← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Yallayev Baxtiyor Salimovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
Pedagogika ta’lim yoʻnalishida “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qoʻllash” fanini differensial yondashuv asosida oʻqitish 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2026.2.PhD/Ped13019
Ilmiy rahbar
Fayziyev Nozim Asfandiyorovich, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
Sharof Rashidov nomidasi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar
Urakov Sherzod Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Chorshanbiyev Zafar Esanpulatovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot
Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik. П. Tadqiqotning maqsadi pedagogika ta’lim yoʻnalishida “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qoʻllash” fanini differensial yondashuv asosida oʻqitish metodikasini takomillashtirish hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ш. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
pedagogika ta’lim yo‘nalishida “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini differensial yondashuv asosida o‘qitishning didaktik imkoniyatlari o‘quv mazmunini individuallashtirish, murakkablik darajasi bo‘yicha differensial topshiriqlarni tanlash, raqamli ta’lim resurslarini moslashtirish, mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda individual ta’lim natijalarini diagnostik baholashning o‘zaro uzviyligini ta’minlash asosida tizimlashtirilgan; pedagogika ta’lim yo‘nalishida “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini differensial yondashuv asosida o‘qitishning modeli talabalarning dastlabki IT-kompetentlik profilini aniqlash, o‘quv traektoriyalarini tabaqalashtirish, gibrid va adaptiv ta’lim texnologiyalarini joriylantirish hamda kriterial-monitoringga asoslangan komponentlarga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan; “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini differensial yondashuv asosida o‘qitishga xizmat qiluvchi dasturiy vosita pedagogika yo’nalishining kasbiy ehtiyojlari asosida o‘quv-metodik materiallarni talabalarning tipologik guruhlari uchun yo‘naltirilgan variativ ta’lim traektoriyalarini avtomatik shakllantiruvchi virtual pedagogik simulyatsiyalar hamda interfaol qayta aloqa texnologiyalari orqali takomillashtirilgan; “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qoʻllash” fanini differensial yondashuv asosida oʻqitish boʻyicha dasturiy vositaning samaradorligi talabalarda kasbiy IT-kompetentlik ko‘rsatkichlarining sifat va miqdor jihatidan barqaror o‘sishi, o‘quv materiallarini mustaqil va kreativ o‘zlashtirish vaqt sarfi kamayib, metakognitiv va refleksiv ko‘nikmalari darajasi sezilarli darajada ortganligi bilan dalillangan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Pedagogika ta’lim yoʻnalishida “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qoʻllash” fanini oʻqitish metodikasini differensial yondashuv asosida takomillashtirish boʻyicha tadqiqot natijalari asosida:

pedagogika ta’lim yo‘nalishida “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini differensial yondashuv asosida o‘qitishning didaktik imkoniyatlari o‘quv mazmunini individuallashtirish, murakkablik darajasi bo‘yicha differensial topshiriqlarni tanlash, raqamli ta’lim resurslarini moslashtirish, mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda individual ta’lim natijalarini diagnostik baholashning o‘zaro uzviyligini ta’minlash asosida tizimlashtirishga oid tavsiyalardan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining “AL-9224104661-sonli “Axborot xavfsizligini taʼminlash tizimlarida koʻzning rangdor pardasi tasviri asosida foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalashning algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqish” (2026-2027) davlat amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2026-yil 6-apreldagi 10-1789-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlarida ko‘zning rangdor pardasi tasviri asosida foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqish jarayonida o‘quv mazmunini individuallashtirish, murakkablik darajasiga ko‘ra topshiriqlarni tabaqalashtirish, raqamli resurslardan maqsadli foydalanish hamda natijalarni diagnostik baholashga oid metodik yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan.

pedagogika ta’lim yo‘nalishida “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini differensial yondashuv asosida o‘qitishning modeli talabalarning dastlabki IT-kompetentlik profilini aniqlash, o‘quv traektoriyalarini tabaqalashtirish, gibrid va adaptiv ta’lim texnologiyalarini joriylantirish hamda kriterial-monitoringga asoslangan komponentlarga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlardan “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli oʻquv qo’llanmasida foydalanilgan. (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti guvohnomasi). Natijada, talabalarning dastlabki IT-kompetentlik darajasini hisobga olish, individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish, gibrid va adaptiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish hamda o‘quv natijalarini mezonli monitoring asosida baholashga oid ilmiy-metodik yondashuvlar bilan boyitilgan.

“Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini differensial yondashuv asosida o‘qitishga xizmat qiluvchi dasturiy vosita pedagogika yo’nalishining kasbiy ehtiyojlari asosida o‘quv-metodik materiallarni talabalarning tipologik guruhlari uchun yo‘naltirilgan variativ ta’lim traektoriyalarini avtomatik shakllantiruvchi virtual pedagogik simulyatsiyalar hamda interfaol qayta aloqa texnologiyalari orqali takomillashtirishga oid ma’lumotlardan Samarqand viloyati teleradiokanali DMda 2026-yil 20-may kuni “FM 105.2 Samarqand” radiokanali orqali efirga uzatilgan “Radiointervyu” eshittirishning navbatdagi son ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokanali DMning 2026-yil 20-maydagi 01-07/187-son ma’lumotnomasi). Natijada, “FM 105.2 Samarqand” radiokanalida efirga uzatilgan “Radiointervyu” eshittirishining ssenariysi pedagogika ta’lim yo‘nalishida axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llashga doir zamonaviy yondashuvlar, talabalarning individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga oluvchi variativ ta’lim trayektoriyalari, virtual pedagogik simulyatsiyalar va interfaol qayta aloqa texnologiyalarining didaktik imkoniyatlarini yorituvchi ilmiy-metodik ma’lumotlar bilan boyitilgan;

“Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qoʻllash” fanini differensial yondashuv asosida oʻqitish boʻyicha dasturiy vositaning samaradorligi talabalarda kasbiy IT-kompetentlik ko‘rsatkichlarining sifat va miqdor jihatidan barqaror o‘sishi, o‘quv materiallarini mustaqil va kreativ o‘zlashtirish vaqt sarfi kamayib, metakognitiv va refleksiv ko‘nikmalari darajasi sezilarli darajada ortganligi bilan dalillash asosida yozilgan “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli oʻquv qo’llanmadan hamda yaratilgan dasturiy vositadan talabalarning bilim oʻzlashtirish darajasi, kasbiy va raqamli kompetensiyalari, mustaqil ta’lim faoliyati hamda oʻquv motivatsiyasini oshirishga ijobiy ta’sir koʻrsatishi boʻyicha o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarida foydalanilgan. (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 13-apreldagi 02/01-01-246-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini differensial yondashuv asosida o‘qitishning samaradorligini baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001689. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.