Kudratov Maruf Rustamovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlar sharoitida arpaning sug‘orish tartibini tuproqning meliorativ rejimiga ta’sirini baholash”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
- Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2026.1.PhD/Qx1875
- Ilmiy rahbar
- Jo‘rayev Umid Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
- Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi
- Buxoro davlat texnika universiteti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
- Rasmiy opponentlar
- Avliyakulov Mirzoolim Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
- Yetakchi tashkilot
- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
- Dissertasiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, o‘rta qumoq, o‘rtacha darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida arpaning “Novosadski 565” navining maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqish va uni tuproqning meliorativ rejimiga ta’sirini aniqlash hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
ilk bor Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, o‘rta qumoq va o‘rtacha darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kuzgi arpaning “Novosadski 565” navini sug‘orish oldi tuproq namligini CHDNSga nisbatan 70-80-65 % da ushlab turib, mavsum davomida 1-3-1 tizimda 5 marta 486,0-927,0 m3/ga sug‘orish meyorlari va 3027,0 m3/ga mavsumiy sug‘orish meyorida parvarishlash maqbulligi ilmiy asoslangan;
sho‘rlangan tuproqlarda kuzgi arpani maqbul sug‘orish tartibida tuproqning haydov 0-40 sm qatlamida xlor ioni miqdori 0,024 % , haydov osti qatlamida 0,023 % ga va 1 metrlik qatlamida 0,024 % ga teng bo‘lib, nazorat variantiga nisbatan 0,003-0,004 % ga kam bo‘lishi ta’minlagan;
sho‘rlangan tuproqlarda kuzgi arpani maqbul sug‘orish tartibida yetishtirilganda umumiy suv istyemoli 5220 m3/ga teng bo‘lib, uning 58% ni sug‘orishga sarflangan suvi, 4 % ni sizot suvlaridan foydalangan suvlar, 28 % ni atmosfera yog‘inlari va tuproqdagi namlik zaxirasidan foydalanish 11,0 % ni tashkil etib, 1 m3 sug‘orish suvi hisobiga yetishtirilgan don hosili 2199,9 g ni tashkil qilgan;
kuzgi arpani sug‘orish oldi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70-80-65 % da ushlab turib sug‘orishlar tuproqda nisbatan yaxshi meliorativ rejimni ta’minlab, kuzgi arpadan 66,6 ts/ga don hosili olinishi xamda yuqori 61,9 % rentabellikka erishilishi aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, o‘rtacha darajada sho‘rlangan, o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida arpaning sug‘orish tartibini tuproqning meliorativ rejimiga ta’sirini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
kuzgi arpaning “Novosadski 565” navini maqbul sug‘orish tartibi bo‘yicha “Sho‘rlangan tuproqlarda arpaning “Novosadski 565” navini sug‘orish tartibi bo‘yicha” tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 13 sentyabrdagi 04/20-4889-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma sho‘rlangan tuproqlarda faoliyat yuritayotgan agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari hamda suv xo‘jaligi xodimlari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sug‘orish texnologiyasini tuproqning meliorativ rejimi asosida kuzgi arpaning “Novosadski 565” navini sug‘orish oldi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70-80-65 % da ushlab turib, 1-3-1 tizimda, tuplashgacha 0-40 sm, keying davrlarda 0-70 sm qatlamlarda yetishmagan namlik asosida sug‘orish bo‘yicha tajriba natijalari Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi fermer xo‘jaliklarida jami 23 ga maydonda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 13 sentyabrdagi 04/20-4889-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha darajada sho‘rlangan, o‘rta qumoq tuproqlar sharoitida kuzgi arpani 525-912 m3/ga sug‘orish meyorlarida va 3121 m3/ga mavsumiy sug‘orish meyori bilan sug‘orish natijasida arpadan 62,2 ts/ga hosil olish imkoniyati yaratilgan;
kuzgi arpaning “Novosadski 565” navini sug‘orish oldi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70-80-65 % da ushlab turib sug‘orishlar hamda azot 250, fosfor 180 va kaliy 90 kg/ga meyorlarda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish Buxoro viloyatining Vobkent tumani fermer xo‘jaliklarida 32 ga, Buxoro tumani fermer xo‘jaliklarida 97 ga, jami 129 ga maydonlarda joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 13 sentyabrdagi 04/20-4889-son ma’lumotnomasi). Natijada, 20 % gacha suv resurslari tejalishiga erishilib, kuzgi arpadan 15,5-23,0 ts/ga qo‘shimcha hosil olingan hamda sof foyda 7 406 000 so‘m/ga va rentabellik 57,3 % ni tashkil etgan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001550. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.