ResearcherUz LogoResearcherUz

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH METODIKASI

Annotatsiya

KIRISH: maqolada boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etishning metodik asoslari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, harakat ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Maqolada jismoniy tarbiya darslarini rejalashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yosh xususiyatlarini inobatga olish hamda o‘yin texnologiyalari asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, dars samaradorligini oshirish omillari va metodik tavsiyalar bayon etilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim tizimida jismoniy tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. MAQSAD: boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etishning ilmiy-metodik asoslarini tahlil qilish, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda dars jarayonini rejalashtirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: mazkur tadqiqotda boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish jarayonini o‘rganishga qaratilgan ilmiy-pedagogik yondashuvlar qo‘llanildi. MUHOKOMA VA NATIJALAR: tadqiqot jarayonida boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini an’anaviy va takomillashtirilgan metodika asosida tashkil etish natijalari o‘zaro taqqoslandi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, darslarni faqat standart mashqlar asosida tashkil etish o‘quvchilarning qiziqishi va faolligini yetarli darajada ta’minlamaydi. Aksincha, harakatli o‘yinlar, musobaqa elementlari va interfaol metodlardan foydalanilgan darslarda o‘quvchilarning ishtiroki va motivatsiyasi sezilarli darajada oshdi. HULOSA: boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, dars jarayonini ilmiy asoslangan metodika, yosh va individual xususiyatlarni inobatga olgan holda rejalashtirish mashg‘ulotlar samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.


INTRODUCTION: the article covers the methodological foundations of effective organization of physical education classes in primary grades. In the modern educational process, the physical development of students, the formation of a healthy lifestyle, the development of movement skills and competencies are important tasks. The article analyzes the methods of planning physical education classes, the use of innovative pedagogical technologies, taking into account age characteristics, and organizing classes based on game technologies. Also, factors and methodological recommendations for increasing the effectiveness of the lesson are described. The results of the study serve to improve the process of physical education in the primary education system. PURPOSE: to analyze the scientific and methodological foundations of effective organization of physical education classes in primary grades, to develop practical recommendations for planning the lesson process taking into account the age and individual characteristics of students, and to increase the effectiveness of classes based on modern pedagogical approaches. MATERIALS AND METHODS: in this study, scientific and pedagogical approaches were used to study the process of effective organization of physical education classes in primary grades. DISCUSSION AND RESULTS: during the research, the results of organizing physical education lessons in primary grades based on traditional and improved methodologies were compared. Observations showed that organizing lessons only based on standard exercises does not provide sufficient interest and activity of students. On the contrary, in lessons using active games, elements of competition and interactive methods, student participation and motivation significantly increased. CONCLUSION: effective organization of physical education lessons in primary grades is an important factor in the comprehensive development of students. The results of the study showed that scientifically based methodology, planning the lesson process taking into account age and individual characteristics significantly increases the effectiveness of classes.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING FAZOVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA UCH O‘LCHAMLI GEOVIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar

Bayimbet Iskandarov

Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …

Inter Education & Global Study21.10.202600
LEARNING ANALYTICS AND STUDENT ENGAGEMENT IN TEACHER EDUCATION: METHODOLOGICAL PERSPECTIVES.
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education

Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi

This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…

Inter Education & Global Study21.10.202600
IJODKORLIK KO‘NIKMALARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TARKIBI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHI KASBIY TAYYORGARLIGIDAGI O‘RNI
Pedagogika fanlariIjodkorlikIjodkorlik ko‘nikmasiBo‘lajak pedagog

Madiyev Otamurod Bobomurodovich

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish shakllari — dars loyihalash, muammoli vaziyatni hal qilish, metod tanlash, ta’limiy topshiriq yaratish hamda refleksiya va baholash jarayonlari misolida tahlil qilingan. Ijodkorlik statik xususiyat emas, balki faoliyatning turli bosqi…

Inter Education & Global Study21.10.202600
INGLIZ XALQ ERTAKLARI ORQALI BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING LINGVISTIK VA MADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH.
Pedagogika fanlariIngliz xalq ertaklariBo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariLingvistik kompetensiya

Djabbarova Feruza Azamovna

Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik va madaniy kompetensiyalarini ingliz xalq ertaklari orqali rivojlantirish metodikasi taklif etiladi. Ertaklarning til ko‘nikmalarini shakllantirish, matn mazmunini talqin qilish va madaniyatlararo qiyoslashdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Me…

Inter Education & Global Study21.10.202600
DZYUDO TO‘GARAGIDA TALABALAR TAYYORGARLIGINI PEDAGOGIK TESTLASH ASOSIDA TASHKIL ETISH.
Pedagogika fanlariDzyudoTalabalarUmumiy jismoniy tayyorgarlik

Azimov Laziz Ahrorovich

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida dzyudo to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning tayyorgarligini pedagogik testlash va baholash asosida tashkil etish masalasi yoritilgan. To‘garakka turli darajadagi jismoniy tayyorgarlik bilan keladigan talabalarning tayyorgarligini xolis aniqlash va nazorat qilish uchun ishonchli …

Inter Education & Global Study19.10.202632