NUTQNI SHAKLLANTIRISH
Xolmatova Fotima Baxtiyor qizi, Qarshi Davlat Universiteti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi tayanch doktoranti, Qarshi, O‘zbekiston
Annotatsiya
KIRISH
maktabgacha ta’lim davrida bolalarning nutq va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish ularning umumiy intellektual va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Dialogik nutq — bolalarning o‘z fikrini erkin ifodalash, boshqalarni tinglash va muloqotda faol ishtirok etish qobiliyatidir. Art-pedagogik yondashuv, ya’ni san’at va ijodiy faoliyat orqali tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash, bolalarda nutqiy va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Bu yondashuv orqali bolalar ijodiy o‘yinni, rasm chizish, dramatizatsiya va musiqiy faoliyatni amalga oshirib, dialogik nutq ko‘nikmalarini tabiiy muhitda o‘rganadi. Ushbu maqolada nutqiy kompetensiyani shakllantirish jarayonida artpedagogikaning innovatsion metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishda badiiy estetik vositalardan foydalanish samaradorligi yoritiladi. Maqolada zamonaviy metodik yondashuvlar, interfaol mashg‘ulotlar, dramatizatsiya, musiqiy terapiya, tasviriy san’at orqali ta’sirchanlik va ifodaviy nutqni rivojlantirish usullari keltirilgan.
MAQSAD
tadqiqotning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida artpedagogik yondashuv metodlari yordamida tarbiyalanuvchilarda dialogik nutqni shakllantirishning samarali strategiyalarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR
tadqiqot jarayonida quyidagi materiallar va metodlardan foydalanildi: Kuzatuv: Bolalarning turli faoliyatlarda (ijodiy o‘yinlar, rasm chizish, qo‘shiq aytish, dramatizatsiya) nutq va muloqot ko‘nikmalarini baholash. Eksperiment: Art-pedagogik mashg‘ulotlar orqali bolalarning dialogik nutqini rivojlantirish bo‘yicha eksperimental dastur ishlab chiqildi. Interaktiv usullar: Rol o‘ynash, hikoya yaratish, musiqiy dramatizatsiya va guruhli mashg‘ulotlar. Tahlil va baholash: Bolalarning nutqdagi faoliyati, so‘z boyligi, savollar berish va javob berish qobiliyati, hamda muloqotdagi ishtiroki kuzatildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
eksperimental tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, art-pedagogik yondashuv bolalarda dialogik nutqni samarali rivojlantirishga yordam beradi. Mashg‘ulotlar davomida bolalar bir-biri bilan erkin muloqot qilgan, o‘z fikrlarini so‘z bilan ifodalashni o‘rganishgan va ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlangan. Rasm va tasviriy san’at: Bolalar rasm chizish orqali o‘z fikrini ifodalashni o‘rganadi, bu esa nutqiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi. Dramatizatsiya va rolli o‘yinlar: Bolalar turli rollarda o‘ynash orqali so‘zlashish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Musiqa va qo‘shiq: Bolalar qo‘shiq va ritmik mashqlar orqali nutq va talaffuzni mustahkamlaydi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, artpedagogik mashg‘ulotlar tarbiyalanuvchilarda nutqiy faoliyatga qiziqishni oshiradi, so‘z boyligini va grammatik tuzilmani yaxshilaydi, muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi, ijodiy va tanqidiy fikrlashni rag‘batlantiradi.
XULOSA
art-pedagogik yondashuv maktabgacha ta’limda dialogik nutqni shakllantirishda samarali vosita ekanligi tadqiqot natijalarida tasdiqlandi. Ushbu yondashuv bolalarning nutqiy, ijodiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, maktabgacha ta’lim jarayonini interaktiv va qiziqarli qiladi. Kelgusida pedagoglar art-pedagogik metodlarni o‘quv jarayoniga muntazam kiritish orqali bolalarda muloqot va ijodiy qobiliyatlarni yanada rivojlantirishlari mumkin.
Kalit so‘zlar: art-pedagogika, maktabgacha ta’lim, dialogik nutq, ijodiy faoliyat, tarbiyalanuvchi, dramatizatsiya, musiqiy faoliyat, interaktiv metodlar.
ФОРМИРОВАНИЕ ДИАЛОГИЧЕСКОЙ РЕЧИ У ВОСПИТАННИКОВ
ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ С ПОМОЩЬЮ МЕТОДОВ,
ОСНОВАННЫХ НА АРТ-ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ПОДХОДЕ
Холматова Фотима Бахтиёр кизи, Кашкадарьинский государственный университет, кафедра дошкольного образования, докторант, Карши, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в дошкольном возрасте развитие речи и коммуникативных навыков детей играет важную роль в их общем интеллектуальном и социальном развитии. Диалогическая речь — это способность ребенка свободно выражать свои мысли, слушать других и активно участвовать в общении. Арт-педагогический подход, то есть воспитание через искусство и творческую деятельность, служит эффективным средством формирования речевых и коммуникативных навыков у воспитанников. С помощью этого подхода дети осваивают диалогическую речь в естественной среде через творческие игры, рисование, драматизацию и музыкальную деятельность. В данной статье анализируются инновационные методические возможности артпедагогики в формировании речевой компетенции. Раскрывается эффективность использования художественно-эстетических средств в развитии речи детей дошкольного возраста. Приведены современные методические подходы, такие как интерактивные занятия, драматизация, музыкальная терапия и изобразительное искусство
ЦЕЛЬ
основная цель исследования — выявить эффективные стратегии формирования диалогической речи у воспитанников дошкольных образовательных учреждений с использованием методов, основанных на арт-педагогическом подходе, и разработать практические рекомендации.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в процессе исследования использовались следующие материалы и методы: Наблюдение: оценка речевых и коммуникативных навыков детей в различных видах деятельности (творческие игры, рисование, пение, драматизация). Эксперимент: разработана экспериментальная программа по развитию диалогической речи детей с использованием арт-педагогических занятий. Интерактивные методы: ролевые игры, создание историй, музыкальная драматизация и групповые занятия. Анализ и оценка: отслеживание речевой активности детей, словарного запаса, умения задавать вопросы и отвечать, а также участия в коммуникации.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
результаты эксперимента показали, что арт-педагогический подход способствует эффективному развитию диалогической речи у детей. В ходе занятий дети свободно общались друг с другом, учились выражать свои мысли словами и развивали творческое мышление. Рисование и изобразительное искусство: дети учатся выражать свои мысли через рисунок, что поддерживает речевую активность, драматизация и ролевые игры: играя различные роли, дети развивают навыки говорения и слушания, музыка и пение: через песенные и ритмические упражнения дети укрепляют речь и произношение. Результаты показали, что арт-педагогические занятия способствуют: повышению интереса к речевой деятельности, расширению словарного запаса и улучшению грамматической структуры, развитию коммуникативных и социальных навыков, стимулированию творческого и критического мышления.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
арт-педагогический подход является эффективным средством формирования диалогической речи в дошкольном образовании. Он способствует укреплению речевых, творческих и социальных навыков детей, делает процесс дошкольного обучения интерактивным и увлекательным. В будущем педагоги могут регулярно внедрять арт-педагогические методы в образовательный процесс для дальнейшего развития коммуникативных и творческих способностей детей.
Ключевые слова: арт-педагогика, дошкольное образование, диалогическая речь, творческая деятельность, воспитанник, драматизация, музыкальная деятельность, интерактивные методы.
FORMING DIALOGIC SPEECH IN PRESCHOOL CHILDREN THROUGH METHODS
BASED ON ART-PEDAGOGICAL APPROACH
Kholmatova Fotima Bakhtiyor qizi, Karshi State University, Department of Preschool Education, Doctoral Candidate, Karshi, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION
in the preschool period, the development of children’s speech and communication skills plays a crucial role in their overall intellectual and social growth. Dialogic speech is the ability of a child to express their thoughts freely, listen to others, and actively participate in communication. The art-pedagogical approach, which involves educating children through art and creative activities, serves as an effective tool for developing speech and communicative skills. Through this approach, children acquire dialogic speech skills in a natural environment by engaging in creative play, drawing, dramatization, and musical activities.
AIM
the main purpose of this study is to identify effective strategies for developing dialogic speech in preschool children using methods based on the artpedagogical approach and to provide practical recommendations for educators.
MATERIALS AND METHODS
the study employed the following materials and methods: Observation: assessing children’s speech and communication skills during various activities (creative play, drawing, singing, dramatization). Experiment: an experimental program was developed to promote dialogic speech in children through artpedagogical activities. Interactive Methods: role-playing, storytelling, musical dramatization, and group activities. Analysis and Evaluation: monitoring children’s speech activity, vocabulary, ability to ask and answer questions, and participation in communication.
DISCUSSION AND RESULTS
the results of the experimental study demonstrated that the art-pedagogical approach effectively promotes the development of dialogic speech in children. During the activities, children freely interacted with each other, learned to express their thoughts verbally, and developed creative thinking skills. Drawing and Visual Arts: children learn to express their ideas through drawing, which supports speech development. Dramatization and Role-Play: children develop speaking and listening skills by acting in different roles. Music and Singing: children strengthen their speech and pronunciation through songs and rhythmic exercises. The findings indicate that art-pedagogical activities contribute to: increasing interest in speech activity, expanding vocabulary and improving grammatical structures, developing communicative and social skills, stimulating creative and critical thinking.
CONCLUSION
the art-pedagogical approach is an effective tool for developing dialogic speech in preschool education. It helps strengthen children’s speech, creative, and social skills, while making the preschool learning process interactive and engaging. In the future, educators can regularly incorporate art-pedagogical methods into educational activities to further develop children’s communication and creative abilities.
Keywords: art-pedagogy, preschool education, dialogic speech, creative activity, child, dramatization, musical activity, interactive methods.
Hozirgi zamonda jahon ta’lim tizimiga bo`lgan e’tibor ta’limning boshlang`ich nuqtasi hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimi oldiga ham ulkan talablar qo`ymoqda. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarning yetuk rivojlanishi eng muhim masalalardan biri bo`lib qolmoqda. Shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish, ularni shaxs sifatida kamol topishida muhim omil hisoblanadi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog borki, artpedagogika atamasini bilmasligi mumkin emas. Zero, bugungi jadal rivojlanib borayotgan zamonda ta’lim tizimining har bir bosqichida bu metodga murojaat qilinadi.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda artpedagogikaning bir necha uaullarini qo`llash mumkin. Masalan, artning bir turi hisoblangan ertaklar orqali bolalarda faol nutqni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ye.A.Flerina maktabgacha yoshdagi bolalarni o`qitishning o`ziga xos ekanligini ta’kidlagan holda shunday degan: “Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg‘ulotlar va maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib o‘rganadilar” [6;263]
Tadqiqot metodologiyasi. Artpedagogika – pedagogika sohasining bir yo`nalishi hisoblanib, bu ta’limot bolalarning turli rivojlanish sohalarini san’at orqali shakllantirishni ko‘zda tutadi. Mazkur yondashuv orqali bola o‘z his-tuyg‘ularini ifodalaydi, estetik zavq oladi va eng muhimi – o‘z fikrini nutq orqali ifodalashni o‘rganadi.
Pedagogikaning ushbu sohasini tadqiq etuvchi olimlardan bo`lgan N.Y.Sergeyevaning fikricha, “Artpedagogikaning asosini umumiy shaklda ta'lim jarayonida san'at va jismoniy faoliyat orqali bolalarning shaxsiy sifatida namoyon qilish mumkin”. [9;43]
Artpedagogikani bir qancha yo‘nalishlari mavjud: - Dramatizatsiya. - Tasviriy san’at. - Musiqa terapiyasi. - Ritmika va harakat.
Bu metodlar bolaning so‘z boyligini oshirish, gap tuzish ko‘nikmasini mustahkamlash va muloqotga kirishish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bo`lgan bolalar taqlid qilishni juda xush ko`radilar. Bu esa ularning nutqini yanada faollashtirishga xizmat qiladi. Agarda, bolalarga ertak qahramonlari nomidan gapirilganda, bolajonlar gap tarkibidan yangi so`zlarni ilg`ab olishadi, hamda ulartga taqlid qilgan holda bu so`zlarni takrorlashadi. Qarabsizki, bolajonlarning lug`at boyligi yana bir necha so`zga ortib boradi.
Adabiyotlar tahlili. Zamonaviy ta’limda art terapiya usullari ta’lim berish hamda davolash ishlarida o`ziga xos ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu sababdan ko`plab xorij olimlari hamda yurtimiz tadqiqotchilari ushbu yo`nalishning natijaviyligini o`z tajribalarida isbotlab kelmoqda. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishni artpedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar E.Medvedova, I.Levchenko, L.Komissarova, G.Pankova, K.Rudestam, N,Zelentsova izlanishlarida artterapiya turlari hamda uni qo’llash usullari bayon qilinadi.
Xususan, K. G. Jung, I.Yakobi ranglarning bolalarning psixik xususiyatlariga mos kelishini aniqladilar. M.Naumburg bolaning eng muhim fikr va kechinmalari, eng avvalo, obrazlar ko`rinishida namoyon bo`lishini ta`kidladi, M.G.Betenskiy art-terapiya jarayonida san`atni idrok etish xususiyatlarini o`rgandi, G.M.Fers bolalar rasmlari badiiy terapiyasining mazmunli talqinini ishlab chiqdi.
T.B. Filichevaning fikriga ko`ra Artpedagogik ta’limda “Maxsus o'yinlar va mashqlar orqali bolalarda nutqqa oid bo'lmagan tovushlarni tanib olish va farqlash qobiliyati rivojlanadi. Ushbu tadbirlar, shuningdek, eshitish diqqatini va eshitish xotirasini rivojlantirishga yordam beradi”[ 5;232]. So`nggi yillarda mamlakatimiz pedagog olimlari tomonidan ham artpedagogik usullar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Chunonchi, Sh.Sh.Nizomova o`zining “Bolalar nutqini o`stirish nazariyasi va texnologiyalari” nomli o`quv qo`llanmasida art-pedagogikaning muhim yo`nalishlaridan biri hisoblangan o`yin terapiyani ta’limda qo`llashning samarali jihatlarini e’tirof etib shunday degan “Buyum va o`yinchoqlar bilan o`ynaladigan o`yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o`ynaladigan o`yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o`yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to`g`risida umumiy tushuncha hosil bo`ladi.” [7;39]
Natijalar va muhokama. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda artpedagogikaning bir qancha innovatsion metodlaridan foydalanish mumkin. Xususan, ertakterapiya orqali bolalarda faol nutqni rivojlantirish eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Ertak terapiya orqali bolalar hikoya qilish, qayta hikoya qilish, rasmlar asosida hikoya tuzishni o`rganadilar. Bu esa ularda lug`at boyligining oshishida yetakchi faoliyat bo`lib xizmat qiladi.
Yurtimiz tadqiqodchi olimalaridan biri bo`lmish D.Q.Asqarovaning maktabgacha ta’lim yo`nalishi talabalari foydalanishi uchun tayyorlagan o`quv qo`llanmasida shunday deyilgan: “Bola bir butun matnlarni eslab qolishi va qayta esga tushirish malakasini ham o‘zlashtirishi lozim. Shu sababli bolaga 4-5 asosiy epizoddan iborat qisqa hikoya va ertak o‘qib beriladi hamda uni takrorlab berishi so‘raladi. Bolalar eshitganlarini behato takrorlab berishga ko‘p hollarda qiynaladilar. Bola eshitganini yozib ololmaydi, shu sababli unga ertakni suratlar orqali eslab qolishni taklif etish kerak”. [3;44]
Bolalarga ertakni yoddan hikoya qilishni o`rgatish orqali ularda ravon nutqni rivojlantirish mumkin. Bu faoliyatda bir qancha rasmlardan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Masalan, bir ertak tanlab olinadi. Hamda shu ertakka asoslangan sur’atlar jamlanadi. Keyin ushbu sur’atlarni tartib bilan joylashtirgan holda boladan ularga qarab hikoya qilib berish so`raladi. Bola esa birin ketin rasmlarga diqqat qilgan holda undagi voqealarni so`zlab beradi. Bu esa tarbiyalanuvchi bolani hikoya qilishga o`rgatishning ko`rinishlaridan biridir. Shuningdek, o`yin terapiya innovatsion metodik faoliyatga yondashgan holda bolalarga syujjetli rolli o`yinlar taklif qilish orqali ham ularning so`z boyligini sezilarli darajada oshirish mumkin bo`ladi. Chunonchi D.R.Babayevaning “Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi” kitobida “Sahnalashtirish bolalarni qayta so‘zlashga o‘rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so‘zlab berishga xohish ham qiziqish ham bo‘lmaydi, ammo unga o‘yin usuli kiritilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o‘sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi” deyilgan. [4;293]
Darhaqiqat, syujetli-rolli o`yinlar bolajonlarning o`zlari eshitgan badiiy asardan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini yaratib beradi. Bu metodika maktabgacha yoshdagi bolajonlarni qayta so`zlashga o`rgatish usullaridan biri hisoblanadi. Ayrim bolalar borki, ertaklarni qayta hikoya qilib berishga qiynaladilar. Aynan bunday bolajonlarga ertakni sahnalashtirish topshirig`i berilganda, bola rolga kirishib asar mazmunini yaxshiroq yoritib berishi mumkin bo`ladi. Artpedagogikaning yana bir asosiy turlaridan biri hisoblanga musiqa-terapiya maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy ko`nikmalarni rivojlantiribgina qolmay, balki, ularda idrok etish qobilyatlarini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Xususan, bu haqida D.Soipova o`zining o`quv qo`llanmasida shunday degan: “Qo'shiq kuylash - musiqiy tarbiyaning asosiy vositasidir. U boshqa faoliyatlarga nisbatan bolalar uchun juda yaqindir. Qo'shiq kuylab, ular musiqani yanada faolroq idrok etadilar. Qo'shiq matni esa mazmunan qo'shiq kuyini anglashga yordam beradi. Kuylash faoliyatida bolalarda musiqiy qobiliyatlar eshitish qanday xotira va ritm hissi rivojlanadi. Kuylash bolalarning nutqini rivojlantiradi.” [8;78] Anglaganimizdek, qo`shiq kuylash maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik didni tarbiyalabgina qolmay, ulardagi nutqni rivojlantirishda ham muhim hisoblanar ekan. Maktabgacha yoshdagi bolalar qo`shiq kuylar ekan, uning matniga e’tibor qaratadilar hamda idrok etadilar. Shuningdek qo`shiq matnidagi turli yangi so`zlarni o`zlashtirib oladilar. Bu esa ularning lug`at tarkibini boyitishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun rasm chizish mashg`ulotlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bolalar rasm chizish jarayonida rasmda tarsvirlanayotgan obyektni idrok qiladilar. Shuningdek, o`zlari chizgan sur’atlar haqida tengdoshlari bilan fikr almashadilar.
Rasm chizish mashg`ulotlarida chiziladigan rasmni tanlash ham asosiy vazifalardan biridir. Hamda bu vazifa tarbiyachi pedagogdan ulkan mahorat talab qiladi. Chunonchi A.Arushanova bolalar nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan olib borgan tadqiqotlari asosida tayyorlagan “Bolalarning nutqi va nutqiy aloqasi. Grammatikani shakllantirish nutqni qurish” nomli kitobida mashg`ulotlar davomida tanlanadigan buyumlarning muhim ekanligini ta’kidlagan: “O'yin va mashqlar uchun material tanlashda uni shunday tashkil qilish kerakki, bolalar ma'lum bir grammatik shaklni oddiygina o'zlashtirmasdan, balki so'zlarning fleksiyasi qoidasini amaliy tarzda o'zlashtirsinlar” [2;15] Demak, rasm chizish mashg`ulotlarida chiziladigan buyumni tanlash ham muhim hisoblanar ekan. Shuningdek bolalarga rasm chizdirish orqali ulardagi nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda bolajonlarning ruhiy kechinmalaridan ham boxabar bo`lish mumkin. Tarbiyalanuvchi kichkintoylar o`zi chizgan rasmlarida foydalangan ranglaridan ulardagi ruhiy kechinmalarni bilib olish mumkin.
Masalan bola o`z rasmlarida yorqin ranglardan, jumladan sariq, havorang, Pushti, oq vahokazolardan foydalansa, anglash mumkinki, bolanoning ruhiyati yaxshi. Ammo ba’zi bolalar borki o`z rasmlarida qorong`u ranglardan foydalanadi. Masalan, ular hattoki, gullarni ham qora rangga bo`yab qo`yishi mumkin. Bola chizgan rasmlarda bunday holatlar kuzatilar ekan, tarbiyachi bunday bolalar bilan alohida ishlashlari, ularni o`zlariga bildirmasdan kuzatishi, shuningdek, ular bilan o`zi hamda oilasi haqida suhbatlar olib borishi lozim bo`ladi. Bunday suhbatlar bolaning ruhiyatidagi o`zgarishning sabablarini aniqlashda yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi rasm chizish faoliyati orqali bolalarning oilasi haqida ma’lumotlarni ularning o`zidan bilib olishi mumkin. Masalan, tarbiyachi oedagog bolajonlarga “Oila” Rasmini chizish topshirig`ini beradi. bolalar rasmni chizar ekan, tarbiyachi ulardan har bir tasvirda nima yoki kim ifodalanganini so`raydi. Bola o`zi chizgan rasmini tasvirlash asnosida tarbiyachi opasiga o`z oilasi haqida ma’lumot berib boradi. Bu esa, uning nutqiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek bola chizgan “Oila” rasmidan uning oilasidagi muhitni hamda bolaning oiladagi o`rnini bilib olish ham mumkin. Misol uchun aytadigan bo`lsak, bola o`zini oilasi bilan bir qatorda ota-onasining qo`llarini tutgan holda chizgan bo`lishi mumkin. Bu holat oilada iliq muhit humron ekanligini bildiradi. Ba’zi bolalar, aksincha o`zini qog`ozning bir burchagida oilasidagilardan uzoqda tasvirlagan bo`lishi mumkin. Bu esa uning oilasida mehr yetishmasligini bildirishi mumkin. Shuningdek, yana ayrim bolalar ota-onasini kichikroq, o`zini esa ancha katta tasvirlab chizgan bo`lishi mumkin. Bu bolalarda o`zini boshqalardan ustun qo`yish holati borligini bildiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan faoliyat olib borilganda, albatta ularning yosh hamda individual xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Shundagigan tarbiyachi tomonidan ko`zlangan maqsadga erishilishi qiyin bo`lmaydi. Shuningdek, faoliyatlar bir biriga mutanosib rasvishda o`zaro bir-birini to`ldirib borishi maqsadga muvofiq. Masalan, hafta mavzusi koinot sirlariga bag’ishlanganda, o`tiladigan mashg`ulotlar bolajonlarga koinot haqida bilm berishi lozim bo`ladi.
Chunonchi, matematika mashg`ulotida Koinotdagi sayyorlarni sanash orqali bolalar bilimini oshirish mumkin bo`lsa, nutq o`stirish faoliyatida tarbiyalanuvchilarga sayyoralar haqida she’rlar yod oldirish mumkin. Shuningdek, rasm chizijsh faoliyatida osmon hamda sayyoralar Rasmini chizib, ularni turli ranglarga bo`yash mumkin.
Xulosa o`rnida aytish joizki, ta’lim tizimining eng boshlang`ich bo`g`ini hisoblangan maktabgacha ta’limni isloh qilish yurtimiz kelajagi uchun o`ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Negaki, kelajak yoshlar qo`lida, yoshlar esa ilk saboqni maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanadi. Hozirgi kunda yurtimizda maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar barcha pedagog xodimlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Albatta, pedagog xodimlar ham yaratilayotgan ushbu imkoniyatlarga javob sifatida o`z bilimlarini uzluksiz ravishda oshirib borib, turli innovatsion metodikalar ishlab chiqmog`i lozim bo`ladi.
Shuningdek, kelajak avlodimiz hisoblanmish murg`ak bolajonlarning yetuk shaxs bo`lib ulg`ayishida xizmat qilishimiz shart. Zero, muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tarbiyachi va o`qituvchilarni ko`klarga ko`tarib shunday deganlar: “Biz yurtimizda Uchinchi Renessansni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz” [1]
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. https://kun.uz/news/2022/11/15/sarflangan-investitsiyalar-ortigi-bilan-qaytishiga-
shubha-yoq-shavkat-mirziyoyev-maktabgacha-talim-sohasiga-etibor-
haqida?q=%2Fuz%2Fnews%2F2022%2F11%2F15%2Fsarflangan-
investitsiyalar-ortigi-bilan-qaytishiga-shubha-yoq-shavkat-mirziyoyev-
maktabgacha-talim-sohasiga-etibor-haqida.
2. Арушанова.A Речь и речевое общение детей. Формирование
грамматического строя речи. 3-7 лет. Методическое пособие для
воспитателей. «МОЗАИКА-СИНТЕЗ» 2004 – 46c.
3. Asqarova.D.Q “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” O`quv
qo`llanma. Toshkent – 2020 – 139b
4. Babayeva D.R. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T.: “Barkamol
fayz media”, 2018. – 432b
5. Filicheva T.B., Cheveleva N.A., Chirkina G.V. Bolalarda nutqning buzilishi:
maktabgacha tarbiyachilar uchun qo'llanma. - M.: Kasbiy ta'lim, 1993. – 51
6. Flerina Ye.A. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z. – M., 1933. 75
7. Nizomova Sh.Sh. Bolalar nutqini o`stirish nazariyasi va texnologiyalari. O`quv
qo`llanma. Buxoro – 2022 – 176b
8. Soipova.D “Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi” o`quv qo`llanma. Toshkent
– 2009 – 220b
9. Сергеева Н.Ю. 2010. Арт-педагогическое сопровождение профессиональной
подготовки бу-душего учителя. (Арт-педагогическое сопровождение
профессиональной подготовки будущего учителя: автореф. дис. ... доктора
педагогических наук.) Чебоксары – 21c
10. O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam”
Davlat o’quv dasturi. Toshkent – 2022. – 100b.
11. Медведева.Е.А, Левченко.И.Ю, Комиссарова.Л.Н, Добровольская.Т.А./
Артпедагогика и арттерапия в специальном образовании. Учеб. для студ.
сред. и высш. пед. учеб. заведений — М.: Издательский центр «Академия»,
2001. — 248 с.
12. Orifjonova.G. – Art terapiya. /o‘quv qo‘llanma/ Toshkent – 2020. 128 b.
13. Oсипова A.A. Общая психокоррекция. Учебное пособие. М.: сфера, 2002 Г.
510 С.
14. Панькова Г.Н. Коррекция эмоциональной сферы детей дошкольного
возраста с ОВЗ методами арт-терапии. Ставропол, 2022. – 30 с.
15. Рудестам К. Групповая психотерапия. Психокоррекционные группы: теория
и практика: Пер. с англ./Общ. ред. и вступ. ст. Л. А. Петровской.— М.:
Прогресс, 1990.—368 с.
16. Зеленцова.Н.В. – Пешкова. Элементы песочной терапии в развитии детей
раннего возраста. Санкт-Петербург Детство-пресс-2015 – 17c.
17. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam”
Davlat o‘quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent – 2022. 100b.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.