Suvonov Madaminjon Toʻxtapulatovich falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida eʼlon
Umumiy maʼlumotlar
- Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi)
- «Ventral churralar va ularning retsidivlarida gernioplastika usullarini tanlash mezonlari», 14.00.27 – Xirurgiya.
- Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam
- B2025.2.PhD/Tib6098.
- Ilmiy rahbar
- Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
- IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
- Rasmiy opponentlar
- Sattarov Oybek Tahirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Zayniyev Alisher Faridunovich, tibbiyot fanlari doktori.
- Yetakchi tashkilot
- Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
- Dissertatsiya yoʻnalishi
- amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
Gernioplastika usulini differensiallashgan tanlash mezonlarini ishlab chiqish va klinik asoslash yo‘li bilan ventral churralar va ularning retsidivlariga ega bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
ventral churra retsidivining eng kuchli prediktorlari sifatida nisbati 8,0 bo‘lgan churraning gigant o‘lchami, nisbati 5,3 bo‘lgan ikki va undan ortiq oldingi gernioplastika hamda nisbati 4,7 bo‘lgan churra darvozasi eni 10 sm dan ortiq bo‘lishi xizmat qilishi aniqlangan;
churra xaltasi hajmining qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbati 25% va undan ortiq bo‘lishi hamda darvoza chetlarini sinov tariqasida yaqinlashtirishda qorin ichi bosimining 5 mm sim. ust. dan ortiq ortishi retsidiv bilan 45,5% va 38,9% holatda kechishi va aponevrozni choklashdan voz kechish mezonlari bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
qorin bo‘shlig‘ini yopishgacha nuqson chetlarini P-simon tikish va to‘rni aponevrozni choklamasdan ikki qatorli fiksatsiyalash bilan taranglashmagan gernioalloplastika usuli taklif etildi (O‘zR patenti IAP 8077), u katta va gigant churralarda II daraja va undan yuqori qorin ichi gipertenziyasi chastotasini 38,1% dan 2,9% gacha kamaytirgan;
qorin bo‘shlig‘i zaxirasi, nuqson eni, bitishuvlar va yara asoratlari xavf omillari bo‘yicha gernioplastika usulini tanlash algoritmi asoslandi, uni qo‘llash 12 oyga retsidiv chastotasini 5,5% dan 0,8% gacha kamaytirgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Ventral churralar va ularning retsidivlarida gernioplastika usullarini tanlashni takomillashtirish boʻyicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ventral churra retsidivining eng kuchli prediktorlari sifatida nisbati 8,0 bo‘lgan churraning gigant o‘lchami, nisbati 5,3 bo‘lgan ikki va undan ortiq oldingi gernioplastika hamda nisbati 4,7 bo‘lgan churra darvozasi eni 10 sm dan ortiq bo‘lishi xizmat qilishi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2026 yil 28 fevralda №97-son bilan tasdiqlangan «Ventral churralar va ularning residivlarida gernioplastika taktikasini belgilashda kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2026 yil 8-maydagi №7662-7-107-TB/2026-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 2026 yil 28-martdagi №46-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6-oktyabrdagi X209-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: retsidiv prediktorlarini plastika usulini tanlashda hisobga olish darvoza eni 10 sm dan ortiq bemorlarda retsidiv chastotasini 26,2% dan 6,5% gacha, gigant churralarda 42,1% dan 9,5% gacha, retsidiv churralarda esa 26,3% dan 7,0% gacha kamaytirdi; bu mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarni takroriy operatsiyalardan va uzoq muddatli mehnat qobiliyatsizligidan xalos qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: retsidiv chastotasining kamayishi takroriy gospitalizatsiya va operatsiyalarga boʻlgan ehtiyojni qisqartiradi, har bir bemor hisobiga takroriy jarrohlik va statsionar davolash xarajatlarini oʻrtacha 4 000 000–6 000 000 soʻmga kamaytiradi. Xulosa: gigant, retsidiv churralar va keng darvozali bemorlarni yuqori xavf guruhiga ajratish ularni retsidivning yetakchi mexanizmlarini bartaraf etuvchi plastika usullariga yoʻnaltirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: churra xaltasi hajmining qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbati 25% va undan ortiq bo‘lishi hamda darvoza chetlarini sinov tariqasida yaqinlashtirishda qorin ichi bosimining 5 mm sim. ust. dan ortiq ortishi retsidiv bilan 45,5% va 38,9% holatda kechishi va aponevrozni choklashdan voz kechish mezonlari bo‘lib xizmat qilishi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2026 yil 28 fevralda №97-son bilan tasdiqlangan «Ventral churralar va ularning residivlarida gernioplastika taktikasini belgilashda kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2026 yil 8-maydagi №7662-7-107-TB/2026-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 2026 yil 28-martdagi №46-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6-oktyabrdagi X209-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qorin boʻshligʻi rezervi mezonlarini qoʻllash plastikadan keyin II daraja va undan yuqori qorin ichi gipertenziyasi chastotasini 22,0% dan 2,9% gacha kamaytirdi, intraoperatsion sinov esa bemorlarning 6,4% ida operatsiyagacha rejani oʻzgartirdi; bu kompartment sindromi va unga bogʻliq ogʻir asoratlarning oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: qorin ichi gipertenziyasining oldi olinishi uning oqibatlarini intensiv terapiya bilan davolash xarajatlarini bartaraf etadi, har bir bemor hisobiga reanimatsiya va qoʻshimcha davolash xarajatlarida oʻrtacha 3 000 000–5 000 000 soʻm tejamkorlikni taʼminlaydi. Xulosa: KT-volyumetriya va darvoza qirralarini sinov tariqasida yaqinlashtirish bilan qorin ichi bosimini oʻlchash aponevrozni tikish mumkin boʻlmagan bemorlarni aniqlash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘ini yopishgacha nuqson chetlarini P-simon tikish va to‘rni aponevrozni choklamasdan ikki qatorli fiksatsiyalash bilan taranglashmagan gernioalloplastika usuli taklif etildi (O‘zR patenti IAP 8077), u katta va gigant churralarda II daraja va undan yuqori qorin ichi gipertenziyasi chastotasini 38,1% dan 2,9% gacha kamaytirganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2026 yil 28 fevralda №97-son bilan tasdiqlangan «Ventral churralar va ularning residivlarida gernioplastika taktikasini belgilashda kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2026 yil 8-maydagi №7662-7-107-TB/2026-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 2026 yil 28-martdagi №46-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6-oktyabrdagi X209-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: usul katta va gigant churralarda anʼanaviy onlay plastikaga nisbatan operatsiya sohasidagi mahalliy asoratlar chastotasini 47,5% dan 18,6% gacha, 12 oyga retsidivni 13,5% dan nolgacha kamaytirdi va toʻrni fiksatsiyalashda ichak shikastlanishini istisno qildi; usul maxsus jihozsiz, standart asboblar va polipropilen toʻr bilan bajarilishi uni viloyat davolash muassasalarida ham qoʻllash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: katta va gigant churralarda gospitalizatsiya davomiyligi 10,3 dan 7,2 sutkagacha (3,1 sutkaga) qisqardi; bir koyko-kun oʻrtacha 500 000 soʻm deb hisoblanganda har bir bemor hisobiga 1 550 000 soʻm, mahalliy asoratlar va retsidivlarning kamayishi hisobiga esa qoʻshimcha 4 500 000–6 000 000 soʻm tejamkorlikka erishiladi. Xulosa: usul katta va gigant churralarda qorin ichi bosimini oshirmagan holda xavfsiz plastikani taʼminlaydi hamda yara asoratlari va retsidivlar chastotasini kamaytiradi.
toʻrtinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i zaxirasi, nuqson eni, bitishuvlar va yara asoratlari xavf omillari bo‘yicha gernioplastika usulini tanlash algoritmi asoslandi, uni qo‘llash 12 oyga retsidiv chastotasini 5,5% dan 0,8% gacha kamaytirganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2026 yil 28 fevralda №97-son bilan tasdiqlangan «Ventral churralar va ularning residivlarida gernioplastika taktikasini belgilashda kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2026 yil 8-maydagi №7662-7-107-TB/2026-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 2026 yil 28-martdagi №46-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6-oktyabrdagi X209-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: algoritmni qoʻllash operatsiya sohasidagi mahalliy asoratlar chastotasini 25,7% dan 13,6% gacha, 12 oydan keyingi surunkali ogʻriqni 11,8% dan 4,6% gacha kamaytirdi, 24 oydan keyin EuraHS-QoL balli medianasi anʼanaviy tanlashdagi 14 ga qarshi 7 ni tashkil etdi; bu bemorlarning hayot sifatini va mehnat faolligini sezilarli yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: gospitalizatsiya davomiyligi 8,1 dan 6,6 sutkagacha qisqarib, 140 nafar bemor hisobida 209 koyko-kun tejaldi; bir koyko-kun oʻrtacha 500 000 soʻm deb hisoblanganda bu 104 500 000 soʻm iqtisodiy samarani tashkil etadi, seromalarni punksiya qilish va takroriy aralashuvlarga boʻlgan ehtiyojning kamayishi esa qoʻshimcha tejamkorlik beradi. Xulosa: gernioplastika usulini tanlash algoritmi asoratlar, retsidivlar va surunkali ogʻriq chastotasini kamaytiradi hamda davolash muddatlarini qisqartiradi.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001826. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.