ResearcherUz LogoResearcherUz

ARTPEDAGOGIK YONDASHUVGA ASOSLANGAN METODLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA DIALOGIK NUTQNI SHAKLLANTIRISH

Annotatsiya

KIRISH: maktabgacha ta’lim davrida bolalarning nutq va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish ularning umumiy intellektual va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Dialogik nutq — bolalarning o‘z fikrini erkin ifodalash, boshqalarni tinglash va muloqotda faol ishtirok etish qobiliyatidir. Art-pedagogik yondashuv, ya’ni san’at va ijodiy faoliyat orqali tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash, bolalarda nutqiy va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Bu yondashuv orqali bolalar ijodiy o‘yinni, rasm chizish, dramatizatsiya va musiqiy faoliyatni amalga oshirib, dialogik nutq ko‘nikmalarini tabiiy muhitda o‘rganadi. Ushbu maqolada nutqiy kompetensiyani shakllantirish jarayonida artpedagogikaning innovatsion metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishda badiiy estetik vositalardan foydalanish samaradorligi yoritiladi. Maqolada zamonaviy metodik yondashuvlar, interfaol mashg‘ulotlar, dramatizatsiya, musiqiy terapiya, tasviriy san’at orqali ta’sirchanlik va ifodaviy nutqni rivojlantirish usullari keltirilgan. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida artpedagogik yondashuv metodlari yordamida tarbiyalanuvchilarda dialogik nutqni shakllantirishning samarali strategiyalarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida quyidagi materiallar va metodlardan foydalanildi: Kuzatuv: Bolalarning turli faoliyatlarda (ijodiy o‘yinlar, rasm chizish, qo‘shiq aytish, dramatizatsiya) nutq va muloqot ko‘nikmalarini baholash. Eksperiment: Art-pedagogik mashg‘ulotlar orqali bolalarning dialogik nutqini rivojlantirish bo‘yicha eksperimental dastur ishlab chiqildi. Interaktiv usullar: Rol o‘ynash, hikoya yaratish, musiqiy dramatizatsiya va guruhli mashg‘ulotlar. Tahlil va baholash: Bolalarning nutqdagi faoliyati, so‘z boyligi, savollar berish va javob berish qobiliyati, hamda muloqotdagi ishtiroki kuzatildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: eksperimental tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, art-pedagogik yondashuv bolalarda dialogik nutqni samarali rivojlantirishga yordam beradi. Mashg‘ulotlar davomida bolalar bir-biri bilan erkin muloqot qilgan, o‘z fikrlarini so‘z bilan ifodalashni o‘rganishgan va ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlangan. Rasm va tasviriy san’at: Bolalar rasm chizish orqali o‘z fikrini ifodalashni o‘rganadi, bu esa nutqiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi. Dramatizatsiya va rolli o‘yinlar: Bolalar turli rollarda o‘ynash orqali so‘zlashish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Musiqa va qo‘shiq: Bolalar qo‘shiq va ritmik mashqlar orqali nutq va talaffuzni mustahkamlaydi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, artpedagogik mashg‘ulotlar tarbiyalanuvchilarda nutqiy faoliyatga qiziqishni oshiradi, so‘z boyligini va grammatik tuzilmani yaxshilaydi, muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi, ijodiy va tanqidiy fikrlashni rag‘batlantiradi. XULOSA: art-pedagogik yondashuv maktabgacha ta’limda dialogik nutqni shakllantirishda samarali vosita ekanligi tadqiqot natijalarida tasdiqlandi. Ushbu yondashuv bolalarning nutqiy, ijodiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, maktabgacha ta’lim jarayonini interaktiv va qiziqarli qiladi. Kelgusida pedagoglar art-pedagogik metodlarni o‘quv jarayoniga muntazam kiritish orqali bolalarda muloqot va ijodiy qobiliyatlarni yanada rivojlantirishlari mumkin.


INTRODUCTION: in the preschool period, the development of children’s speech and communication skills plays a crucial role in their overall intellectual and social growth. Dialogic speech is the ability of a child to express their thoughts freely, listen to others, and actively participate in communication. The art-pedagogical approach, which involves educating children through art and creative activities, serves as an effective tool for developing speech and communicative skills. Through this approach, children acquire dialogic speech skills in a natural environment by engaging in creative play, drawing, dramatization, and musical activities. AIM: the main purpose of this study is to identify effective strategies for developing dialogic speech in preschool children using methods based on the artpedagogical approach and to provide practical recommendations for educators. MATERIALS AND METHODS: the study employed the following materials and methods: Observation: assessing children’s speech and communication skills during various activities (creative play, drawing, singing, dramatization). Experiment: an experimental program was developed to promote dialogic speech in children through artpedagogical activities. Interactive Methods: role-playing, storytelling, musical dramatization, and group activities. Analysis and Evaluation: monitoring children’s speech activity, vocabulary, ability to ask and answer questions, and participation in communication. DISCUSSION AND RESULTS: the results of the experimental study demonstrated that the art-pedagogical approach effectively promotes the development of dialogic speech in children. During the activities, children freely interacted with each other, learned to express their thoughts verbally, and developed creative thinking skills. Drawing and Visual Arts: children learn to express their ideas through drawing, which supports speech development. Dramatization and Role-Play: children develop speaking and listening skills by acting in different roles. Music and Singing: children strengthen their speech and pronunciation through songs and rhythmic exercises. The findings indicate that art-pedagogical activities contribute to: increasing interest in speech activity, expanding vocabulary and improving grammatical structures, developing communicative and social skills, stimulating creative and critical thinking. CONCLUSION: the art-pedagogical approach is an effective tool for developing dialogic speech in preschool education. It helps strengthen children’s speech, creative, and social skills, while making the preschool learning process interactive and engaging. In the future, educators can regularly incorporate art-pedagogical methods into educational activities to further develop children’s communication and creative abilities.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING FAZOVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA UCH O‘LCHAMLI GEOVIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar

Bayimbet Iskandarov

Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …

Inter Education & Global Study21.10.202600
LEARNING ANALYTICS AND STUDENT ENGAGEMENT IN TEACHER EDUCATION: METHODOLOGICAL PERSPECTIVES.
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education

Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi

This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…

Inter Education & Global Study21.10.202600
IJODKORLIK KO‘NIKMALARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TARKIBI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHI KASBIY TAYYORGARLIGIDAGI O‘RNI
Pedagogika fanlariIjodkorlikIjodkorlik ko‘nikmasiBo‘lajak pedagog

Madiyev Otamurod Bobomurodovich

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish shakllari — dars loyihalash, muammoli vaziyatni hal qilish, metod tanlash, ta’limiy topshiriq yaratish hamda refleksiya va baholash jarayonlari misolida tahlil qilingan. Ijodkorlik statik xususiyat emas, balki faoliyatning turli bosqi…

Inter Education & Global Study21.10.202600
INGLIZ XALQ ERTAKLARI ORQALI BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING LINGVISTIK VA MADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH.
Pedagogika fanlariIngliz xalq ertaklariBo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariLingvistik kompetensiya

Djabbarova Feruza Azamovna

Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik va madaniy kompetensiyalarini ingliz xalq ertaklari orqali rivojlantirish metodikasi taklif etiladi. Ertaklarning til ko‘nikmalarini shakllantirish, matn mazmunini talqin qilish va madaniyatlararo qiyoslashdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Me…

Inter Education & Global Study21.10.202600
DZYUDO TO‘GARAGIDA TALABALAR TAYYORGARLIGINI PEDAGOGIK TESTLASH ASOSIDA TASHKIL ETISH.
Pedagogika fanlariDzyudoTalabalarUmumiy jismoniy tayyorgarlik

Azimov Laziz Ahrorovich

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida dzyudo to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning tayyorgarligini pedagogik testlash va baholash asosida tashkil etish masalasi yoritilgan. To‘garakka turli darajadagi jismoniy tayyorgarlik bilan keladigan talabalarning tayyorgarligini xolis aniqlash va nazorat qilish uchun ishonchli …

Inter Education & Global Study19.10.202632