← Himoya eʼlonlariFalsafa doktori (PhD)

Ibroximov Nodirbek Xasanovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi)
“Turistik destinatsiyalarning salohiyatini oshirish usullarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam
B2026.2.PhD/Iqt7215
Ilmiy rahbar
Nasimov Dilmurod Abulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat olib ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar
Kodirov Azizjon Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kuvandikov Shuxrat Oblokulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot
Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi
nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi

maqsadi kreativ iqtisodiyot sharoitida hududlarga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar oqimini koʻpaytirish istiqbollariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

hududlar resurs bazasi, infratuzilma, kadr va institutlar, talab hamda xizmat sifati bloklarini birlashtiruvchi integral salohiyat indeksi va klaster tahlilini o‘tkazish maqsadida Toshkent shahri yetakchi mega-destinatsiya, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari yetuk madaniy destinatsiyalar (o‘rtacha indeks 0,534), Toshkent, Namangan, Navoiy va Jizzax viloyatlari o‘sish salohiyatiga ega hududlar (0,304), qolgan oltita hudud esa rivojlanishdan ortda qolgan hududlar (0,177) tipiga kirishi hamda tipologiya og‘irliklar tanloviga bog‘liq emasligi (5000 ta variant bo‘yicha o‘rtacha rang korrelyatsiyasi 0,966) modeli asosida hududlar turistik destinatsiyalarini differensiallashgan siyosat yo‘nalishlarini belgilashda “Differentiated policy for regional tourism destinations” usulidan foydalanish bo‘yicha takliflar asoslangan;

mamlakatimizda 2030-yilda 20 mln xorijiy turistllarni jalb qilish hamda qo‘shimcha joylashtirish vositalarida 58721 o‘rin yaratish maqsadida yumshoq tenglashtirish ssenariysi sig‘im taqsimotidagi Jini koeffitsiyentini 0,3968 gacha pasaytirib, eng kam investitsiya talab qilishda bootstrap usulida tuzatilgan ma’lumotlar o‘rami tahlili va zarur joylashtirish sig‘imining muvozanat tenglamasi asosida hududlar kesimida sig‘imdan foydalanish samaradorligini baholashni hududiy konsentratsiya mezoni bo‘yicha taqsimlash ssenariylarini tanlash uchun “Balance of Required Accommodation Capacity” modelidan foydalanishning afzalliklari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

respublikaga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida xorijiy turistlar manba bozorlari portfelini “o‘sish – xatar” mezoni negizida optimallashtirish va bozorlarni to‘rt segmentga (baza, o‘sish, qiymatli va mintaqaviy bozorlar) ajratgan holda differensiallashgan destinatsiya marketingi strategiyasini shakllantirish asosida amaliy siyosat varianti kutilayotgan o‘sish sur’atini 37,81 dan 49,81 foizga oshirib, xatarni 24,13 dan 20,73 foizga kamaytirish, daromad-xatar nisbatini 53,3 foizga yaxshilashi va bozorlar konsentratsiyasi indeksini 0,2121 dan 0,1777 ga pasaytirish modelini ishlab chiqishda “Growth–Risk Matrix” usulidan foydalanishning afzalliklari bo‘yicha takliflar asoslangan;

hududlarda turizmni rivojlantirish va turistik destinatsiyalarning salohiyatini oshirish usullarini takomillashtirish uchun ekonometrik modelini qoʻllangan holda xorijiy turistlar oqimi o‘sishning 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqigan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Turistik destinatsiyalar salohiyatini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

hududlar resurs bazasi, infratuzilma, kadr va institutlar, talab hamda xizmat sifati bloklarini birlashtiruvchi integral salohiyat indeksi va klaster tahlili asosida hududiy turistik destinatsiyalar uchun differensiallashgan siyosat yo‘nalishlarini belgilashda “Differentiated policy for regional tourism destinations” usulidan foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 10-yanvardagi 1/2026-son «Hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil “23” oktabrdagi 02-17/11791-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahri yetakchi mega-destinatsiya, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari yetuk madaniy destinatsiyalar (o‘rtacha indeks 0,534), Toshkent, Namangan, Navoiy va Jizzax viloyatlari o‘sish salohiyatiga ega hududlar (0,304), qolgan oltita hudud esa rivojlanishdan ortda qolgan hududlar (0,177) tipiga kirishi hamda tipologiya og‘irliklar tanloviga bog‘liq emasligi (5 000 ta variant bo‘yicha o‘rtacha rang korrelyatsiyasi 0,966) ilmiy asoslangan;

mamlakatimizda 2030-yilda 20 mln xorijiy turistlarni jalb qilish hamda qo‘shimcha joylashtirish vositalarida 58721 o‘rin yaratish maqsadida bootstrap usulida tuzatilgan ma’lumotlar o‘rami tahlili va zarur joylashtirish sig‘imining muvozanat tenglamasi asosida sig‘imdan foydalanish samaradorligini baholash va taqsimlash ssenariylarini tanlash uchun “Balance of Required Accommodation Capacity” modelidan foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 10-yanvardagi 1/2026-son «Hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil “23” oktabrdagi 02-17/11791-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika bo‘yicha 90179 o‘rinlik ortiqcha sig‘im mavjudligi, 2030-yilda 20 mln sayyoh maqsadiga erishish uchun qo‘shimcha 58721 o‘rin zarurligi hamda yumshoq tenglashtirish ssenariysi sig‘im taqsimotidagi Jini koeffitsientini 0,3968 gacha pasaytirib, eng kam investitsiya (2 710,9 mln AQSH dollari) talab qilishi ilmiy asoslangan;

respublikaga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida manba bozorlari portfelini “o‘sish – xatar” mezoni negizida optimallashtirish va bozorlarni to‘rt segmentga ajratgan holda differensiallashgan destinatsiya marketingi strategiyasini shakllantirishda “Growth–Risk Matrix” usulidan foydalanish bo‘yicha takliflar 2026-yil 8-iyuldagi 373-son «Turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik tadbirlarini respublika hududida tashkil qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash» to‘g‘risidagi «Chora-tadbirlar» rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil “23” oktabrdagi 02-17/11791-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy siyosat varianti kutilayotgan o‘sish sur’atini 37,81 dan 49,81 foizga oshirib, xatarni 24,13 dan 20,73 foizga kamaytirishi, daromad-xatar nisbatini 53,3 foizga yaxshilashi va bozorlar konsentratsiyasi indeksini 0,2121 dan 0,1777 ga pasaytirishi ilmiy asoslangan;

hududlarda turizmni rivojlantirish va turistik destinatsiyalarning salohiyatini oshirish uchun ekonometrik modelni qo‘llagan holda ishlab chiqilgan xorijiy turistlar oqimi o‘sishining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari Turizm qo‘mitasi tomonidan turizm sohasini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari va dasturlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil “23” oktabrdagi 02-17/11791-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy turistlar soni 2030-yilda inersion ssenariyda 18,3 mln, faol ssenariyda 22,8 mln nafarni tashkil etishi, 20 mln nafarlik maqsadga erishish uchun turistik faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar sonini kamida 1 056 taga yetkazish zarurligi hamda joylashtirish sig‘imini rejalashtirishda ssenariylar oralig‘ini (224,1–278,4 ming o‘rin) hisobga olish zarurligi ilmiy asoslangan.

Manba: oak.uz — eʼlon №1001832. Eʼlon OAK rasmiy saytidan avtomatik olingan; himoya sanasi va joyi boʻyicha aniq maʼlumot uchun manbaga murojaat qiling.