Rashidova Sevaraxon Istamovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
- «O‘smirlarda neyro-qon tomir kasalliklarini bashoratlash va tashxisotiga multimodal yondashuv», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2026.2.PhD/Tib7233.
- Ilmiy rahbar
- Niyozov Shuxrat Tashmirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
- IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
- Rasmiy opponentlar
- Gaybiyev Akmaljon Axmadjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Yakubova Marxamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
- Yetakchi tashkilot
- I.K.Axunbayev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston Respublikasi).
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
o‘smirlik davrida neyrovaskulyar patologiyani klinik-nevrologik, neyropsixologik, vegetativ, ultratovush va neyrovizualizatsion tekshiruvlarni birlashtirgan multimodal yondashuv asosida tashxislash va davolash natijalarini bashorat qilishni takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
neyrovaskulyar patologiyasi bo‘lgan o‘smirlarda serebrovaskulyar reaktivlikning pasayishi serebral perfuziya (r=0,44) va kognitiv ko‘rsatkichlar (r=0,38), yurak ritmi o‘zgaruvchanligining pasayishi esa astenovegetativ sindrom og‘irligi (r=−0,41) bilan bog‘liqligi isbotlanib, miya qon aylanishi regulyatsiyasi yetishmovchiligi klinik simptomatikaning asosiy patogenetik bo‘g‘ini ekanligi aniqlangan;
arterial gipertenziya bilan bog‘liq neyrovaskulyar patologiya (I10–I15) tug‘ma qon tomir anomaliyalariga (Q28.0–Q28.3) nisbatan simpatikotoniyaning yaqqolligi (Kerdo indeksi 20,7±6,6 va 16,1±5,9) va yurak urish chastotasining yuqoriligi (89,9 va 83,7 zarba/daq) bilan tavsiflanishi, biroq davolashga yuqoriroq javob berishi (SHN=2,84) aniqlangan;
klinik, vegetativ, kognitiv va gemodinamik mezonlarni birlashtirgan davolash samaradorligini baholashning integrativ mezoni ishlab chiqilib, standart terapiyaga sitikolin qo‘shilganda serebrovaskulyar reaktivlikning me’yorlashuvi 23,7% dan 76,9% gacha ortishi (SHN=10,74) ko‘rsatilgan;
terapiya turi (SHN=5,94), 18–19 yosh (SHN=2,11), I10–I15 varianti (SHN=2,84) va boshlang‘ich serebrovaskulyar reaktivlik turiga (SHN=2,63 va 0,42) asoslangan terapevtik javobni bashorat qilishning matematik modeli (AUC=0,86; sezuvchanlik 81%, o‘ziga xoslik 78%) ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘smirlarda neyro-qon tomir kasalliklarini bashoratlash va tashxisotiga multimodal yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: neyrovaskulyar patologiyasi bo‘lgan o‘smirlarda serebrovaskulyar reaktivlikning pasayishi kognitiv va asteno-vegetativ buzilishlarning yaqqolligi bilan patogenetik jihatdan o‘zaro bog‘liq ekanligi TKDG, yurak ritmi variabelligi va neyropsixologik test natijalarining korrelyatsion tahlili asosida isbotlanib, miya qon aylanishi regulyatsiyasining yetishmovchiligi klinik simptomatika shakllanishining asosiy patogenetik bo‘g‘ini ekanligi aniqlangan va bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026-yil 24-iyundagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘smirlik davrida serebrovaskulyar kasalliklarni tashxislash va prognozlashga doir kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ushbu takliflar Oqdaryo tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 12-avgustdagi 4043-7-92-TB/2026-son buyruq), Jomboy tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 18-avgustdagi 4578-7-94-TB/2026-son buyruq), Denov tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 13-avgustdagi 4790-8-111-TB/2026-son buyruq) va Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 17-avgustdagi 108-t-son buyruq) klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026-yil 23-oktyabrdagi X301-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: serebrovaskulyar reaktivlik, yurak ritmi variabelligi va neyropsixologik test natijalarini kompleks baholash o‘smirlarda neyrovaskulyar patologiyani erta aniqlash va nevrologik asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida ajratish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: erta tashxislash va maqsadli kuzatuv takroriy tekshiruvlar va kechiktirilgan davolash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirgan; moddiy xarajatlar o‘rtacha 20% atrofida kamaygan. Xulosa: serebrovaskulyar reaktivlik serebral perfuziya (r=0,44) va MoCA-adolescent balli (r=0,38), SDNN esa astenovegetativ sindrom og‘irligi (r=−0,41) va hayot sifati (r=0,42) bilan ishonchli bog‘liq bo‘lib (p<0,001), klinik belgilar shakllanishida miya qon aylanishi regulyator yetishmovchiligining yetakchi roli tasdiqlangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: neyrovaskulyar patologiyaning gipertenziv-assotsiativ varianti tomirlarning regulyator zaxiralari yaqqolroq pasayishi bilan tavsiflanishi, biroq anatomik tomir anomaliyalariga nisbatan yuqori terapevtik qaytuvchanlikka ega ekanligi aniqlanib, bu o‘smirlik davrida miya qon aylanishi buzilishining funksional va strukturaviy mexanizmlarini differensiatsiya qilish imkonini bergan va bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026-yil 24-iyundagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘smirlik davrida serebrovaskulyar kasalliklarni tashxislash va prognozlashga doir kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ushbu takliflar Oqdaryo tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 12-avgustdagi 4043-7-92-TB/2026-son buyruq), Jomboy tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 18-avgustdagi 4578-7-94-TB/2026-son buyruq), Denov tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 13-avgustdagi 4790-8-111-TB/2026-son buyruq) va Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 17-avgustdagi 108-t-son buyruq) klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026-yil 23-oktyabrdagi X301-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallik variantini hisobga olish davolash taktikasini kasallikning patogenetik xususiyatlariga moslashtirish va funksional tiklanishni yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: samarasiz terapiya va asossiz qo‘shimcha tekshiruvlar kamayishi hisobiga moddiy xarajatlar o‘rtacha 20% atrofida kamaygan. Xulosa: I10–I15 variantida Kerdo indeksi (20,7±6,6; p=0,021) va yurak urish chastotasi (89,9±9,4 zarba/daq; p=0,027) eng yuqori bo‘lgan, shu bilan birga bu variant integral terapevtik javob ehtimolini oshirgan (SHN=2,84; 95% DI 1,17–6,83; p=0,021);
uchinchi ilmiy yangilik: o‘smirlardagi neyrovaskulyar patologiyada terapevtik samaradorlikni baholashning klinik, vegetativ, kognitiv va gemodinamik ko‘rsatkichlar majmuasiga asoslangan integrativ mezoni ishlab chiqilib, uni qo‘llash alohida simptomlarni fragmentar baholashdan tiklanish jarayonlarini tizimli va kompleks baholashga o‘tish imkonini bergan va bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026-yil 24-iyundagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘smirlik davrida serebrovaskulyar kasalliklarni tashxislash va prognozlashga doir kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ushbu takliflar Oqdaryo tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 12-avgustdagi 4043-7-92-TB/2026-son buyruq), Jomboy tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 18-avgustdagi 4578-7-94-TB/2026-son buyruq), Denov tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 13-avgustdagi 4790-8-111-TB/2026-son buyruq) va Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 17-avgustdagi 108-t-son buyruq) klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026-yil 23-oktyabrdagi X301-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: integrativ mezon nevrologik simptomlar, kognitiv funksiyalar, vegetativ regulyatsiya va serebral gemodinamikani kompleks nazorat qilish hamda reabilitatsiya muddatini bir oydan ortiq davrdan 8–10 kungacha qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatining qisqarishi va takroriy gospitalizatsiyaga ehtiyoj kamayishi hisobiga moddiy xarajatlar o‘rtacha 20% atrofida kamaygan. Xulosa: standart terapiyaga Neyrotsitin qo‘shilganda serebrovaskulyar reaktivlik 76,9% va 23,7% bemorda me’yorlashgan (SHN=10,74; p<0,001), SDNN bo‘yicha yaxshilanish 71,8% va 28,9%, MoCA-adolescent bo‘yicha 69,2% va 31,6%, PedsQL bo‘yicha 74,4% va 36,8% bemorda qayd etilgan (p<0,001);
to‘rtinchi ilmiy yangilik: terapevtik javobni prognozlashning matematik modeli yaratilib, statistik jihatdan tasdiqlangan, ijobiy natijaning mustaqil prediktorlari sifatida terapiya turi, yosh, kasallik varianti va serebrovaskulyar reaktivlikning dastlabki tipi aniqlangan hamda modelning yuqori prognostik aniqligi (AUC=0,86) asosida neyrovaskulyar patologiyaga chalingan o‘smirlarni davolashda shaxsiylashtirilgan yondashuv imkoniyati asoslangan va bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026-yil 24-iyundagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘smirlik davrida serebrovaskulyar kasalliklarni tashxislash va prognozlashga doir kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ushbu takliflar Oqdaryo tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 12-avgustdagi 4043-7-92-TB/2026-son buyruq), Jomboy tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 18-avgustdagi 4578-7-94-TB/2026-son buyruq), Denov tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi (2026-yil 13-avgustdagi 4790-8-111-TB/2026-son buyruq) va Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 17-avgustdagi 108-t-son buyruq) klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026-yil 23-oktyabrdagi X301-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prognostik model davolashdan oldin bemorlarni javob ehtimoli bo‘yicha ajratish va individual davolash taktikasini tanlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: davolash taktikasini shaxsiylashtirish samarasiz terapiya va uzoq muddatli statsionar davolash xarajatlarini kamaytirib, moddiy xarajatlarni o‘rtacha 20% atrofida qisqartirgan. Xulosa: logistik model (AUC=0,86; 95% DI 0,77–0,94; p<0,001) da mustaqil prediktorlar kombinatsiyalangan terapiya (SHN=5,94), 18–19 yosh (SHN=2,11), I10–I15 varianti (SHN=2,84) va boshlang‘ich pasaygan serebrovaskulyar reaktivlik (SHN=2,63) bo‘lgan, patologik serebrovaskulyar reaktivlik esa javob ehtimolini kamaytirgan (SHN=0,42); P=0,62 kesish nuqtasida sezuvchanlik 81%, o‘ziga xoslik 78% ni tashkil etgan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001824. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.