← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Ergashev Farxod Muzafarovichning falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Yangi ishlab chiqilgan jarohat qoplamalaridan foydalangan holda fibrinoz-yiringli peritonitni davolash samaradorligini ishlab chiqish va baholash”, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2026.1.PhD/Tib6956
Ilmiy rahbar
To‘raqulov O‘ktamjon Nurmamatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
“Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01
Rasmiy opponentlar
Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot
Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi
amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

fibrinoz-yiringli peritonitni davolash uchun LKNK kompozit gelini ishlab chiqish va uning samaradorligini eksperimental asoslashdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

yangi fibrinoz-yiringli peritonit sharoitida antimikrob, fibrinolitik va reparativ ta’sirni o‘zida birlashtirgan LKNK kompozit geli ishlab chiqilgan;

gel qorin bo‘shlig‘iga kiritilganda uning yuqori darajadagi biomuvofiqligi va morfologik hamda laboratoriya ko‘rsatkichlari orqali aniqlangan;

LKNK gelining yallig‘lanish o‘zgarishlari yaqqolligini kamaytirish, mikroblar bilan ifloslanish darajasini pasaytirish, reparatsiya jarayonlarini jadallashtirish va qorin pardasining seroz qavatini tiklashdagi samaradorligi isbotlangan;

gelni peritonitning majmuali terapiyasi elementi sifatida patogenetik yo‘naltirilgan holda qo‘llanishi tizimli antibakterial va infuzion terapiya hajmini kamayishi isbotlangan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Lokal gelli terapiyani qo‘llash orqali fibrinoz-yiringli peritonitni davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu eksperimental tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlar asosida quyidagi uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi:

birinchi ilmiy yangilik: yangi fibrinoz-yiringli peritonit sharoitida antimikrob, fibrinolitik va reparativ ta’sirni o‘zida birlashtirgan LKNK kompozit geli ishlab chiqilganligi Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 4-avgustdagi 135-sonli buyrug‘i hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2026-yil 11-avgustdagi 105 i/ch-sonli buyrug‘i asosida ushbu muassasalarning xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi Ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha 2026-yil 8-oktyabr X224-sonli bergan xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fibrinoz-yiringli peritonitni kompleks xirurgik davolashda antimikrob, fibrinolitik va reparativ ta’sirni birlashtirgan LKNK kompozit gelining qo‘llanilishi mahalliy yallig‘lanish jarayonini cheklash, qorin bo‘shlig‘idagi fibrinoz qatlamlarning rezorbsiyasini jadallashtirish, bakterial kontaminatsiyani kamaytirish hamda qorin pardasining reparativ tiklanishini faollashtirish imkonini berdi. Tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish natijasida bemorlarda tana haroratining me’yorlashish muddati 4,4±0,5 kundan 3,2±0,2 kungacha, ichak peristaltikasining tiklanish muddati 4,3±0,5 kundan 2,8±0,2 kungacha, drenajlash davomiyligi 5,4±0,5 kundan 3,6±0,4 kungacha, statsionar davolanish muddati esa 12,6±1,6 kundan 9,3±1,0 kungacha qisqargan (p<0,001). Bu bemorlarning operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasini tezlashtirish, davolash samaradorligini oshirish va statsionar o‘rinlardan oqilona foydalanish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: LKNK kompozit gelini fibrinoz-yiringli peritonitning kompleks davolash tarkibida qo‘llash hisobiga bemorlarning statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 3,3 kunga qisqargan. Bir o‘rin-kunning hisob-kitob uchun qabul qilingan qiymati 415400 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V. Vohidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Shunga muvofiq, bir nafar bemor uchun iqtisodiy tejamkorlik 415400 so‘m×3,3 kun =1370820 so‘mni tashkil etadi. Tadqiqot natijalari amaliyotga joriy etilgan 30 nafar bemor hisobiga statsionar davolanish muddatining qisqarishidan olinadigan iqtisodiy tejamkorlik 1370820 so‘m×30 bemor = 41124600 so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, yallig‘lanish jarayonining tezroq regressiyasi, drenajlash muddatining qisqarishi hamda operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishi qo‘shimcha diagnostik va davolash xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Ushbu qo‘shimcha xarajatlar bo‘yicha alohida tasdiqlangan qiymatlar mavjud bo‘lmagani sababli ular iqtisodiy hisob-kitobga kiritilmadi. Umumiy iqtisodiy tejamkorlik: 415400 so‘m×3,3 kun×30 bemor=41124600 so‘m. Yillik iqtisodiy tejamkorlik: mazkur davolash usuli yil davomida 100 nafar bemorga qo‘llanilgan va statsionar davolanish muddatining o‘rtacha 3,3 kunga qisqarishi saqlangan taqdirda, 41124600 so‘m×(100/30) =137082000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikka erishish mumkin. Xulosa: bunda mazkur usulni amaliyotga joriy etish natijasida bir nafar bemor uchun 1370820 so‘m miqdorida hisobiy iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkoniyati aniqlandi. Tadqiqotda ushbu usul qo‘llanilgan 30 nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy tejamkorlik 41124600 so‘mni tashkil etdi. Mazkur davolash usuli yil davomida 100 nafar bemorga qo‘llanilganda, yillik iqtisodiy tejamkorlik 137082000 so‘mni tashkil etiadi. Shundan byudjet mablag‘lari hisobiga 41124600 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga esa 95957400 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikka erishiladi;

ikkinchi ilmiy yangilik: gel qorin bo‘shlig‘iga kiritilganda uning yuqori darajadagi biomuvofiqligi va morfologik hamda laboratoriya ko‘rsatkichlari orqali aniqlanganligi Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 4-avgustdagi 135-sonli buyrug‘i hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2026-yil 11-avgustdagi 105 i/ch-sonli buyrug‘i asosida ushbu muassasalarning xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha 2026-yil 8-oktyabr X224-sonli bergan xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: LKNK kompozit gelining qorin bo‘shlig‘iga kiritilganda yuqori darajadagi biomuvofiqligi morfologik va laboratoriya ko‘rsatkichlari orqali asoslanganligi fibrinoz-yiringli peritonitni mahalliy davolashda biologik jihatdan mos kompozitsiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Eksperimental tadqiqotlarda gel qo‘llanilgan hayvonlarda qorin pardasining morfologik holati, yallig‘lanish infiltratsiyasi, mikrosirkulyator o‘zgarishlar va reparativ jarayonlar dinamikasi baholandi. Laboratoriya tekshiruvlari organizmning yallig‘lanishga javob reaksiyasini kuzatish hamda qo‘llanilgan kompozitsiyaning biologik mosligini kompleks baholash imkonini berdi. Klinik amaliyotga joriy etish natijalarida tana haroratining me’yorlashish muddati 4,4±0,5 kundan 3,2±0,2 kungacha, drenajlash davomiyligi esa 5,4±0,5 kundan 3,6±0,4 kungacha qisqargani qayd etilgan (p<0,001). Mazkur natijalar mahalliy gel terapiyasini kompleks davolash tarkibida qo‘llash, bemorlarning operatsiyadan keyingi holatini baholash va laboratoriya nazoratini klinik zaruratga muvofiq tashkil etish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: LKNK kompozit gelining biomuvofiqligini morfologik va laboratoriya ko‘rsatkichlari orqali asoslash operatsiyadan keyingi nazoratni maqbullashtirish va klinik jihatdan zarur bo‘lmagan takroriy laboratoriya tekshiruvlariga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Qonning umumiy tahlili 78700 so‘m, leykotsitar formula 45300 so‘m, C-reaktiv oqsil 49600 so‘m, umumiy oqsil 39500 so‘m va albumin 44200 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V. Vohidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Mazkur laboratoriya tekshiruvlari majmuasining umumiy qiymati 78700+45300+49600+39500+44200=257300 so‘m. Bir nafar bemorda bitta takroriy laboratoriya tekshiruvlari majmuasini qisqartirish hisobiga 257300 so‘m iqtisod qilish mumkin. 15 nafar bemor uchun ushbu ko‘rsatkich 257300 so‘m×15=3859500 so‘mni tashkil etadi. Umumiy iqtisodiy tejamkorlik: 257 300 so‘m×15 bemor =3859500 so‘m. Yillik iqtisodiy tejamkorlik: yil davomida 75 nafar bemorda bittadan ortiqcha laboratoriya tekshiruvlari majmuasi qisqartirilganda, 257300 so‘m×75=19297500 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik hisoblanadi. Xulosa: bunda mazkur usulni amaliyotga joriy etish natijasida bir nafar bemor uchun 257300 so‘m miqdorida hisobiy iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkoniyati aniqlandi. Hisob-kitobda keltirilgan 15 nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy tejamkorlik 3859500 so‘mni tashkil etdi. Mazkur yondashuv yil davomida 75 nafar bemorga qo‘llanilganda, yillik iqtisodiy tejamkorlik 19297500 so‘mni tashkil etadi. Shundan byudjet mablag‘lari hisobiga 7719000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga esa 11578500 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik hisoblanadi;

uchinchi ilmiy yangilik: LKNK gelining yallig‘lanish o‘zgarishlari yaqqolligini kamaytirish, mikroblar bilan ifloslanish darajasini pasaytirish, reparatsiya jarayonlarini jadallashtirish va qorin pardasining seroz qavatini tiklashdagi samaradorligi isbotlanganligi Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 4-avgustdagi 135-sonli buyrug‘i hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2026-yil 11-avgustdagi 105 i/ch-sonli buyrug‘i asosida ushbu muassasalarning xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha 2026-yil 8-oktyabr X224-sonli bergan xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: LKNK kompozit gelining yallig‘lanish o‘zgarishlarini kamaytirish, qorin bo‘shlig‘idagi mikrob kontaminatsiyasini pasaytirish, reparativ jarayonlarni jadallashtirish va qorin pardasining seroz qavatini tiklashdagi samaradorligi eksperimental-morfologik va mikrobiologik tadqiqotlar orqali asoslandi. Gel qo‘llanilishi yallig‘lanish infiltratsiyasi va fibrinoz-nekrotik o‘zgarishlarning kamayishi, mikrosirkulyatsiyaning tiklanishi, granulyatsion to‘qimaning yetilishi hamda seroz qavat regeneratsiyasining faollashishi bilan tavsiflandi. Klinik kuzatuvlarda tana haroratining me’yorlashish muddati 4,4±0,5 kundan 3,2±0,2 kungacha, ichak peristaltikasining tiklanish muddati 4,3±0,5 kundan 2,8±0,2 kungacha, drenajlash davomiyligi esa 5,4±0,5 kundan 3,6±0,4 kungacha qisqargan (p<0,001). Taqqoslash guruhidagi 12 nafar bemorning 2 nafarida qorin ichi abssessi va 2 nafarida takroriy jarrohlik aralashuviga ehtiyoj qayd etilgan bo‘lsa, LKNK geli qo‘llanilgan 15 nafar bemorda ushbu asoratlar kuzatilmagan. Olingan natijalar fibrinoz-yiringli peritonitda mahalliy davolash samaradorligini oshirish, operatsiyadan keyingi tiklanishni jadallashtirish hamda yiringli-septik asoratlarning rivojlanish xavfini kamaytirish imkoniyatlarini kengaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: LKNK kompozit gelini kompleks davolash tarkibida qo‘llash qorin ichi yiringli asoratlari va takroriy jarrohlik aralashuvlari bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Qorin bo‘shlig‘i abssessini ultratovush nazoratida teri orqali punksiya qilish qiymati 841000 so‘m, relaparotomiya, qorin bo‘shlig‘ini reviziya va sanatsiya qilish qiymati esa 3112000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V. Vohidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Taqqoslash guruhida qayd etilgan ikki holatdagi qorin ichi abssessini davolash uchun 841000×2=1682000 so‘m, ikki holatdagi relaparotomiya uchun esa 3112000×2=6224000 so‘m miqdoridagi xarajat hisoblanadi. Mazkur muolajalar bo‘yicha umumiy xarajatlar farqi 1682000+6224000=7906000 so‘mni tashkil etadi. Umumiy iqtisodiy tejamkorlik: 841000×2+3112000×2=7906000 so‘m. Yillik iqtisodiy tejamkorlik: yil davomida 60 nafar bemorga ushbu davolash usuli qo‘llanilishi va hisoblangan xarajatlar farqining 15 nafar bemorga nisbatan olingan darajasi saqlanishi asosida 7906000×4=31624000 so‘m miqdoridagi yillik iqtisodiy tejamkorlik baholanadi. Xulosa: bunda mazkur usulni amaliyotga joriy etish natijasida bir nafar bemor uchun 527067 so‘m miqdorida hisobiy iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkoniyati aniqlandi. Tadqiqotda ushbu usul qo‘llanilgan 15 nafar bemor uchun umumiy hisobiy iqtisodiy tejamkorlik 7906000 so‘mni tashkil etdi. Mazkur davolash usuli yil davomida 60 nafar bemorga qo‘llanilganda, yillik iqtisodiy tejamkorlik 31624000 so‘mni tashkil etadi. Shundan byudjet mablag‘lari hisobiga 9487200 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga esa 22136800 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik hisoblanadi;

to‘rtinchi ilmiy yangilik: gelni peritonitning majmuali terapiyasi elementi sifatida patogenetik yo‘naltirilgan holda qo‘llanishi tizimli antibakterial va infuzion terapiya hajmini kamayishi isbotlanganligi- Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 4-avgustdagi 135-sonli buyrug‘i hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2026-yil 11-avgustdagi 105 i/ch-sonli buyrug‘i asosida ushbu muassasalarning xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha 2026-yil 8-oktyabr X224-sonli bergan xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: LKNK kompozit gelini fibrinoz-yiringli peritonitning majmuali terapiyasi tarkibida patogenetik yo‘naltirilgan holda qo‘llash yallig‘lanish o‘chog‘iga bevosita mahalliy ta’sir ko‘rsatish, fibrinoz-nekrotik o‘zgarishlarni kamaytirish, mikrob kontaminatsiyasini pasaytirish va qorin pardasining reparativ tiklanishini jadallashtirish imkoniyatlarini kengaytirdi. Gelning antimikrob, fibrinolitik va reparativ xususiyatlarini birlashtirishi kompleks davolashning patogenetik asoslangan komponentini shakllantirdi. Klinik kuzatuvlarda tana haroratining me’yorlashish muddati 4,4±0,5 kundan 3,2±0,2 kungacha, ichak peristaltikasining tiklanish muddati 4,3±0,5 kundan 2,8±0,2 kungacha, drenajlash davomiyligi esa 5,4±0,5 kundan 3,6±0,4 kungacha qisqargan (p<0,001). Mazkur natijalar bemorlarning operatsiyadan keyingi tiklanishini jadallashtirish, tizimli antibakterial va infuzion terapiya hajmini klinik ko‘rsatmalarga muvofiq maqbullashtirish hamda davolash resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: LKNK kompozit gelini kompleks davolash tarkibida qo‘llash natijasida tizimli antibakterial va infuzion terapiya hajmini kamaytirish bilan bog‘liq iqtisodiy samaradorlik baholandi. Hisoblash uchun antibakterial preparatlar majmuasi, infuzion eritmalar, ularni yuborishga sarflanadigan tibbiy buyumlar hamda muolajalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarning bir bemor uchun kunlik umumiy qiymati 250000 so‘m miqdorida qabul qilindi. Davolashning mazkur komponentlari hajmi ikki kunga qisqartirilganda, bir bemor uchun 250000 ×2=500000 so‘m miqdorida hisobiy iqtisodiy tejamkorlik yuzaga keladi. Umumiy iqtisodiy tejamkorlik: 250000×2×15=7500000 so‘m. Yillik iqtisodiy tejamkorlik: mazkur davolash usuli yil davomida 80 nafar bemorga qo‘llanilganda, 250000×2×80=40000000 so‘m miqdorida yillik hisobiy iqtisodiy tejamkorlik baholanadi. Xulosa: bunda mazkur usulni amaliyotga joriy etish natijasida bir nafar bemor uchun 500000 so‘m miqdorida hisobiy iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkoniyati aniqlandi. Tadqiqotda ushbu usul qo‘llanilgan 15 nafar bemor uchun umumiy hisobiy iqtisodiy tejamkorlik 7500000 so‘mni tashkil etdi. Mazkur davolash usuli yil davomida 80 nafar bemorga qo‘llanilganda, yillik iqtisodiy tejamkorlik 40000000 so‘mni tashkil etadi. Shundan byudjet mablag‘lari hisobiga 16000000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga esa 24000000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik hisoblanadi.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001830. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.