Murodov Alisher Sharofxonovichning fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning kriminologik tavsifi va oldini olishni takomillashtirish” mavzusidagi, 12.00.15 – Kriminologiya.
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2025.2.DSc/Yu236
- Ilmiy rahbar
- Abdurasulova Qumrinissa Raimqulova, yuridik fanlar doktori, professor.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Toshkent davlat yuridik universiteti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.04
- Rasmiy opponentlar
- Kamolova Dildora G‘ayratovna – yuridik fanlar doktori (DSc), professor; Kamolova Dildora G‘ayratovna – yuridik fanlar doktori (DSc), professor; Najimov Miriddin Shamshetdinovich – yuridik fanlar doktori (DSc), professor.
- Yetakchi tashkilot
- Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning kriminologik jihatlari, sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘rganish, tahlil qilish hamda uning oldini olish amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
“jinsiy zo‘ravonlik”, “jismoniy zo‘ravonlik”, “zo‘ravonlik”, “iqtisodiy zo‘ravonlik”, “ruhiy zo‘ravonlik”, “tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi”, “tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish” tushunchalari huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etildi;
nizoli oilani o‘rganishning na’munaviy pasporti ishlab chiqilgan hamda xavf darajasi yuqori bo‘lganlarni “yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga bulib, ular bilan manzilli ishlarni tashkil etish mezonlari ishlab chiqilgan;
nizoli oilada jismoniy zo‘ravonlikning ko‘rinishi va darajasi, ruhiy tazyiq shakllari, zo‘ravonlikning davriyligi va tizimliligi, nizo ishtirokchilari va qatnashchilari, ichki ishlar organlariga qilingan murojaatlar tahlili, nizoli vaziyatda “xavf ostidagi shaxs”ning ruhiy holati, zararli odatlarning zo‘ravonlikka ta’siri ochib berilgan;
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlarni tashkil etish zarurligi ilmiy-amaliy jihatdan ochib berilgan;
tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyiga yoki u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini vaqtinchalik cheklash mexanizmlari takomillashtirilgan;
shahvoniy shilqimlik qilishda shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda shaxs qadr-qiymatini tahqirlaydigan, uning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda yoxud teginishda ifodalanadigan harakatlar tizimi ekanligi ilmiy asoslantirilgan;
oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda mediatsiya institutini keng tatbiq etish va uni bosqichma-bosqich nikohdan ajratish sharti sifatida belgilash lozimligi asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“jinsiy zo‘ravonlik”, “jismoniy zo‘ravonlik”, “zo‘ravonlik”, “iqtisodiy zo‘ravonlik”, “ruhiy zo‘ravonlik”, “tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi”, “tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish” ilmiy-amaliy jihatlariga oid hamda tadqiqotda keltirilgan boshqa takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son qonunni ishlab chiqilishi va qabul qilinishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 05/1-472vx-son dalolatnomasi). Ushbu tushunchalar xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash faoliyatini tashkil etishga qaratilgan qonun hujjatlarida aniq belgilanishiga xizmat qiladi;
nizoli oilani o‘rganishning na’munaviy pasporti ishlab chiqilgan hamda xavf darajasi yuqori bo‘lganlarni “yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga bulib, ular bilan manzilli profilaktika ishlarini tashkil etish mezonlarini ishlab chiqish borasidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1, PQ-2 qarorlari ijrosi bo‘yicha ilmiy yondashuvlar asosida jinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha yangi ishlash mexanizmlari sifatida “Nizoli oilaning namunaviy pasporti”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 2-iyundagi 45/23-1145-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi nizoli oilalar bilan profilaktik ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
nizoli oilada jismoniy zo‘ravonlikning ko‘rinishi va darajasi, ruhiy tazyiq shakllari, zo‘ravonlikning davriyligi va tizimliligi, nizo ishtirokchilari va qatnashchilari, ichki ishlar organlariga qilingan murojaatlar tahlili, nizoli vaziyatda “xavf ostidagi shaxs”ning ruhiy holati, zararli odatlarning zo‘ravonlikka ta’siri haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1, PQ-2 qarorlari ijrosi bo‘yicha ilmiy yondashuvlar asosida jinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha yangi ishlash mexanizmlari sifatida “Nizoli oilaning namunaviy pasporti”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 2-iyundagi 45/23-1145-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi nizoli oilalar bilan profilaktik ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlarni tashkil etish zarurligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 05/1-472VX-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga maxsus markazlar tashkil etishga xizmat qiladi;
tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyiga yoki u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini vaqtinchalik cheklash lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024-yil 21-fevraldagi 04/10-10-19-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar jabrlanuvchining huquq va erkinligini ta’minlashga xizmat qiladi;
shahvoniy shilqimlik qilishda shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda shaxs qadr-qiymatini tahqirlaydigan, uning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda yoxud teginishda ifodalanadigan harakatlar tizimi ekanligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 12-fevraldagi 24-12/2-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar shahvoniy harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik chorasini belgilashga xizmat qiladi;
oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda mediatsiya institutini keng tatbiq etish va uni bosqichma-bosqich nikohdan ajratish sharti sifatida belgilash zarurligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 15-martdagi KQ-201-IV-son “Oilaviy ajrimlar profilaktikasi hamda aliment tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 2-3-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2025-yil 14-martdagi 24-12/3-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar oilaviy ajrimlar profilaktikasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001669. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.