Zakirova Barno Baxromovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida eʼlon
Umumiy maʼlumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- Bilingv yozuvchilarning tarjimalaridagi leksik birliklarning xususiyatlari (o‘zbek va chet el yozuvchilarining asarlari misolida); 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2025.4.PhD/Fil6807
- Ilmiy rahbar
- Djumabayeva Jamila Sharipovna-Filologiya fanlari doktori (DSc), professor
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11
- Rasmiy opponentlar
- Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
- Yetakchi tashkilot
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
kognitiv tarjimashunoslik o‘zanida tarjima yechimlarini tahlil qilish asosida badiiy matnda ekvivalentga ega bo‘lmagan leksik birliklarni tarjima qilishning xususiyatlari va matnda namoyon bo‘lishini aniqlash, shuningdek, fanlararo yondashuvni nazariy jihatdan asoslash va tillararo o‘zaro ta’sirning matnli markerlarini talqin qilishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
kognitiv lingvistika va tarjimashunoslik tutashuvida yozuvchi-trajimon lisoniy shaxsiyatini tadqiq etishga doir fanlararo yondashuv ishlab chiqildi, bunda “muqobilga ega bo‘lmagan leksika” va “realia-so‘zlar” tushunchalarini farqlash orqali tizimli-lisomiy darajada lingvomadaniy asimmetriyaning tushunchaviy-terminologik tizimi aniqlashtirildi;
qiyosis tahlil asosida ijodkor shaxs badiiy bilingv faoliyatining matniy markerlari va lingvokognitiv xususiyatlari aniqlandi hamda ular tillararo interferensiyaning samarali forenizasiya usuliga aylantiruvchi metatillik refleksiya jarayonlari nazoratining natijasi sifatida talqin etildi;
tarjimon leksik kompetensiyasi strukturasida «leksik kenglik» va «leksik chuqurlik» tushunchalarining nisbati aniqlangan, bu asl nusxaning yashirin milliy kodlarini dekodlash va tushunchaviy lakunalarni bartaraf etishda leksikani egallash chuqurligining o‘rnini asoslash imkonini beradi;
tillararo o‘zaro ta’sirning qiyosiy tahliliy modeli ishlab chiqilgan, uning asosida birlashtirilgan tarjima strategiyalarini qo‘llash qonuniyatlari aniqlangan, shuningdek, ortiqcha metamatnli izohlash va sintaktik so‘zma-so‘z tarjimadagi tarjima og‘ishlari holatlari tavsiflangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Tadqiqot jarayonida bilingv-yozuvchilar tomonidan leksik birliklar tarjimasi xususiyatlarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar quyidagi ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarga joriy etilgan:
dissertatsiyada ishlab chiqilgan, yozuvchi-tarjimon lisoniy shaxsiyatini kompleks o‘rganish uchun kognitiv tilshunoslik va tarjima nazariyasini integratsiyalovchi fanlararo yondashuv Erasmus+ dasturining “Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBNE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC)” grant loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan berilgan 2026-yil 6-iyuldagi 04/11-15749-sonli ma’lumotnoma). Ikkitilli mualliflar tomonidan tillararo assimetriyani bartaraf etishning ichki kognitiv mexanizmlariga doir xulosalar loyiha doirasida tashkil etilgan magistratura talabalari uchun maxsus onlayn-kurslar va o‘quv dasturlarini yaratishda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan;
dissertatsiya ishi doirasida tadqiqotchi tomonidan aniqlangan, tasniflangan va tizimlashtirilgan ekvivalentga ega bo‘lmagan leksik birliklar reyestri hamda ularning ko‘ptilli tarjima variantlari “Arxavizmlarning o‘zbekcha-inglizcha izohli elektron platformasini yaratish (“OPA” – Online Platform of Archaisms)” mavzusidagi № IL8624042791 innovatsion loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan berilgan 2026-yil 2-iyuldagi 04/11-15520-sonli ma’lumotnoma). Ushbu ilmiy yangilikning joriy etilishi badiiy tarjima amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, tarjimashunoslar va talabalarga mo‘ljallangan raqamli o‘quv platformasi sifatini sezilarli darajada oshirishga, shuningdek, ekvivalentga ega bo‘lmagan leksika tarjimasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar bazasini yaratishga xizmat qilgan;
tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar hamda bilingv-yozuvchilar badiiy diskursida ekvivalentga ega bo‘lmagan leksika va milliy-madaniy realiyalarni yetkazib berish mexanizmlariga, shuningdek, madaniyatlararo mediatsiya va kognitiv-lingvistik konseptlar transformatsiyasiga oid nazariy xulosalar “Muloqot” telekanalining “Davr”, “Sizning fikringiz” va “Adabiyot kechalari” ko‘rsatuvlarida samarali tatbiq etilgan (“Muloqot” telekanali tomonidan berilgan 2026-yil 17-iyundagi 027-sonli ma’lumotnoma). Ilmiy xulosalarning joriy etilishi telekanal ko‘rsatuvlarining lingvomadaniy va ma’rifiy saviyasini oshirishga, efirda adabiy konseptlar talqinining aniqligini ta’minlashga imkon bergan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001650. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.