Oqmamatova Muqaddas Farhodovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- “Badiiy tarjimada milliy-madaniy frazeologizmlarning semantik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2021.2.PhD/Fil.1831.
- Ilmiy rahbar
- Abdirashidov Zaynabidin Sharabidinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01
- Rasmiy opponentlar
- Hamroyeva Orzigul Jalolovna, filologiya fanlari doktori, professor; Siddiqova Iroda Abduxuzurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
- Yetakchi tashkilot
- Qarshi davlat universiteti.
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
O‘zbek va ingliz tillaridagi milliy-madaniy frazeologik birliklar tarjimasidagi murakkabliklar hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, milliy-madaniy voqealikni ifodalovchi frazeologik birliklarning semantik-stilistik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
ingliz va o‘zbek tillaridagi milliy-madaniy frazeologizmlarning lisoniy tabiati qiyosiy aspektda tadqiq etilib, ularning milliy mentalitetni verbalizatsiya qilish xususiyatlari hamda tillararo semantik nomutanosiblik (asimmetriya) holatlari dalillangan;
badiiy matn tarjimasida milliy-madaniy frazeologizmlarni qayta yaratishda qo‘llaniladigan asosiy usullar (to‘liq va qisman ekvivalent, kalka, deskriptiv tarjima) aniqlanib, milliy koloritni saqlab qolish va adekvatlikka erishishning ilmiy mezonlari asoslangan;
nasriy va she’riy asarlarda frazeologik birliklarning funktsional-uslubiy qo‘llanish darajalari ochib berilgan hamda she’riy tarjimada vazn va qofiya talabidan kelib chiqqan holda frazeologik obrazni transformatsiya qilish tamoyillari ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilidagi milliy-madaniy komponentli frazeologizmlarning ingliz tilidagi funksional-semantik muqobillari aniqlanib, ularning komponent tarkibi va obrazlilik asoslaridagi o‘xshash hamda farqli jihatlari leksikografik hamda tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tizimlashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Badiiy tarjimada milliy-madaniy frazeologizmlarning semantik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Milliy madaniyat va xalqona tafakkur ifodasining timsoli bo‘lgan frazeologizmlarni badiiy tarjimada qamrab olish, ularning semantik qatlamlarini chuqur tahlil qilish, shuningdek, tarjimada uslubiy moslikni ta’minlash bo‘yicha yoritilgan muammolar hamda ularning yechimi hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi milliy-madaniy frazeologizmlarning lisoniy tabiati qiyosiy aspektda tadqiq etilib, ularning milliy mentalitetni verbalizatsiya qilish xususiyatlari hamda tillararo semantik nomutanosiblik (asimmetriya) holatlari bo‘yicha berilgan tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sh.S.Sirojiddinov rahbarligida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-oktabrdagi №04/1-5114-sonli ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlar tarjimasidagi milliy-madaniy frazeologik birliklarning semantik xususiyatlariga oid takliflar qabul qilinib, tarjima sifatining oshishiga xizmat qilgan;
tadqiqot doirasida badiiy matn tarjimasida milliy-madaniy frazeologizmlarni qayta yaratishda qo‘llaniladigan asosiy usullar (to‘liq va qisman ekvivalent, kalka, deskriptiv tarjima) aniqlanib, milliy koloritni saqlab qolish va adekvatlikka erishishning ilmiy mezonlari hamda frazeologizmlarning semantik tahlili asosida ularning badiiy kontekstdagi funksional yuklamasi, obrazlilik darajasi va madaniy ramziyligi aniqlanib, tarjimada ularni adekvat ifodalashning samarali strategiyalari ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda olib borilgan OT-2019-42. “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan. Natijada, o‘zbek va ingliz tillarining poetik tizimida milliy ruhni, xalqona ifoda vositalarini hamda badiiy asarlarning estetik yaxlitligini saqlab qolishga xizmat qiluvchi lingvokulturologik, semantik va stilistik asoslar yaratildi;
badiiy tarjimada frazeologik birliklarning funksional-uslubiy qo‘llanish darajalari ochib berish hamda she’riy tarjimada vazn va qofiya talabidan kelib chiqqan holda frazeologik obrazni transformatsiya qilish tamoyillari, shuningdek, milliy-madaniy frazeologizmlarning semantik xususiyatlari borasidagi nazariy va amaliy tahlillarga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar Ijodiy birlashmasi” AJ “Yoshlar” radiokanalining eshittirishlarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan. Mazkur tadqiqot natijalarining efirga uzatilishi mamlakatimiz yoshlarini o‘zbek va jahon adabiyoti, tarjimalar, undagi muammolar, tarjima muammolarini hal etish usullari, tarjimon mahorati hamda keying yillardagi tadqiqotlarda shu kabi muammolarni bartaraf etishga e’tiborini qaratish uchun xizmat qiladi.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001729. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.