← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Shodiyev Xodjimurod Baxronovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Ko‘chat yetishtirishda ko‘p yillik o‘simliklar qalamchalarini o‘tqazadigan qurilma parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2026.3.PhD/T7045
Ilmiy rahbar
Musurmonov Azam Turdiyevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.17.03.
Rasmiy opponentlar
Fayzullayev Xayriddin Alimurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Tashtemirov Bekzod Ravshanbekovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot
Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

koʻp yillik mevali daraxtlar qalamchalaridan koʻchat yetishtirishda qalamchalarni o‘tqazadigan qurilma konstruktiv sxemasi va ratsional parametrlarini asoslash orqali mehnat unumdorligini oshirish, energiya va mehnat sarfini kamaytirishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

mevali daraxtlar koʻchatlarini yetishtirishda qalamchalarni oʻtqazadigan qurilmaning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va uning texnologik ish jarayoni asoslangan;

mevali daraxtlar qalamchalarini oʻtqazadigan qurilma yumshatuvchi iskanasining uzunligi va kengligi yumshatilayotgan tuproqni agʻdarilmasdan yon tomonlarga surish shartidan kelib chiqib aniqlangan;

koʻp yillik oʻsimliklar qalamchalarini oʻtqazadigan qurilma ekkichining konstruksiyasi tuproqda ariqcha ochishga eng kam energiya sarflab, pastki nam tuproqni dala yuzasiga chiqarmasdan qalamchalarni belgilangan chuqurlikka joylashtirib oʻtqazishni ta’minlash shartidan asoslangan;

qalamchalar orasidagi masofa, uzatish mexanizmining umumiy uzunligi va undagi tutqichlar sonini hisobga olgan holda, uzatish mexanizmining tezligi esa qurilmaning tezligiga teng bo‘lish shartida kelib chiqib aniqlangan;

mevali daraxtlar qalamchalarini oʻtqazadigan qurilmaning agrotexnik va energetik ish koʻrsatkichlari uning parametrlari va agregatning tezligiga bogʻliq ravishda oʻzgarishini ifodalaydigan bogʻlanishlar asosida aniqlangan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Ko‘chat yetishtirishda ko‘p yillik o‘simliklar qalamchalarini o‘tqazadigan qurilma parametrlarini asoslash boʻyicha olingan natijalar asosida:

ishlab chiqilgan koʻp yillik mevali daraxtlar koʻchatlarini yetishtirishda qalamchalarni oʻtqazadigan qurilma Akademik M.Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI, Charxin va Samarqand ITS, Samarqand viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi, Oqdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi hamda Samarqand viloyati Samarqand, Urgut tumanlari fermer xoʻjaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil

20-iyuldagi 05/04-04-659-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1 gektar maydonga qalamchalarni o‘tqazish muddatini 2–3 kungacha qisqartirish va mehnat hamda ekspluatatsiya xarajatlari 25-30 % ga kamaygan;

mevali daraxtlar koʻchatlarini yetishtirishda qalamchalarni oʻtqazadigan qurilmani ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 20-iyuldagi 05/04-04-659-son ma’lumotnomasi). Natijada koʻp yillik mevali daraxtlar qalamchalarini oʻtqazadigan qurilmalarning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001709. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.