← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Urinboyeva Saodatxon Maxammadjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i)
“Ingliz va o‘zbek tillarida mobil muloqotning chog‘ishtirma tadqiqi (telefoniya diskursi misolida)” 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2026.1.PhD/Fil7232
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
Andijon davlat universiteti
Ilmiy rahbar
Satimova Dilafruzxon Numonjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami
Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar
Usmanova Sevara Sultanovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdujabborova Shoxistaxon Adiljanovna, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

ingliz va o‘zbek tillaridagi telefoniya diskursining strukturaviy-semantik, kommunikativ-funksional hamda kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma asnoda tadqiq etishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

telefon, radio va televideniye kommunikatsiyasining genezisi hamda mushtarak va farqli belgilari asosida ingliz va o‘zbek tillaridagi mobil muloqot, mobil diskurs va telefoniya diskursi tushunchalarining mazmuniy-funksional chegaralari belgilanib, telefoniya diskursining lingvistik maqomi aniqlashtirilgan, uning mustaqil diskurs turi sifatidagi muallif ta’rifi ishlab chiqilgan hamda kommunikativ-funksional o‘ziga xosligi asoslangan;

ingliz va o‘zbek tillaridagi telefoniya diskursiga oid har bir tildan 51 tadan, jami 102 ta autentik telefon suhbati asosida telefon muloqotining kirish, salomlashuv, shaxsga aniqlik kiritish, qo‘ng‘iroq sababini bayon qilish, asosiy mavzuga o‘tish va yakunlashdan iborat 6 bosqichli strukturaviy modeli belgilangan, shuningdek, nutqiy replikalarning informativ, interrogativ-verifikativ va regulyativ kommunikativ-vazifaviy turlari aniqlangan hamda ularning funksional xususiyatlari va tillararo tafovutlari sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida dalillangan;

telefoniya diskursi leksikasining kasbiy-xizmat, biznes-iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy-institutsional, favqulodda-muammoli hamda oilaviy-maishiy va shaxslararo muloqotga oid 5 ta guruhdan iborat mavzuviy tasnifi ishlab chiqilgan, shuningdek, telefon aloqasi terminlarining sodda, yasama, qo‘shma, birikmali va qisqartma shakllardan iborat morfologik-strukturaviy jihatlari tasniflanishi barobarida ularning ingliz hamda o‘zbek tillaridagi izomorfik va allomorfik xususiyatlari aniq lisoniy dalillar asosida ochib berilgan;

ingliz va o‘zbek telefon muloqotida assertiv, direktiv, komissiv, ekspressiv va deklarativ nutqiy aktlarning voqelanish xususiyatlari hamda deyktik referensiya, presuppozitsiya va konversatsion implikatura vositasida implitsit mazmunning shakllanish holatlari tavsiflanib, xushmuomalalik vositalarining rasmiy, yarimrasmiy va norasmiy uslublarda qo‘llanishidagi miqdoriy tafovutlar, jumladan, ingliz tili materialida mazkur vositalarning 51,1 foizi yarimrasmiy uslubda, o‘zbek tili materialida esa 48,8 foizi norasmiy uslubda voqelanishi miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida dalillangan hamda ushbu vositalarning kommunikativ vazifalariga ko‘ra 8 guruhli funksional-pragmatik tasnifi ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Ingliz va o‘zbek tillaridagi telefoniya diskursining nazariy-konseptual, strukturaviy-semantik, kommunikativ-funksional hamda kommunikativ-pragmatik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

telefon, radio va televideniya kommunikatsiyasining genezisi hamda mushtarak va farqli belgilari asosida ingliz va o‘zbek tillaridagi mobil muloqot, mobil diskurs va telefoniya diskursi tushunchalarining mazmuniy-funksional chegaralari belgilanib, telefoniya diskursining lingvistik maqomi aniqlashtirilgan, uning mustaqil diskurs turi sifatidagi muallif ta’rifi ishlab chiqilgan hamda kommunikativ-funksional o‘ziga xosligi asoslanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023–2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (11-25/1207-son ma’lumot). Natijada, platformaning qiyosiy tilshunoslikka oid taʼlimiy resurslarini takomillashtirish, zamonaviy kommunikatsiya shakllarini ilmiy jihatdan farqlash va oʻquv-metodik materiallarning nazariy hamda amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qildi;

ingliz va o‘zbek tillaridagi telefoniya diskursiga oid 102 ta, har bir tilda 51 tadan, autentik suhbat materiali asosida telefon muloqotining kirish, salomlashuv, shaxsga aniqlik kiritish, qo‘ng‘iroq sababini bayon qilish, asosiy mavzuga o‘tish va yakunlashdan iborat 6 bosqichli strukturaviy modeli belgilanganligi hamda nutqiy replikalarning informativ, interrogativ-verifikativ va regulyativ kommunikativ-vazifaviy turlari aniqlanganligi, shuningdek, ularning funksional xususiyatlari va tillararo tafovutlari sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida dalillanganligiga doir ilmiy natijalardan “Umrboqiy meros” nodavlat va notijorat markaziga ajratilgan (81–12/118-son ma’lumot) “Milliy qadriyatlar yoshlar ardog‘ida” nomli davlat loyihasida foydalanilgan. Natijada, qiyosiy tilshunoslikka oid o‘quv-metodik materiallarning samaradorligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;

telefoniya diskursi leksikasining kasbiy-xizmat, biznes-iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy-institutsional, favqulodda-muammoli hamda oilaviy-maishiy va shaxslararo muloqotga oid 5 guruhli mavzuviy tasnifi ajratilganligi, shuningdek, telefon aloqasi terminlarining sodda, yasama, qo‘shma, birikmali va qisqartma shakllardan iborat morfologik-strukturaviy jihatlari tasniflanishi bilan birga ularning ingliz hamda o‘zbek tillaridagi izomorfik va allomorfik xususiyatlari aniq lisoniy dalillar asosida ochib berilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Germaniyaning Gumboldt universitetida 2022–2025-yillarda amalga oshirilgan “Erasmus+ International Credit Mobility (KA107) – Key Action 1: Mobility for Learners and Staff – Higher Education Student and Staff Mobility” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan. Natijada, telefoniya diskursi leksikasining qiyosiy tasnifi sohaviy terminlarning qo‘llanishini yoritish hamda xalqaro hamkorlik doirasida o‘quv-metodik materiallarning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 01/4-5549-son ma’lumotnomasi);

ingliz va o‘zbek telefon muloqotida assertiv, direktiv, komissiv, ekspressiv va deklarativ nutqiy aktlarning voqelanish xususiyatlari hamda deyktik referensiya, presuppozitsiya va konversatsion implikatura vositasida implitsit mazmunning shakllanish holatlari tavsiflanib, xushmuomalalik vositalarining rasmiy, yarimrasmiy va norasmiy uslublarda qo‘llanishidagi miqdoriy tafovutlar, jumladan, ingliz tili materialida mazkur vositalarning 51,1 foizi yarimrasmiy uslubda, o‘zbek tili materialida esa 48,8 foizi norasmiy uslubda voqelanishi miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida dalillangan hamda ushbu vositalarning kommunikativ vazifalariga ko‘ra sakkiz guruhli funksional-pragmatik tasnifi ishlab chiqilganligiga oid natijalardan “Yoshlar” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Maxsus reportaj” va “Yangi davr” nomli dastur ssenariysini tayyorlashda (2025-2026-yillar) foydalanilgan. (14-01-250-son ma’lumot) Natijada, teledasturdagi jonli telefon muloqotlarini nutqiy vaziyat va suhbatdoshlar munosabatiga mos tashkil etish, xushmuomalalik me’yorlaridan samarali foydalanish hamda ko‘rsatuvning mazmuniy izchilligi va tomoshabinlarga ta’sirchanligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan

Manba: oak.uz — eʼlon №1001789. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.