← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Rustamov Muzaffar Olimjon o’g’lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog’i nomi)
«Ko’p tomirli buyrak transplantatida qarindosh buyrak transplantatsiyasi natijalarini takomillashtirish yo’llari», 14.00.34 – Yurak va qon tomir xirurgiyasi va 14.00.32 – Transplantologiya va sun’iy a’zolar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam
№B 2026.1.PhD/Tib6989.
Ilmiy rahbarlar
Suyumov Azamat Sayfullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Matkarimov Zoxidjon Turdaliyevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
“Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01.
Rasmiy opponentlar
Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot
«Milliy Tibbiyot Markazi» (Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi)
Dissertatsiya yo’nalishi
amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

ko’p tomirli buyrak transplantatida ko’p sonli buyrak arteriyalarini qon tomir rekonstruksiyasi qilish usullarini takomillashtirish hamda uning transplantat va retsipiyent funksiyasi hamda yashovchanligiga ta’sirini baholash orqali qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasi natijalarini yaxshilashdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

amaliyotning texnik murakkabligini prognoz qilish, qon tomir rekonstruksiyasining maqbul usulini tanlash va qon tomir asoratlari rivojlanish ehtimolini kamaytirish imkonini beruvchi, qon tomir xavfi darajalarini ajratishga asoslangan ko’p arteriyali buyrak transplantatlarining anatomik-jarrohlik tasnifi ishlab chiqilgan;

yagona arterial og’izni shakllantirish, alohida arterial anastomozlarni qo’yish, ex vivo rekonstruksiya va qon tomir plastikasining kombinatsiyalangan usullarini qamrab olgan ko’p tomirli buyrak transplantatini revaskulyarizatsiya qilish jarrohlik taktikasi takomillashtirilishi natijasida amaliyot bosqichini individuallashtirish hamda ishemik va trombotik asoratlar xavfini kamaytirish imkoniyati asoslangan;

ko’p tomirli buyrak transplantatlarini revaskulyarizatsiya qilishda individuallashtirilgan yondashuvni qo’llash bitta buyrak arteriyasiga ega buyraklar transplantatsiyasiga nisbatan transplantat erta funksiyasi, transplantat va retsipiyentning bir yillik yashovchanligi bo’yicha o’zaro taqqoslanadigan natijalarni ta’minlashi isbotlangan;

ikkita va undan ortiq buyrak arteriyalariga ega buyraklarni transplantatsiya dasturiga xavfsiz kiritish hisobiga tirik qarindosh donorlardan foydalanish mezonlarini kengaytirish, transplantatsiyaning funksional va klinik natijalarini yomonlashtirmagan holda donorlar zaxirasini oshirish imkoniyati isbotlangan va ilmiy jihatdan asoslangan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Ko’p tomirli buyrak transplantatida qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasi jarrohlik taktikasini takomillashtirish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy ma’lumotlar joriy etilgan:

birinchi ilmiy yangilik: amaliyotning texnik murakkabligini prognoz qilish, qon tomir rekonstruksiyasining maqbul usulini tanlash va qon tomir asoratlari rivojlanish ehtimolini kamaytirish imkonini beruvchi, qon tomir xavfi darajalarini ajratishga asoslangan ko’p arteriyali buyrak transplantatlarining anatomik-jarrohlik tasnifi ishlab chiqilganligi Farg’ona viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 13-iyuldagi 98-son buyruq) va Surxondaryo tibbiyot klasteri (2026-yil 3-iyuldagi 28-T-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 15-oktyabrdagi X258-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qon tomir asoratlari xavfini kamaytirish, transplantat funksiyasini saqlab qolish va ko’p sonli arteriyalarga ega donor buyraklaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasi xavfsizligini oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tasnifni qo’llash qon tomir asoratlari va transplantatni yo’qotish xavfini kamaytirish hisobiga bemorning dasturiy gemodializga qaytishining oldini olish hamda bir nafar bemor hisobiga yiliga 73491600 so’mgacha mablag’ni tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, mazkur tasnif amaliyotning texnik murakkabligini prognoz qilish va qon tomir asoratlari ehtimolini kamaytirish uchun mo’ljallanganligi asoslangan. Xulosa: ishlab chiqilgan ko’p arteriyali buyrak transplantatlarining anatomik-jarrohlik tasnifi qon tomir rekonstruksiyasi usulini individual tanlash, qon tomir asoratlari va transplantatni yo’qotish xavfini kamaytirish, qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasi xavfsizligini oshirish hamda bemorning dasturiy gemodializga qaytishining oldini olish hisobiga bir nafar bemor uchun yiliga 73491600 so’mgacha iqtisodiy samaraga erishish imkonini beradi;

ikkinchi ilmiy yangilik: yagona arterial og’izni shakllantirish, alohida arterial anastomozlarni qo’yish, ex vivo rekonstruksiya va qon tomir plastikasining kombinatsiyalangan usullarini qamrab olgan ko’p tomirli buyrak transplantatini revaskulyarizatsiya qilish jarrohlik taktikasi takomillashtirilishi natijasida amaliyot bosqichini individuallashtirish hamda ishemik va trombotik asoratlar xavfini kamaytirish imkoniyati asoslanganligi Farg’ona viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 13-iyuldagi 98-son buyruq) va Surxondaryo tibbiyot klasteri (2026-yil 3-iyuldagi 28-T-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 15-oktyabrdagi X258-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishemik va trombotik asoratlar xavfini kamaytirish, buyrak transplantati funksiyasini saqlab qolish, qayta shifoxonaga yotqizish va gemodializga qaytish ehtimolini kamaytirishdan iborat bo’lib, bu retsipiyentlarning hayot sifati va davomiyligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan revaskulyarizatsiya taktikasi ishemik va trombotik asoratlar xavfini kamaytirish hisobiga buyrak o’rnini bosuvchi qo’shimcha terapiyaga bo’lgan ehtiyojni kamaytirish hamda gemodializning oldi olingan har bir oyi uchun bir nafar bemor hisobiga 6124300 so’mgacha mablag’ni tejash imkonini beradi. Xulosa: ko’p tomirli buyrak transplantatini revaskulyarizatsiya qilishning takomillashtirilgan jarrohlik taktikasi ishemik va trombotik asoratlar xavfini kamaytirish, transplantat funksiyasini saqlab qolish va buyrak o’rnini bosuvchi terapiyaga bo’lgan ehtiyojni kamaytirish hamda gemodializning oldi olingan har bir oyi uchun bir nafar bemor hisobiga 6124300 so’mgacha mablag’ni tejash imkonini beradi;

uchinchi ilmiy yangilik: ko’p tomirli buyrak transplantatlarini revaskulyarizatsiya qilishda individuallashtirilgan yondashuvni qo’llash bitta buyrak arteriyasiga ega buyraklar transplantatsiyasiga nisbatan transplantat erta funksiyasi, transplantat va retsipiyentning bir yillik yashovchanligi bo’yicha o’zaro taqqoslanadigan natijalarni ta’minlashi isbotlanganligi Farg’ona viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 13-iyuldagi 98-son buyruq) va Surxondaryo tibbiyot klasteri (2026-yil 3-iyuldagi 28-T-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 15-oktyabrdagi X258-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ko’p tomirli buyrak transplantatlarini revaskulyarizatsiya qilishga individuallashtirilgan yondashuv ko’p sonli arteriyalarga ega donor buyraklaridan foydalanishni xavfsiz kengaytirish, transplantat va retsipiyentning o’zaro taqqoslanadigan bir yillik yashovchanlik ko’rsatkichlarini saqlab qolish hamda shu orqali qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasining ommabopligini va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ko’p tomirli transplantatlarning o’zaro taqqoslanadigan yashovchanlik ko’rsatkichlarini ta’minlash donorlar zaxirasini kengaytirish va dasturiy gemodializga bo’lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini berib, transplantat funksiyasi saqlangan holda bir nafar bemor hisobiga yiliga 73491600 so’mgacha mablag’ni tejashni ta’minlaydi. Xulosa: ko’p tomirli buyrak transplantatini revaskulyarizatsiya qilishga individuallashtirilgan yondashuvni qo’llash uning funksiyasini saqlab qolish va bir yillik yashovchanlikning o’zaro taqqoslanadigan ko’rsatkichlarini ta’minlaydi, buyrak o’rnini bosuvchi terapiyaga bo’lgan ehtiyojni kamaytirishga xizmat qiladi hamda bir nafar bemor hisobiga yiliga 73491600 so’m miqdorida iqtisodiy samara olish imkonini beradi;

to’rtinchi ilmiy yangilik: ikkita va undan ortiq buyrak arteriyalariga ega buyraklarni transplantatsiya dasturiga xavfsiz kiritish hisobiga tirik qarindosh donorlardan foydalanish mezonlarini kengaytirish, transplantatsiyaning funksional va klinik natijalarini yomonlashtirmagan holda donorlar zaxirasini oshirish imkoniyati isbotlangan va ilmiy jihatdan asoslanganligi Farg’ona viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 13-iyuldagi 98-son buyruq) va Surxondaryo tibbiyot klasteri (2026-yil 3-iyuldagi 28-T-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 15-oktyabrdagi X258-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ikkita va undan ortiq buyrak arteriyalariga ega buyraklarni xavfsiz ravishda transplantatsiya dasturiga kiritish hisobiga tirik qarindosh donorlardan foydalanish mezonlarini kengaytirish transplantatsiyadan foydalanish imkoniyatini oshirish, donor a’zosini kutish muddatini qisqartirish hamda terminal buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ikkita va undan ortiq arteriyalarga ega buyraklardan foydalanish hisobiga donorlar zaxirasini kengaytirish transplantatsiyani kutish davri va dasturiy gemodializ davomiyligini qisqartirish imkonini beradi; amaliyotni kutish muddati 6 oyga qisqartirilganda bir nafar bemor hisobiga 36745800 so’m mablag’ tejaladi. Xulosa: ikkita va undan ortiq buyrak arteriyalariga ega buyraklardan xavfsiz foydalanish donorlar zaxirasini kengaytiradi, qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasidan foydalanish imkoniyatini oshiradi va bemorlarning dasturiy gemodializda bo’lish muddatini qisqartiradi hamda transplantatsiyani kutish davri 6 oyga kamaytirilganda bir nafar bemor hisobiga 36745800 so’m mablag’ni tejash imkonini beradi.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001825. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.