Mardonova Malika Asatilloyevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar
- Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi)
- “Hududlarda xavfsiz turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
- Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
- B2025.4.PhD/Iqt6238
- Ilmiy rahbar
- Berdimurodov Aziz Shukrilloyevich, PhD, dotsent
- Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
- “Ipak yoli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
- IK faoliyat olib ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
- “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.22/2025.27.12.I.01.01
- Rasmiy opponentlar
- Taniyev Ahmadjon Baxromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardayev Botir Rahmatullayevich, PhD, dotsent.
- Yetakchi tashkilot
- Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
- Dissertatsiya yo‘nalishi
- nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi
hududlarda xavfsiz turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
hududlarda ziyoratgohlarni funksional zonalashtirishda, chegaralarini belgilash va ushbu yo‘nalishlardan alohida foydalanish tartibini joriy etish maqsadida ushbu obyektlarning rekreatsion zonalari boshqaruvini davlat-xususiy sheriklik negizida, shaharsozlik, ekologik hamda madaniy merosni muhofaza qilish talablariga muvofiq amalga oshirish asosida ziyoratchilar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma, yashil hududlar, dam olish maskanlari, axborot markazlari va servis nuqtalari barpo etish uchun “Safe Pilgrimage Destination” modelidan foydalanishning afzalliklari asoslangan;
transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish maqsadida ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash hamda transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish, ular tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarining aniq mexanizmlarini belgilash maqsadida “Ensuring Tourism Safety” usulidan foydalanish ilmiy asoslangan;
hududlarda yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida turistik majmualarni loyihalash va qurish bo‘yicha yagona talablar hamda namunaviy loyihalarni ishlab chiqish asosida turistik obyektlarning seysmik, yong‘in va ekologik xavfsizlik talablariga, shaharsozlik normalariga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik standartlariga muvofiqligini ta’minlashda “Safety Requirements” modelidan foydalanish ilmiy jihatdan asoslangan;
hududlarda turistik obyektlarga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar oqimining trend, mavsumiylik va tadbirlar o‘tkazish tendensiyalari asosida tuzilmali vaqt qatorlari modelidan foydalanib turizm xavfsizligi resurslarini mavsumiy yuklama darajasiga muvofiq 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Hududlarda xavfsiz turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarda ziyoratgohlarni funksional zonalashtirishda, chegaralarini belgilash va ushbu yo‘nalishlardan alohida foydalanish tartibini joriy etish maqsadida ushbu obyektlarning rekreatsion zonalari boshqaruvini davlat-xususiy sheriklik negizida, shaharsozlik, ekologik hamda madaniy merosni muhofaza qilish talablariga muvofiq amalga oshirish asosida ziyoratchilar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma, yashil hududlar, dam olish maskanlari, axborot markazlari va servis nuqtalari barpo etish uchun “Safe Pilgrimage Destination” modelidan foydalanishning afzalliklari bo‘yicha asoslangan takliflar 2026-yil 30-apreldagi PQ–161-son “2026–2027-yillarda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 6-oktabrdagi 02-17/10959-son ma’lumotnomasi). Natijada ziyoratchilar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma, yashil hududlar, dam olish maskanlari, axborot markazlari va servis nuqtalari barpo etish asosida turistik jozibadorligi ikki baravar oshishiga sabab bo‘lgan;
transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish maqsadida ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash hamda transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish, ular tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarining aniq mexanizmlarini belgilash asosida sayyohlarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va uni nazorat qilishning zamonaviy talablar hamda tartib-tamoyillardan kelib chiqib belgilash uchun “Ensuring Tourism Safety” usulidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2026-yil 30-apreldagi PQ–161-son “2026–2027-yillarda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 6-oktabrdagi 02-17/10959-son ma’lumotnomasi). Natijada, sayyohlarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va uni nazorat qilishning zamonaviy talablarga rioya qilinishi ikki martaga oshgan;
hududlarda yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida turistik majmualarni loyihalash va qurish bo‘yicha yagona talablar hamda namunaviy loyihalarni ishlab chiqish asosida turistik obyektlarning seysmik, yong‘in va ekologik xavfsizlik talablariga, shaharsozlik normalariga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik standartlariga mos bo‘lishini ta’minlashda “Safety Requirements” modelidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2026-yil 30-apreldagi PQ–161-son “2026–2027-yillarda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 6-oktabrdagi 02-17/10959-son ma’lumotnomasi). Natijada turistik obyektlarning seysmik, yong‘in va ekologik xavfsizlik talablari, shaharsozlik normalari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik imkoniyatlari 20 foizga oshirilgan;
hududlarda turistik obyektlarga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar oqimining trend, mavsumiylik va tadbirlar o‘tkazish tendensiyalari asosida tuzilmali vaqt qatorlari modelidan foydalanib turizm xavfsizligi resurslarini mavsumiy yuklama darajasiga muvofiq 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Turizm qo‘mitasi tomonidan turizm sohasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar va dasturlariga kiritilgan. Natijada, yuqori tashrif kuzatiladigan davrlarda xavfsizlik xizmatlarini oldindan safarbar etish, resurslardan oqilona va tejamkor foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni ta’minlash imkoniyati yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 6-oktabrdagi 02-17/10959-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyatida tegishli parametrlarni qoʻllash hisobiga hududlarda xavfsiz turizmni rivojlantirishning imkoniyatlari dalillangan.
Manba: oak.uz — eʼlon №1001831. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.