Imomova Madina Botirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi)
- “Odam va uning salomatligi” bo‘limini o‘qitishda interfaol metodlar vositasida o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2026.3.PhD/Ped11302
- Ilmiy rahbar
- Mardonov Shukurullo Quldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi
- Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01.
- Rasmiy opponentlar
- Abdullayeva Ozoda Sayfibullayevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bekmirzayev Mavlon Xudayarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
“Odam va uning salomatligi” bo‘limini o‘qitishda interfaol metodlar vositasida o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash metodikasini takomillashtirish va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
“Odam va uning salomatligi” bo‘limini o‘qitishda 8-sinf o‘quvchilarida shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash mazmuni ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va jismoniy faollikka oid bilimlarni o‘z xatti-harakatlarining salomatlikka ta’sirini anglash, mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda uni bajarishga yo‘naltirilgan interfaol topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
“Odam va uning salomatligi” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash metodikasi muammoli muhokama va jamoaviy loyiha topshiriqlarida har bir o‘quvchining individual vazifasi hamda javobgarligini belgilash, topshiriqlarni oila, maktab va jamoatchilik hamkorligida bajarish hamda natijalarni o‘zaro baholashning izchilligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
“Odam va uning salomatligi” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash modeli muammoli vaziyatni tahlil qilish, qarorni biologik bilimlar bilan asoslash va amaliy bajarish bosqichlarini o‘zaro bog‘lash hamda refleksiv baholash natijalariga muvofiq individual topshiriqlar murakkabligi va pedagogik ko‘mak darajasini qayta belgilovchi teskari aloqa mexanizmini jarayonli va natijaviy bloklarga kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash metodikasining samaradorligini baholash tizimi salomatlikka oid qarorning asoslanganligi, shaxsiy majburiyatlarni bajarishning mustaqilligi va izchilligi hamda o‘z xatti-harakatini tahlil qilib tuzatish ko‘rsatkichlarini vaziyatli topshiriqlar, pedagogik kuzatuv va o‘zini o‘zi baholash natijalari bilan o‘zaro tekshirish, ularni yuqori (mustaqil va izchil), o‘rta (qisman ko‘mak bilan) hamda quyi (muntazam ko‘mak bilan) darajalarda baholash va o‘zgarishlarni qiyoslash asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga nisbatan shaxsiy mas’uliyatini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
“Odam va uning salomatligi” bo‘limini o‘qitishda 8-sinf o‘quvchilarida shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash mazmunini ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va jismoniy faollikka oid bilimlarni o‘z xatti-harakatlarining salomatlikka ta’sirini anglash, mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda uni bajarishga yo‘naltirilgan interfaol topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan IL-662204257-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1–2-sinflari uchun «Tabiiy fanlar (Science)» fanidan multimedia dasturiy mahsulot yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 7-iyuldagi 02-09/1178-son ma’lumotnomasi). Natijada, multimedia dasturiy mahsulot mazmunini salomatlikni asrash va shaxsiy gigiyena qoidalariga mas’uliyat bilan rioya etishga yo‘naltirilgan interfaol topshiriqlar bilan boyitishga erishilgan;
“Odam va uning salomatligi” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash metodikasini muammoli muhokama va jamoaviy loyiha topshiriqlarida har bir o‘quvchining individual vazifasi hamda javobgarligini belgilash, topshiriqlarni oila, maktab va jamoatchilik hamkorligida bajarish hamda natijalarni o‘zaro baholashning izchilligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar kimyo, geografiya, biologiya va fizika ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktabrdagi 808190-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmaning metodik ta’minotini jamoaviy faoliyatda o‘quvchining individual mas’uliyatini belgilash va baholashga doir amaliy tavsiyalar bilan takomillashtirishga erishilgan;
“Odam va uning salomatligi” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash modelini muammoli vaziyatni tahlil qilish, qarorni biologik bilimlar bilan asoslash va amaliy bajarish bosqichlarini o‘zaro bog‘lash hamda refleksiv baholash natijalariga muvofiq individual topshiriqlar murakkabligi va pedagogik ko‘mak darajasini qayta belgilovchi teskari aloqa mexanizmini jarayonli va natijaviy bloklarga kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan I-OT-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 7-iyuldagi 02-09/1178-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarda topshiriqlar murakkabligi va pedagogik ko‘makni o‘quvchining faoliyat natijalariga moslashtirishning metodik asoslarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash metodikasining samaradorligini baholash tizimini salomatlikka oid qarorning asoslanganligi, shaxsiy majburiyatlarni bajarishning mustaqilligi va izchilligi hamda o‘z xatti-harakatini tahlil qilib tuzatish ko‘rsatkichlarini vaziyatli topshiriqlar, pedagogik kuzatuv va o‘zini o‘zi baholash natijalari orqali o‘zaro tekshirish, ularni yuqori (mustaqil va izchil), o‘rta (qisman ko‘mak bilan) hamda quyi (muntazam ko‘mak bilan) darajalarda aniqlash va o‘zgarishlarni qiyoslash asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari Jizzax, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari faoliyatiga tatbiq etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 12-avgustdagi 01/11-01/5-626-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatning namoyon bo‘lish darajasini yagona ko‘rsatkichlar asosida aniqlash hamda uning rivojlanish dinamikasini qiyosiy baholashga erishilgan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001631. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.