Raximdjanova Nilufar Zaxidovna Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i)
- “Integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2025.3.PhD/Ped10953
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
- Ilmiy rahbar
- Maqsudova Gulnoz Olimovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
- Rasmiy opponentlar
- Xoliqov A’zam Abdusalomovich, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Doʻstboyeva Nargiza Turgʻunpoʻlatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
- Yetakchi tashkilot
- Jizzax davlat pedagogika universiteti.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
Integrativ yondashuv asosida nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini ingliz tilini o‘qitish jarayonida rivojlantirish metodikasini nazariy jihatdan asoslash, mashqlar tizimi va uni amalga oshirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
talabalarning kasbiy kompetentligini ingliz tili vositasida rivojlantirishning pedagogik-metodik xususiyatlari sohaviy mazmun bilan til vositalari va bilish harakatlarini kasbiy vazifa yechimida integratsiyalash jarayonida namoyon bo‘ladigan qiyinchiliklarning diagnostik belgilari orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi kasbiy maqsadga muvofiq sohaviy manbani anglash bilan nutqiy va amaliy harakatlarni kasbiy-kommunikativ mahsulot yaratishga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning integrativ mashqlar tizimini amalga oshirish texnologiyasi kasbiy muammoni faollashtirishdan kasbiy mahsulotni yaratish va mezonli baholash orqali refleksiv ko‘chirishgacha bo‘lgan bosqichlarda ta’lim shakllari va metodlari hamda vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi motivatsion-kasbiy, kognitiv-integrativ, lingvokommunikativ, amaliy-faoliyat va refleksiv-baholovchi mezonlar bo‘yicha kasbiy faoliyat natijalarini bosqichli baholash hamda refleksiv qayta aloqa asosida takomillashtirib borish orqali oshirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning kasbiy kompetentligini ingliz tili vositasida rivojlantirishning pedagogik-metodik xususiyatlari sohaviy mazmun bilan til vositalari va bilish harakatlarini kasbiy vazifa yechimida integratsiyalash jarayonida namoyon bo‘ladigan qiyinchiliklarning diagnostik belgilari asosida aniqlashtirilishiga oid tavsiyalar “Beekeeping basics” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2024 yil 27 dekabrdagi 1-9-6/530-sonli buyrug‘i). Natijada talabalarning sohaviy mazmunni ingliz tilida anglashdagi qiyinchiliklarini aniqlash hamda til vositalari va bilish harakatlarini kasbiy vazifa yechimiga muvofiq qo‘llash imkoniyati kengaygan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi kasbiy maqsadga muvofiq sohaviy manbani anglash bilan nutqiy va amaliy harakatlarni kasbiy-kommunikativ mahsulot yaratishga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida ishlab chiqilishiga oid takliflar “Pollination of plants with the help of honeybes” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2024 yil 27 dekabrdagi 1-9-6/530-sonli buyrug‘i). Natijada talabalarning sohaviy manbani bosqichma-bosqich qayta ishlash hamda olingan axborot asosida og‘zaki va yozma kasbiy-kommunikativ mahsulot yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning integrativ mashqlar tizimini amalga oshirish texnologiyasi kasbiy muammoni faollashtirishdan kasbiy mahsulotni yaratish va mezonli baholash orqali refleksiv ko‘chirishgacha bo‘lgan bosqichlarda ta’lim shakllari, metodlari va vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilishiga oid tavsiyalar “Honeybee biology” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyundagi 218-sonli buyrug‘i). Natijada ingliz tili mashg‘ulotlarida ta’lim shakllari, metodlari va vositalarini texnologik bosqichlarga muvofiq qo‘llash hamda kasbiy mahsulotni yaratish, mezonli baholash va yangi kasbiy vaziyatga ko‘chirish imkoniyati kengaygan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi motivatsion-kasbiy, kognitiv-integrativ, lingvokommunikativ, amaliy-faoliyat va refleksiv-baholovchi mezonlar bo‘yicha kasbiy faoliyat natijalarini bosqichli baholash hamda refleksiv qayta aloqa asosida takomillashtirib borish orqali oshirilishiga oid takliflar “Beekeeping basics” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2024 yil 27 dekabrdagi 1-9-6/530-sonli buyrug‘i). Natijada talabalar kasbiy kompetentligining rivojlanish dinamikasini besh mezon bo‘yicha xolis aniqlash hamda refleksiv qayta aloqa asosida individual kamchiliklarni bartaraf etish samaradorligi oshgan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001588. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.