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilarining badiiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning tarkibiy-funksional modeli asosida ishlab chiqilgan takliflar 60111200-Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi taʼlim yoʻnalishi uchun yaratilgan “Qalamtasvir” nomli oʻquv qoʻllanma orqali amaliyotga joriy etilgan (Urganch davlat universiteti rektorining 2023-yil 26-oktabrdagi 158-sonli buyrugʻiga asosan berilgan 48-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari hamda modelning tarkibiy bloklari (maqsadli, asosiy, mazmuniy-metodik, funksional va natija-baholovchi bloklar) tizimli ravishda aniqlashtirilgan;

boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilarining badiiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlariga oid takliflar “Qalamtasvir” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universiteti rektorining 2023-yil 26-oktabrdagi 158-sonli buyrugʻiga asosan berilgan 48-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada mazkur didaktik imkoniyatlar asosida innovatsion taʼlim texnologiyalarini qoʻllash orqali oʻqitishning metodik taʼminoti ishlab chiqilgan hamda badiiy-ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonining intensivligi va samaradorligi taʼminlangan;

tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilarining badiiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik takliflardan foydalanilgan hamda ular Urganch davlat pedagogika instituti, Buxoro davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat universitetida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan (tegishli oʻquv muassasalarining dalolatnomalari). Natijada ishlab chiqilgan metodikaning boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilarini tayyorlash jarayonidagi samaradorligi isbotlangan. Shuningdek, metodikani amaliyotga joriy etish boʻyicha ilmiy-metodik tavsiyalar umumlashtirilib, takomillashtirilgan holda qoʻllanilgan, bu esa natijadorlikni oshirishga xizmat qilgan (Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 24-iyundagi 11-05-3792/04-sonli maʼlumotnomasi).

Manba: oak.uz — eʼlon №1001527. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.