Kabilov Xabibullo Nasrullayevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri rejissyorlik san’ati (1991-2025-yillar)” – 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2026.2.PhD/San461.
- Ilmiy rahbar
- Tajibayeva Oltinoy Qosimovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi
- O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD. 11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi ilmiy kengash.
- Rasmiy opponentlar
- San’atshunoslik fanlari doktori, professor Qodirova Sarvinoz Muhsinovna hamda san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent Sangirov Botir Yusupovich.
- Yetakchi tashkilot
- O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrining 1991–2025–yillardagi rejissyorlik san’ati jarayonlari, badiiy uslublarining roli va ahamiyati masalalarini an’analar va yangi tamoyillar kontekstida aniqlashdan iborat:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida rejissyorlik san’ati M.Muhamedov, A.Azimov, Z.Qobulov, Ye.Bobojonovlarning G‘.Zafariy, Xurshid, S.Abdulla, shuningdek, T.Jalilov, D.Zokirov, X.To‘xtasinovlar bilan ijodiy hamkorligi negizida shakllanib, realistik estetika va milliy badiiy an’ana doirasida dramaturgik matn, musiqa, vokal, raqsni birlashtiruvchi badiiy sintezdagi barqaror modelni vujudga keltirgani isbotlangan;
1950-yillardan ko‘p ovozli musiqaning kirib kelib, illyustrativ funksiyadan dramaturgik-semantik funksiyaga o‘tish bilan boshlangan davr sahnalashtirish amaliyotiga mavjud rejissyorlik an’analarini davom ettirishda ijodiy sintezga e’tiborni oshirib, kompozitor, dirijyor, baletmeyster, xormeyster hamkorligini kuchaytirish; partitur-kompozitsion tafakkur, shartli-ramziy ssenografiya, xoreografik plastika shuningdek, aktyorning vokal va dramatik ifodaviyligini uyg‘unlashtirish tizimida barqaror andoza shakllangani asoslangan;
Mustaqillikning ilk davridan musiqali drama rejissurasida materialni falsafiy-estetik idrok etishga asoslangan konsepsiyalar, teatr rejissyorlik an’analariga ijodiy yondoshuv namoyon bo‘lib, ramziy-majoziy modellar, original badiiy-uslubiy yechimlar va yangi ifoda vositalari o‘z aksini topganligi aniqlangan;
2000-yillar rejissurasida ijodiy diapazonni ijtimoiy-falsafiy va badiiy-g‘oyaviy mazmunini ochib berishga qaratilgan eksperimental shakllar hisobiga kengaytirish, badiiy gibridlashuv, janrlararo tuzilmalar integratsiyasi, shuningdek, milliy rejissyorlik amaliyotining jahon teatr san’atining dolzarb tendensiyalariga uyg‘unlashtirish harakatlari bilan birga kechganligi dalillangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Dissertatsiya mavzusi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri rejissyorlik san’ati M.Muhamedov, A.Azimov, Z.Qobulov, Ye.Bobojonovlarning G‘.Zafariy, Xurshid, S.Abdulla, shuningdek, T.Jalilov, D.Zokirov, X.To‘xtasinovlar bilan ijodiy hamkorligi negizida shakllanib, realistik estetika va milliy badiiy an’ana doirasida dramaturgik matn, musiqiy partitura, vokal, xoreografik plastikani birlashtiruvchi badiiy sintezdagi barqaror modelni vujudga keltirgani isbotlangani borasida olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri ijodiy jarayonlarni tahlil qilish va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 24-sentabrdagi 04-11-20-3281-son ma’lumotnomasi). Natijada teatrning tashkiliy masalalari, ijodiy jarayonlari repertuar siyosatini belgilashda ilmiy-amaliy munosabatlar ahamiyatini oshirishga muvaffaq bo‘lingan;
1950-yillardan ko‘p ovozli musiqaning kirib kelib, illyustrativ funksiyadan dramaturgik-semantik funksiyaga o‘tish bilan boshlangan davr sahnalashtirish amaliyotiga mavjud rejissyorlik an’analarini davom ettirishda ijodiy sintezga e’tiborni oshirib, kompozitor, dirijyor, baletmeyster, xormeyster hamkorligini kuchaytirish; partitur-kompozitsion tafakkur, shartli-ramziy ssenografiya, xoreografik plastika shuningdek, aktyorning vokal va dramatik ifodaviyligini uyg‘unlashtirish tizimida barqaror andoza shakllangani asoslanganini tasdiqlovchi ilmiy xulosalardan yosh rejissyorlar uchun davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasining “Nigoh” ijodiy loyihasiga berilgan 1-oktabr 2026-yil №01-01-123-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teatr rejissurasining uslubiy asoslari, an’analar mazmun-mohiyatini yosh ijodkorlar orasida keng targ‘ib etishga erishilgan;
Mustaqillikning ilk davridan musiqali drama rejissurasida materialni falsafiy-estetik idrok etishga asoslangan konsepsiyalar, teatr rejissyorlik an’analariga ijodiy yondoshuv namoyon bo‘lib, ramziy-majoziy modellar, original badiiy-uslubiy yechimlar va yangi ifoda vositalari o‘z aksini topganligi aniqlangan ilmiy-nazariy xulosalardan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatr ijodiy faoliyatini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasining “Nigoh” ijodiy loyihasiga berilgan 1-oktabr 2026-yil №01-01-123-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kun teatr rejissurasidagi yoshlar ijodini baholash va ustuvor vazifalarni belgilashga erishilgan;
2000-yillar rejissurasida ijodiy diapazonni ijtimoiy-falsafiy va badiiy-g‘oyaviy mazmunini ochib berishga qaratilgan eksperimental shakllar hisobiga kengaytirish, badiiy gibridlashuv, janrlararo tuzilmalar integratsiyasi, shuningdek, milliy rejissyorlik amaliyotining jahon teatr san’atining dolzarb tendensiyalariga uyg‘unlashtirish harakatlari bilan birga kechganligi dalillangani haqidagi xulosalardan teatrlar repertuarini shakllantirishda, ijodiy hamkorlikni rivojlantirishda, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo‘lgan spektakllarni sahnalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 24-sentabrdagi 04-11-20-3281-son ma’lumotnomasi). Natijada, teatrlarda o‘zaro ijodiy hamkorlik ko‘nikmasini rag‘batlantirish, asar g‘oyasi va badiiyatining jamiyat estetik taraqqiyoti bilan mutanosibligini ta’minlashga xizmat qiladigan asarlar yaratishga erishilgan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001569. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.