← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Solyaxova Liliya Rashitovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i)
“Oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarini xorijiy til tayyorgarligi jarayonida kasbiy-shaxsiy rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01– Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam
B2026.2.PhD/Ped9864.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi
Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar
Nurmanov Abdinazar Tashbayevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.06.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar
Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot
Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining xorijiy til tayyorgarligi jarayonida kasbiy-shaxsiy rivojlanishi boʻyicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining “kasbiy-shaxsiy rivojlanishi” tushunchasining integrativ mohiyati xorijiy til tayyorgarligi sharoitlariga tatbiqan motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarni o‘z ichiga olgan tarkibiy-mazmuniy tuzilishi bilan o‘zaro bog‘liqlikda taqdim etilgan;

oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarning xorijiy til tayyorgarligi jarayonidagi kasbiy-shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan, ta’limning kasbiy yo‘naltirilgan mazmunini, interfaol va kommunikativ texnologiyalardan foydalanishni, kursantlarning refleksiv faoliyatini tashkil etishni hamda xorijiy til tayyorgarligiga motivatsion-qadriyatli munosabatni shakllantirishni o‘z ichiga olgan pedagogik shart-sharoitlar majmuasi ishlab chiqilgan;

oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarining xorijiy til tayyorgarligining xalqaro darajalar integratsiyasiga asoslangan, maqsadli, diagnostik, mazmuniy, texnologik va refleksiv-baholovchi komponentlarni qamrab oluvchi tarkibiy-funksional modeli taʼlimning lisoniy, kasbiy va shaxsiy tarkibiy qismlari birligini hamda boʻlajak ofitserlarning kasbiy-shaxsiy rivojlanishini taʼminlovchi pedagogik shart-sharoitlar majmuini amalga oshirish orqali takomillashtirilgan;

kursantlarining kasbiy-shaxsiy sifatlari shakllanganligining integrativ mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari tizimini o‘z ichiga olgan hamda xorijiy til tayyorgarligi jarayonida ularning kasbiy-shaxsiy rivojlanish dinamikasini kompleks miqdoriy va sifat jihatdan baholash imkonini beruvchi diagnostik vositalar majmuasi ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining xorijiy til tayyorgarligi jarayonida kasbiy-shaxsiy rivojlanishi boʻyicha tadqiqot natijalari asosida:

oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarining kasbiy-shaxsiy rivojlanishining integrativ mohiyatini aks ettiruvchi ilmiy-metodik qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va madaniyat departamentining harbiy xizmatchilar va kursantlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimiga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va madaniyat departamentining 2026-yil 13-fevraldagi 56/150-son maʼlumotnomasi). Tadqiqot natijalari va metodik tavsiyalardan kursantlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy hamda madaniy-dam olish ishlarida foydalanish ularning vatanparvarlik ongini, harbiy burchga sadoqatini, Vatanga xizmat qilishga tayyorligini mustahkamlash va kasbiy-shaxsiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga xizmat qilgan;

oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarining xorijiy til tayyorgarligi jarayonida kasbiy-shaxsiy rivojlanishini taʼminlovchi ishlab chiqilgan pedagogik shart-sharoitlar majmui Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 2026-yil 17-fevraldagi 38/5-26-son maʼlumotnomasi). Mazkur pedagogik shart-sharoitlar majmuini qoʻllash xorijiy til tayyorgarligining amaliy va kasbiy yoʻnaltirilganligini kuchaytirish, kursantlarda barqaror kasbiy motivatsiyani shakllantirish, ularning xalqaro harbiy hamkorlikka kommunikativ tayyorligini rivojlantirish hamda boʻlajak ofitserning shaxsiy sifatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;

oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarining kasbiy-shaxsiy rivojlanishiga yoʻnaltirilgan xorijiy til tayyorgarligining tarkibiy-funksional modeli Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Bosh shtabi fakultetida, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etilgan va aprobatsiyadan oʻtkazilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 10/2673-son maʼlumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi diagnostik mezonlar boʻyicha kursantlarning kasbiy-shaxsiy sifatlari shakllanganligida ijobiy dinamikaga erishishga xizmat qilgan;

oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarining xorijiy til tayyorgarligi jarayonida kasbiy-shaxsiy rivojlanishini baholashga moʻljallangan, kasbiy-shaxsiy sifatlarning shakllanganlik darajalarini aniqlashning integrativ mezonlari va koʻrsatkichlari tizimini qamrab olgan diagnostik vositalar Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Tillar kafedrasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Tillarni oʻrganish kafedrasi oʻquv-tarbiya jarayoniga pedagogik tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 10/2673-son maʼlumotnomasi). Diagnostik vositalardan foydalanish diagnostik mezonlar boʻyicha kursantlarning kasbiy-shaxsiy sifatlari shakllanganligida ijobiy dinamikani qayd etish imkonini bergan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001609. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.