ResearcherUz LogoResearcherUz

Annotatsiya

Ushbu maqolada Amir Temurning rafiqalari va qizlari kiygan liboslar Markaziy Osiyoning madaniy va tarixiy merosining muhim unsuri sifatida o‘rganiladi. Yozma manbalar (xususan, Rui Gonsales de Klavixo, fors va arab manbalari) hamda Temuriylar va keyingi Buxoro maktabiga mansub miniatyuralar tahliliga asoslangan holda, Temuriylar davri zodagon ayollari qiyofalari tiklab ko‘rsatiladi. Maqolada ayollar kiyimlarining ramziy ma’nosi, bezak va amaliy xususiyatlari, shuningdek, ularning ijtimoiy mavqe va davr estetik idealining belgisi sifatidagi o‘rni alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada ayollar libosi hukmron sulolaning siyosiy da’volari va Sharq mintaqalari bilan madaniy aloqalarini ifodalovchi vosita sifatida ko‘riladi. Tadqiqot natijalari moda va kiyim-kechakni saroy madaniyatining bir bo‘lagi sifatida ochib beradi hamda tarixiy rekonstruksiya va madaniyatshunoslik yo‘nalishidagi keyingi tarmoqli tadqiqotlarga asos yaratadi.


В данной статье исследуется одежда жён и дочерей Амир Темура как важный элемент культурного и исторического наследия Центральной Азии. На основе анализа письменных источников (включая описания Руи Гонсалеса де Клавихо, а также персидских и арабских хроник), а также миниатюр Тимуридской и поздней Бухарской178 школ, в статье реконструируются образы знатных женщин эпохи Тимуридов. Особое внимание уделяется символике, декоративно-прикладным особенностям и роли женской одежды как маркера социального статуса и эстетических идеалов того времени. Статья подчёркивает значимость женского костюма как средства выражения политических амбиций правящей династии и её культурных связей с регионами Востока. Полученные выводы подчёркивают роль моды как части придворной культуры и закладывают основу для дальнейших междисциплинарных исследований в области исторической реконструкции и культурологии.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

O‘ZBEK SAN’ATIDA MILLIY QAHRAMON TALQINI.
San'atshunoslik fanlariMilliy qahramonSan’atTexnika

Kamola Abzalova

Maqolada o‘zbek san’atida milliy qahramonlar obrazini sahnaga olib chiqish, ularning jamiyatdagi ahamiyati va milliy qahramonlar talqinining zamonaviy yoshlar tarbiyasidagi muhim o‘rni alohida ta’kidlanib, san’at orqali milliy o‘zlikni anglash va yuksak maqsadlarga erishishga undash borasidagi tavsiyalar beriladi.

Inter Education & Global Study26.09.202690
DUTOR VA UNING O‘ZBEK AN’ANAVIY MUSIQA IJROCHILIGIDAGI O‘RNI
San'atshunoslik fanlariDutorAn’anaviy musiqaMilliy cholg‘ular

R. Odilova

Mazkur maqolada dutor cholg‘u asbobining o‘zbek an’anaviy musiqasidagi o‘rni, tarixi, tuzilishi va ijrochilik xususiyatlari tahlil qilinadi. Dutor milliy musiqiy merosimizning ajralmas qismi sifatida qadimdan xalq qalbida chuqur o‘rin egallagan va bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.

Inter Education & Global Study08.08.2026120
SHAHAR MADANIYATI VA EKOLOGIK MUVOZANAT: YANGI O‘ZBEKISTON MASSIVI TAJRIBASI
San'atshunoslik fanlariShahar madaniyatiEkologik muvozanatYangi o‘zbekiston massivi

X.O. Abdullayeva

Ushbu ilmiy maqolada yangi O‘zbekiston massivi tajribasi doirasida shahar madaniyati va ekologik muvozanatning o‘zaro bog‘liqligi va ahamiyati o‘rganiladi. Bugungi globalizatsiya sharoitida shahar madaniyati nafaqat estetik va ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muh…

Inter Education & Global Study08.08.2026130
MUSIQIY ESHITUV VA NAZARIY TAFAKKUR SINTEZINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION METODLAR
San'atshunoslik fanlariMusiqiy eshituvNazariy tafakkurInnovatsion metod

E. Ro‘ziyeva

Ushbu maqolada musiqiy eshituv va nazariy tafakkurni uyg‘unlashtirilgan holda rivojlantirishning innovatsion pedagogik metodlari tahlil qilinadi. Solfedjo va musiqa nazariyasi fanlarining integratsiyalashgan o‘qitish modeli, raqamli texnologiyalarni qo‘llash, eshituv va nazariy bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda mus…

Inter Education & Global Study15.10.202610
QARAQALPAQ FOLKLORÍNDA «BESIK JÍRÍ»NÍŃ MAQSETI HÁM ONÍŃ TÚRLERI
San'atshunoslik fanlariSalt-dástúr jırıBalalar folklorıBesik jırı

Z.S.Zaripova

Maqalada qaraqalpaq xalqınıń eń áyemgi janrlarınıń biri bolǵan besik jırı haqqında sóz etiledi. Besik jırınıń atqarılıw texnikası hám onıń maqseti, bala tárbiyasındaǵı ornı haqqında pikirler bildirilgen. Sonıń menen birge, ananıń kewil keypiyatına, hár qıylı jaǵdaylarǵa qaray besik jırlarınıń atqarılıwın avtor onı bir …

Inter Education & Global Study15.10.202640