Mirzaraxmedov Sanjar Shuxratovichning falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy maʼlumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri
- “Shahar yoʻlovchi transporti yo‘nalishini bashoratlash model va algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam
- B2026.1.PhD/T5626
- Ilmiy rahbar
- X.A.Primova texnika fanlari doktori, professor.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
- Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami
- Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
- Rasmiy opponentlar
- Urinbaev Erkin, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent. Safarova Lola Ulmasovna texnika fanlari doktori, dotsent
- Yetakchi tashkilot
- Toshkent Davlat transport universiteti.
- Dissertatsiya yoʻnalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
shahar yoʻlovchi transporti yoʻnalishini bashoratlash model va algoritmlari hamda shahar yoʻlovchi transporti tizimning logistik faoliyatini boshqarishning ilmiy asoslangan algoritmlari va tuzilmasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
shahar yoʻlovchi transport oqimlarini belgilangan manzillarga yetkazishning oʻziga xos xususiyatlari, transport tizimi uchun logistik boshqaruvni imitatsiya qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
moddiy oqimlar harakatini amalga oshirish jarayonlarini hudud va vaqt boʻyicha modellashtirish asosida bashoratlash modeli ishlab chiqilgan;
noravshan muhitda shahar yoʻlovchi transporti tizimining xususiyatlarini inobatga olgan holda transport masalasini yechish algoritmi ishlab chiqilgan;
shahar yoʻlovchi transporti logistik tizimlarining tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilmalari, parametrlari qiymatlarini noravshan geometrik dasturlash modeli ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Shahar yoʻlovchi transporti yo‘nalishini bashoratlash model va algoritmlarini ishlab chiqish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan noravshan geometrik optimallashtirish modeli va uning dasturiy majmuasi transport vositalari va shahar yoʻlovchi transporti boshqaruvini optimallashtirishda logistik funksiyalar, innovatsiyalar va konseptual yondoshuvlarni amalda joriy etishga xizmat qiladi. Ushbu matematik model va dasturiy majmua «BENTLEY electrobus trans» MChJga joriy qilindi (Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2025-yil 1-dekabrdagi 4/11957-son ma’lumotnomasi asosida). Buning natijasida «BENTLEY electrobus trans» MChJda qoʻllaniladigan mavjud algoritmlar bilan solishtirilganda, yangi ishlab chiqilgan algoritm shahar yoʻlovchi transporti samaradorligini o’rtacha 8%-9% ga oshirish imkoniyatini yaratdi;
shahar yoʻlovchi transporti logistik tizimlarining tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilmalari, shakllari va parametrlari qiymatlarini majmuaviy noravshan geometrik optimallashtirish modeli ishlab chiqildi va uning ishonchliligini baholash maqsadida amaliyotga joriy qilinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzildi. Ilmiy tadqiqot ishi doirasida yaratilgan dasturiy mahsulot “Avtosantransservis” MChJda amaliyotga tadbiq etildi (Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2025-yil 1-dekabrdagi 4/11957-son ma’lumotnomasi asosida). Mazkur ishlanmadan foydalanish natijasida yoʻlovchi transporti tizimining xususiyatlarini hisobga olgan holda transport masalasini yechish uchun mos keladigan ko‘rsatkich tanlovi 7%-8%ga oshgan;
taklif etilgan dasturiy majmua «Toshshahartransxizmat» Aksiyadorlik jamiyatida sinovdan oʻtkazilganda, (Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2025-yil 1-dekabrdagi 4/11957-son ma’lumotnomasi asosida) shahar yoʻlovchi transporti boshqaruvida sun’iy intellekt mexanizmlaridan foydalanish ekspluatatsiya qilish samaradorligini o’rtacha 5,5%-6,5%ga oshirish imkoniyatlarini bergan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001604. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.